Chet tili (multilevel) baholash mezonlari - yangi.pdf
352.4 KB
Chet tili imtihonlarining ko‘p darajali tizimi uchun baholash mezonlariga o‘zgartirishlar kiritildi
✅ Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan chet tilini bilish darajasini baholash imtihonining ko‘p darajali tizimi uchun baholash mezonlariga o‘zgartirishlar kiritildi.
📌 Mazkur o‘zgarishlar agentlik Ilmiy-metodik kengashining 2023-yil 16-mart kuni o‘tkazilgan yig‘ilishida muhokama qilinib, tasdiqlangan va 2023-yil mart oyidan boshlab amaliyotga joriy etilishi belgilangan.
▶️ Unga ko‘ra test sinovida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball har bir bo‘lim bo‘yicha 75 ballni tashkil etmoqda. Ushbu o‘zgarishlar faqat eng yuqori ballarni qamrab oladi hamda aksariyat talabgorlarning natijalariga ta’sir qilmaydi.
🖥 Kiritilgan o‘zgartirishlar bo‘yicha to‘liq ma’lumot uzbmb.uz saytining “Chet tili boshqarmasi” bo‘limiga joylashtirilgan bo‘lib, yuqoridagi pdf faylda ham o‘zgarishlar bilan tanishishingiz mumkin.
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

⚡️ Kimyo va fizika fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnoma
📆 2023-yil 2-aprel (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan kimyo va fizika fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalarni berish boshlandi.
🖥 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limidan olishlari mumkin.
✅ Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.
📌 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport) asosida 07:30 dan boshlab kiritiladi va test sinovlari 09:00 da boshlanadi.
❕ Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

Bilimni baholash agentligi pinned «⚡️ Kimyo va fizika fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnoma 📆 2023-yil 2-aprel (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan kimyo va fizika fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalarni berish boshlandi. 🖥 Test sinovida ishtirok etadigan…»
#Ovozli_chat
Chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari bo‘yicha ovozli chat
📆 2023-yil 31-mart (juma) kuni 15:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz) da ovozli chat o‘tkaziladi.
✅ Ovozli chat chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari bo‘yicha bo‘lib o‘tadi hamda baholash mezonlari va mavzuga oid muhim ma’lumotlar beriladi.
🎙 Unda Bilimni baholash agentligining tegishli boshqarma boshliqlari hamda mutaxassislar ishtirok etadi va savollariga shaxsan javob beradi.
🙋♂️ Ovozli chat davomida ishtirokchilar qo‘l ko‘tarish funksiyasidan foydalangan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin bo‘ladi.

Forwarded from Ilmiy-o‘quv amaliy markazi
TOEFL ITP va TOEIC imtihonlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi
👨🏻💻 Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan TOEFL ITP va TOEIC imtihonlari uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.
📆 Talabgorlarni ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz sayti (“Ilmiy markaz” bo‘limi) orqali amalga oshirilmoqda va 18-aprelga qadar davom etadi.
🖥 Imtihonlar 20-aprel kuni Toshkent shahrida Bilimni baholash agentligi (oldingi Davlat test markazi) binosida kompyuterda elektron tarzda o‘tkaziladi.
📌 TOEFL ITP va TOEIC imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga ETS tashkilotining xalqaro sertifikatlari taqdim etiladi.
👩🏫 TOEFL ITP va TOEIC sertifikatlari xalqaro tan olingan sertifikatlar bo‘lib, mazkur sertifikatlarga ega bo‘lgan talabgorlar Prezidentning PQ-5117-son qarorida belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
✅ Imtihonlar bo‘yicha to‘liq ma’lumot va qo‘llanmalar:
🔹 TOEFL ITP — ma’lumot | qo‘llanma;
🔹 TOEIC Listening and Reading Tests —ma’lumot|qo‘llanma;
🔹 TOEIC Speaking and Writing Tests — ma’lumot|qo‘llanma.
☎️ Murojaat uchun:
- (95) 515-68-68
- (95) 507-70-72
Ilmiy markazning telegram kanali:
👉 @IlmiyMarkazUz 👈

#Ovozli_chat #Live
Chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari bo‘yicha ovozli chat boshlandi
🎙 Ovozli chatda Bilimni baholash agentligining tegishli boshqarma boshliqlari hamda mutaxassislar ishtirok etmoqda.
✅ Unda chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari va baholash mezonlari bo‘yicha savollarga javob beriladi.
🙋♂️ Ovozli chat davomida ishtirokchilar qo‘l ko‘tarish funksiyasidan foydalangan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin.
🔗 Ovozli chatda qatnashish uchun havola: https://t.iss.one/BaholashUz?livestream
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari bo‘yicha ovozli chat boshlandi
🎙 Ovozli chatda Bilimni baholash agentligining tegishli boshqarma boshliqlari hamda mutaxassislar ishtirok etmoqda.
✅ Unda chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari va baholash mezonlari bo‘yicha savollarga javob beriladi.
🙋♂️ Ovozli chat davomida ishtirokchilar qo‘l ko‘tarish funksiyasidan foydalangan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin.
🔗 Ovozli chatda qatnashish uchun havola: https://t.iss.one/BaholashUz?livestream
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ovozli_chat #Video_chat #Video
📣 Chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari bo‘yicha video chat videosi
📆 2023-yil 31-mart kuni Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanalida chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari bo‘yich video chat o‘tkazildi.
✅ Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan ovozli chat davomida:
🔹 chet tili (multilevel) imtihonining baholash mezonlari;
🔹 baholash mezonining ilmiy asoslari;
🔹 oldingi baholash mezoni bilan yangi baholash mezonining farqi;
🔹 apellatsiya murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi;
🔹 ro‘yxatdan o‘tish bilan bog‘liq masalalar;
🔹 sertifikatni OTMlarga kirishda inobatga olinishi;
🔹 va boshqa ko‘plab masalalar bo‘yicha savollarga batafsil javob berildi.
🎙 Video chatda ishtirok eta olmaganlar uchun video chatning video yozuvi telegram kanalimizga joylanmoqda.

❗️ Ta’lim sohasiga oid hujjatlarga apostil qo‘yishni tezlashtirish uchun qo‘shimcha to‘lov undirilmaydi
Prezidentning 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son farmoni bilan Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tugatilib, uning vazifa va funksiyalari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi orasida taqsimlanishi belgilangan.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘iga muvofiq o‘rta maxsus kasb-hunar, professional, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim sohasiga oid hujjatlarga apostil qo‘yish bilan bog‘liq funksiyalar Bilimni baholash agentligiga yuklatilgan.
Shu sababli o‘rta maxsus kasb-hunar, professional, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim sohasiga oid hujjatlarga apostil qo‘yish bilan bog‘liq murojaatlar 2023-yil 17-fevraldan boshlab agentlik tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.
Murojaatlar Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-dekabrdagi 732-son qarori bilan tasdiqlangan Reglamentga muvofiq 2 ish kunida (ayrim hollarda 10 ish kunigacha) ko‘rib chiqilmoqda.
Mazkur qarorda apostil qo‘yish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi (2023-yil 1-aprel holatiga 60 ming so‘m) miqdorida yig‘im undirilishi belgilangan bo‘lib, undirilgan yig‘im tegishliligi bo‘yicha 4 ta tashkilot o‘rtasida taqsimlanadi. Talabgorlardan bundan boshqa hech qanday to‘lov talab etilmaydi.
Lekin bizga kelib tushayotgan ma’lumotlarga ko‘ra turli firmalar tomonidan jarayonni tezlashtirib beramiz deb fuqarolardan pul so‘rash holatlari kuzatilmoqda ekan.
Hurmatli fuqarolar!
❗️ Agar kimdir sizdan hujjatlarga apostil qo‘yish uchun qo‘shimcha to‘lov so‘raydigan bo‘lsa, ularga ishonmang. Hujjatlarga apostil qo‘yish uchun BHMning 20 foizidan ortiq to‘lov talab etilmaydi. Jarayonni tezlashtirib beramiz deb pul so‘rayotganlar sizga hech narsa qilib bermaydi, shunchaki pulingizni oladi xolos.
✅ Shu sababli, apostil qo‘yish bo‘yicha turli firmalarga murojaat qilmasdan, o‘zingiz 3 xil usulda ariza berishingiz mumkin:
1️⃣ Bilimni baholash agentligiga kelib.
2️⃣ Davlat xizmatlari markazlariga borib.
3️⃣ Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz sayti) orqali onlayn.

Kimyo va fizika fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘lib o‘tdi
✅ 2023-yil 2-aprel kuni barcha hududlarda kimyo va fizika fanlaridan milliy sertifikat uchun test sinovlar bo‘lib o‘tdi.
📚 Imtihonlar o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida tashkil etilib, unda 2 064 nafar talabgor ishtirok etdi. 10 nafar talabgor esa tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.
📋 Test sinovi natijalari yigirma ish kuni ichida e’lon qilinadi va eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron sertifikat taqdim etiladi.
✅ Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fani bo‘yicha quyidagicha ball beriladi:
🔹 60 % dan 86 % gacha — maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball;
🔹 86 foiz va undan yuqori — maksimal ball.

Ingliz tilini bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi bo‘yicha diagnostik test sinovlari (mock exam)
✅ 2023-yil 27-aprel kuni Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan ingliz tilini bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi (multilevel) bo‘yicha diagnostik test sinovlari (mock exam) o‘tkaziladi.
📍 Test sinovlari barcha hududlarda tashkil etiladi va unda ro‘yxatdan o‘tgan holda tegishli to‘lov (100 000 so‘m) ni amalga oshirgan talabgorlar ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.
👨🏻💻 Talabgorlarni ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz saytining “Ilmiy markaz” bo‘limi orqali 20-aprel kuni 9:00 ga qadar (to‘lov qilish — 21-aprel 9:00) amalga oshiriladi.
☎️ Murojaat uchun:
- (95) 515-68-68
- t.iss.one/mock27aprel