Bilimni baholash agentligi
117K subscribers
3.68K photos
574 videos
145 files
4.06K links
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi

📞 1195
📧 [email protected]
🌐 www.uzbmb.uz
📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
facebook.com/dtmuzb
instagram.com/dtmuzb
youtube.com/@BaholashUz
Download Telegram
#MatbuotAnjumani
2022-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2023-yildagi ustuvor vazifalar bo‘yicha matbuot anjumani

📆 Bugun 27-mart kuni soat 12:00 da Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Bilim va malakalarni baholash agentligi rahbariyati ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

📣 Mavzu: Bilimni baholash agentligi tomonidan 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2023-yildagi ustuvor vazifalar

Ishtirokchilar:

🎙 M.Karimov – Bilimni baholash agentligi direktori;
🎙 F.Mirzayev – Bilimni baholash agentligi boshqarma boshlig‘i;
🎙 J.Nurmatov – Bilimni baholash agentligi boshqarma boshlig‘i.

OAV xodimlari va blogerlarni matbuot anjumaniga taklif qilamiz.

Matbuot anjumaniga savollarni @Rasmiy_aloqabot ga jo‘natishingiz mumkin.

📹 Matbuot anjumani «UzReport TV» telekanali va AOKAning facebookdagi sahifasida onlayn translyatsiya qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#MatbuotAnjumani #Live
Agentlik tomonidan 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2023-yildagi ustuvor vazifalar bo‘yicha matbuot anjumani boshlandi.

Matbuot anjumani «UzReport TV» telekanali va AOKAning “facebook”dagi rasmiy sahifasida jonli efirga uzatilmoqda.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#MatbuotAnjumani #Live
2022-yil davomida agentlik tomonidan 52 turdagi test sinovlari tashkil etilib, unda 2 mln. nafardan ortiq talabgorning bilimi sinovdan o‘tkazildi.

Jumladan:

🔹 Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarning jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarligini aniqlash bo‘yicha test sinovlari – 21 ming nafardan ziyod;

🔸 Rahbar kadrlar va mas’ul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslarning davlat tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovlari – 1,1 ming nafardan ziyod;

🔹 Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari – 63 ming nafardan ziyod;

🔸 Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari – 11 ming nafardan ziyod;

🔹 Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish test sinovlari – 269 ming nafardan ziyod;

🔸 Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari – 1 mln. 146 ming nafardan ziyod;

🔹 Oliy ta’lim muassasalari huzuridagi akademik litseylarga kirish test sinovlari – 23 ming nafardan ziyod;

🔸 Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi OTMlardan, shuningdek O’zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari – 80 ming nafardan ziyod;

🔹 Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari, “Temurbeklar maktabi” va “Yosh chegarachilar” harbiy akademik litseylariga kirish test sinovlari – 11 ming nafardan ziyod;

🔸 Professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikum)ga kirish test sinovlari – 172 ming nafardan ziyod;

🔹 Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari – 22 ming nafardan ziyod;

🔸 Boshqa imtihonlar – 230 ming nafardan ziyod.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#MatbuotAnjumani #Live
Test topshiriqlarini shakllantirish va ekspertizadan o‘tkazish

2022-yilda Bilimni baholash agentligi tomonidan test sinovlari uchun:

🔹12 ta umumta’lim fanidan 42 mingdan ortiq;

🔹 54 ta maxsus fandan 37 mingga yaqin test topshirig‘i shakllantirilgan va ekspertizadan o‘tkazilgan.

❇️ Bundan tashqari

🔸 milliy sertifikat imtihonlari uchun 7 ta umumta’lim fanidan 1,5 mingdan ziyod;

🔸 fan olimpiadasining respublika bosqichi uchun 16 ta umumta’lim fanidan 1,4 mingdan ziyod test topshirig‘i shakllantirilib, ekspertizadan o‘tkazilgan.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#MatbuotAnjumani #Live
Test sinovlarini yil davomida o‘tkazish uchun katta sig‘imli binolar qurilishi

📌 2022-yilda Buxoro viloyatida test sinovlarini yil davomida o‘tkazishga mo‘ljallangan 1 200 o‘rinli bino qurilib, foydalanishga topshirilgan.

Hozirda quyidagi hududlarda qurilish ishlari davom etmoqda:

🔹 Namangan viloyati — 93 foiz (bajarilgan);
🔹 Xorazm viloyati — 90 foiz;
🔹 Samarqand viloyati — 84 foiz;
🔹 Sirdaryo viloyati — 63 foiz;
🔹 Andijon viloyati — 60 foiz;
🔹 Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 60 foiz;
🔹 Surxondaryo viloyati — 37 foiz.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2023-yil 4-5-, 9-11- va 13-17-mart kunlari o‘tkazilgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

🖥 Bunda test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

🔰 Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (28-30-mart) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Chet tili (multilevel) baholash mezonlari - yangi.pdf
352.4 KB
Chet tili imtihonlarining ko‘p darajali tizimi uchun baholash mezonlariga o‘zgartirishlar kiritildi

Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan chet tilini bilish darajasini baholash imtihonining ko‘p darajali tizimi uchun baholash mezonlariga o‘zgartirishlar kiritildi.

📌 Mazkur o‘zgarishlar agentlik Ilmiy-metodik kengashining 2023-yil 16-mart kuni o‘tkazilgan yig‘ilishida muhokama qilinib, tasdiqlangan va 2023-yil mart oyidan boshlab amaliyotga joriy etilishi belgilangan.

▶️ Unga ko‘ra test sinovida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball har bir bo‘lim bo‘yicha 75 ballni tashkil etmoqda. Ushbu o‘zgarishlar faqat eng yuqori ballarni qamrab oladi hamda aksariyat talabgorlarning natijalariga ta’sir qilmaydi.

🖥 Kiritilgan o‘zgartirishlar bo‘yicha to‘liq ma’lumot uzbmb.uz saytining “Chet tili boshqarmasi” bo‘limiga joylashtirilgan bo‘lib, yuqoridagi pdf faylda ham o‘zgarishlar bilan tanishishingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Kimyo va fizika fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnoma

📆
2023-yil 2-aprel (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan kimyo va fizika fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalarni berish boshlandi.

🖥 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limidan olishlari mumkin.

Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

📌 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport) asosida 07:30 dan boshlab kiritiladi va test sinovlari 09:00 da boshlanadi.

Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Bilimni baholash agentligi pinned «⚡️ Kimyo va fizika fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnoma 📆 2023-yil 2-aprel (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan kimyo va fizika fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalarni berish boshlandi. 🖥 Test sinovida ishtirok etadigan…»
#Ovozli_chat
Chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari bo‘yicha ovozli chat

📆
2023-yil 31-mart (juma) kuni 15:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz) da ovozli chat o‘tkaziladi.

Ovozli chat chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari bo‘yicha bo‘lib o‘tadi hamda baholash mezonlari va mavzuga oid muhim ma’lumotlar beriladi.

🎙 Unda Bilimni baholash agentligining tegishli boshqarma boshliqlari hamda mutaxassislar ishtirok etadi va savollariga shaxsan javob beradi.

🙋‍♂️ Ovozli chat davomida ishtirokchilar qo‘l ko‘tarish funksiyasidan foydalangan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin bo‘ladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
TOEFL ITP va TOEIC imtihonlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi

👨🏻‍💻 Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan TOEFL ITP va TOEIC imtihonlari uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

📆 Talabgorlarni ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz sayti (“Ilmiy markaz” bo‘limi) orqali amalga oshirilmoqda va 18-aprelga qadar davom etadi.

🖥 Imtihonlar 20-aprel kuni Toshkent shahrida Bilimni baholash agentligi (oldingi Davlat test markazi) binosida kompyuterda elektron tarzda o‘tkaziladi.

📌 TOEFL ITP va TOEIC imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga ETS tashkilotining xalqaro sertifikatlari taqdim etiladi.

👩‍🏫 TOEFL ITP va TOEIC sertifikatlari xalqaro tan olingan sertifikatlar bo‘lib, mazkur sertifikatlarga ega bo‘lgan talabgorlar Prezidentning PQ-5117-son qarorida belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Imtihonlar bo‘yicha to‘liq ma’lumot va qo‘llanmalar:

🔹 TOEFL ITPma’lumot | qo‘llanma;
🔹 TOEIC Listening and Reading Tests —ma’lumot|qo‘llanma;
🔹 TOEIC Speaking and Writing Tests — ma’lumot|qo‘llanma.

☎️ Murojaat uchun:
- (95) 515-68-68
- (95) 507-70-72

Ilmiy markazning telegram kanali:
👉 @IlmiyMarkazUz 👈
Live stream scheduled for
Live stream started
#Ovozli_chat #Live
Chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari bo‘yicha ovozli chat boshlandi

🎙
Ovozli chatda Bilimni baholash agentligining tegishli boshqarma boshliqlari hamda mutaxassislar ishtirok etmoqda.

Unda chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari va baholash mezonlari bo‘yicha savollarga javob beriladi.

🙋‍♂️ Ovozli chat davomida ishtirokchilar qo‘l ko‘tarish funksiyasidan foydalangan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin.

🔗 Ovozli chatda qatnashish uchun havola: https://t.iss.one/BaholashUz?livestream

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Live stream finished (2 hours)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ovozli_chat #Video_chat #Video
📣 Chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari bo‘yicha video chat videosi

📆
2023-yil 31-mart kuni Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanalida chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari bo‘yich video chat o‘tkazildi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan ovozli chat davomida:

🔹 chet tili (multilevel) imtihonining baholash mezonlari;
🔹 baholash mezonining ilmiy asoslari;
🔹 oldingi baholash mezoni bilan yangi baholash mezonining farqi;
🔹 apellatsiya murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi;
🔹 ro‘yxatdan o‘tish bilan bog‘liq masalalar;
🔹 sertifikatni OTMlarga kirishda inobatga olinishi;
🔹 va boshqa ko‘plab masalalar bo‘yicha savollarga batafsil javob berildi.

🎙 Video chatda ishtirok eta olmaganlar uchun video chatning video yozuvi telegram kanalimizga joylanmoqda.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
❗️ Ta’lim sohasiga oid hujjatlarga apostil qo‘yishni tezlashtirish uchun qo‘shimcha to‘lov undirilmaydi

Prezidentning 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son farmoni bilan Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tugatilib, uning vazifa va funksiyalari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi orasida taqsimlanishi belgilangan.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘iga muvofiq o‘rta maxsus kasb-hunar, professional, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim sohasiga oid hujjatlarga apostil qo‘yish bilan bog‘liq funksiyalar Bilimni baholash agentligiga yuklatilgan.

Shu sababli o‘rta maxsus kasb-hunar, professional, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim sohasiga oid hujjatlarga apostil qo‘yish bilan bog‘liq murojaatlar 2023-yil 17-fevraldan boshlab agentlik tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

Murojaatlar Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-dekabrdagi 732-son qarori bilan tasdiqlangan Reglamentga muvofiq 2 ish kunida (ayrim hollarda 10 ish kunigacha) ko‘rib chiqilmoqda.

Mazkur qarorda apostil qo‘yish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi (2023-yil 1-aprel holatiga 60 ming so‘m) miqdorida yig‘im undirilishi belgilangan bo‘lib, undirilgan yig‘im tegishliligi bo‘yicha 4 ta tashkilot o‘rtasida taqsimlanadi. Talabgorlardan bundan boshqa hech qanday to‘lov talab etilmaydi.

Lekin bizga kelib tushayotgan ma’lumotlarga ko‘ra turli firmalar tomonidan jarayonni tezlashtirib beramiz deb fuqarolardan pul so‘rash holatlari kuzatilmoqda ekan.

Hurmatli fuqarolar!

❗️ Agar kimdir sizdan hujjatlarga apostil qo‘yish uchun qo‘shimcha to‘lov so‘raydigan bo‘lsa, ularga ishonmang. Hujjatlarga apostil qo‘yish uchun BHMning 20 foizidan ortiq to‘lov talab etilmaydi. Jarayonni tezlashtirib beramiz deb pul so‘rayotganlar sizga hech narsa qilib bermaydi, shunchaki pulingizni oladi xolos.

Shu sababli, apostil qo‘yish bo‘yicha turli firmalarga murojaat qilmasdan, o‘zingiz 3 xil usulda ariza berishingiz mumkin:

1️⃣ Bilimni baholash agentligiga kelib.
2️⃣ Davlat xizmatlari markazlariga borib.
3️⃣ Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz sayti) orqali onlayn.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Kimyo va fizika fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘lib o‘tdi

2023-yil 2-aprel kuni barcha hududlarda kimyo va fizika fanlaridan milliy sertifikat uchun test sinovlar bo‘lib o‘tdi.

📚 Imtihonlar o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida tashkil etilib, unda 2 064 nafar talabgor ishtirok etdi. 10 nafar talabgor esa tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

📋 Test sinovi natijalari yigirma ish kuni ichida e’lon qilinadi va eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron sertifikat taqdim etiladi.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fani bo‘yicha quyidagicha ball beriladi:

🔹 60 % dan 86 % gacha — maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball;

🔹 86 foiz va undan yuqori — maksimal ball.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube