#Qabul2022 #Natija
⚡️ Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi
✅ 2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.
📌 Tanlov natijalarini 6 xil usulda bilish mumkin.
1️⃣ my.dtm.uz sayti orqali:
my.dtm.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
2️⃣ mandat.dtm.uz sayti orqali:
mandat.dtm.uz saytining “Bakalavr-2022” bo‘limiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.
3️⃣ SMS xabarnoma xizmati orqali:
5100 raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).
4️⃣ Davlat test markazining quyidagi telegram botlari orqali (abituriyentning ID raqamini yuborgan holda):
👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot
5️⃣ QR-kod orqali:
Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.
6️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:
Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.
Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#Qabul2022 #Kvota #Imtiyoz
5 yil pedagoglik stajiga ega o‘qituvchilar diqqatiga!
🔰 Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan 2022-2023-o‘quv yilida umumta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan va oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan hamda kamida 5 yil pedagoglik stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar uchun pedagogika oliy ta’lim muassasalarida bakalavriatning sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida alohida maqsadli qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti tasdiqlangan.
📌 Unga ko‘ra kamida 5 yil pedagoglik stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar uchun 14 ta pedagogika oliy ta’lim muassasasida jami 1000 ta maqsadli qabul parametrlari ajratilgan.
👩🏫 Mazkur qabul parametrlari test sinovi natijalariga ko‘ra 56,7 va undan yuqori ball to‘plagan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan kamida 5 yil pedagoglik stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar uchun qo‘llanadi.
❕ Bunda tanlov Xalq ta’limi vazirligi tomonidan kamida 5 yil pedagoglik stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar ro‘yxati Davlat test markaziga taqdim etilgandan so‘ng amalga oshiriladi.

Xotin_qizlar_uchun_ajratilgan_kvota_va_yo‘nalishlar_ro‘yxati_2022.pdf
473.2 KB
#Qabul2022 #Kvota #Imtiyoz
Xotin-qizlar uchun ajratilgan qabul ko‘rsatkichlarining hududlar va sohalar kesimidagi taqsimoti
🔰 Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan xotin-qizlar uchun qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti tasdiqlangan.
📌 Unga ko‘ra, xotin-qizlar uchun davlat granti asosida respublika bo‘yicha jami 2 000 ta qabul ko‘rsatkichlari ajratilgan.
❕ Mazkur qabul ko‘rsatkichlari hududlar va sohalar kesimida taqsimlangan bo‘lib, turli hududlarda yashovchi yoki bir hududda yashasada turli sohalarga topshirgan xotin-qizlar uchun mazkur imtiyoz doirasidagi o‘tish ballari farq qiladi.
✅ Xotin qizlar uchun ajratilgan 2 000 ta qabul ko‘rsatkichlarining hududlar va sohalar kesimidagi taqsimoti hamda sohalar bo‘yicha ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati bilan yuqoridagi pdf faylda tanishish mumkin.

#Qabul2022 #Apellatsiya
Apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi
✅ Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi.
🖥 Apellatsiya arizalari my.dtm.uz sayti orqali (abituriyentning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda qabul qilinmoqda va 6-sentabrga qadar (10 kun) davom etadi.
📌 Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.
🔖 Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.
🏢 Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Davlat test markaziga kelishi kerak.
📆 Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2022-yil 7-sentabrdan boshlanadi.

#Qabul2022
Abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga!
📥 2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilingandan so‘ng abituriyentlar va ularning ota-onalari tomonidan Davlat test markaziga ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda.
📍 Bunda abituriyentlar va ularning ota-onalari o‘zlarini qiziqtirgan mavzuda javob olish uchun viloyatlardan Toshkent shahriga kelib, Davlat test markaziga murojaat qilmoqda.
✅ Shuni ma’lum qilamizki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda Davlat test markazining hududiy bo‘limlari mavjud bo‘lib, hududiy bo‘limlarimiz tomonidan ham abituriyentlarga to‘liq ma’lumotlar berilmoqda.
📌 Shu sababli Toshkent shahriga kelmasdan o‘z yashash hududingizdagi Davlat test markazining hududiy bo‘limiga murojaat qilgan holda barcha savollaringizga javob olishingiz mumkin.
👉 Davlat test markazining hududiy bo‘limlari: https://dtm.uz/page/representatives
❕ Izoh: Abituriyentlarni tabaqalashtirilgan yoki oshirilgan kontrakt asosida talabalikka qabul qilish Davlat test markazi vakolatiga kirmaydi. Abituriyentlar mazkur masala yuzasida bevosita oliy ta’lim muassasasining o‘ziga murojaat qilishi va to‘liq ma’lumot olishi mumkin.

#MatbuotAnjumani
Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga kirish test sinovlari yakunlari bo‘yicha matbuot anjumani
📆 2022-yil 30-avgust kuni soat 14:00 da Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Davlat test markazi mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.
📣 Mavzu: 2022-2023 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari yakunlari.
✅ Ishtirokchilar:
🎙 M.Karimov – Davlat test markazi direktori;
🎙 S.Radjabov – Davlat test markazi direktori o‘rinbosari;
🎙 F.Mirzayev – Davlat test markazi bosh boshqarma boshlig‘i;
🎙 Z.Olimbekov – Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i.
OAV xodimlari va blogerlarni matbuot anjumaniga taklif qilamiz.
❔ Matbuot anjumaniga savollarni @Rasmiy_aloqabot ga jo‘natishingiz mumkin.
📹 Matbuot anjumani «UzReport TV» va «O‘zbekiston 24» telekanallari orqali efirga uzatiladi.

#MatbuotAnjumani #Live #Qabul2022
Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga kirish test sinovlari yakunlari bo‘yicha matbuot anjumani boshlandi.
Matbuot anjumani «UzReport TV» telekanali va AOKAning “facebook”dagi rasmiy sahifasida jonli efirga uzatilmoqda.

#Qabul2022 #MatbuotAnjumani #Live
⚡️ Test sinovlarida abituriyentlarning ishtiroki
👨🏻🎓 2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida 1 mln. 146 mingdan ziyod abituriyentdan 1 074 181 nafari ishtirok etdi, 72 563 nafari esa ishtirok etmadi.
❌ Abituriyentlarning 187 nafari hududga kirishda, 249 nafari test sinovi jarayonida tartib-qoidani buzganligi sababli test sinovlaridan chetlashtirildi.
📱 Chetlashtirish holatlarining aksariyat qismi taqiqlangan vositalar, jumladan telefon va shpargalka olib kirish yoki olib kirishga urinish hamda abituriyent o‘rniga boshqa shaxslarning kirishga urinishi bilan bog‘liq.
✅ Test sinovi jarayonida chetlashtirish holatlarining
🔹 55 tasi (22 %) — Qashqadaryo viloyati;
🔹 35 tasi (14 %) — Samarqand viloyati;
🔹 33 tasi (13 %) — Farg‘ona viloyati hissasiga to‘g‘ri keladi.
Eng kam qoidabuzarlik holatlari esa Sirdaryo viloyati (2 ta) va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (4 ta) kuzatildi.

⚡️ Test sinovlariga surdotarjimonlar jalb etildi
📹 Test sinovlari to‘liq videokuzatuv ostida onlayn translyatsiya qilingan holda o‘tkazildi va abituriyentlar hamda ularning ota-onalari test2022.uz sayti va “Viasat Explore” telekanali orqali test sinovlarini onlayn kuzatib borishlari mumkin bo‘ldi.
🖥 Abituriyentlarni test sinovlari o‘tkaziladigan hududlarga kiritishda va shaxsini aniqlashda shaxsni identifikatsiyalash vositalaridan foydalanildi. Buning natijasida boshqa bir shaxslarning abituriyentlarning o‘rniga test sinovlariga kirishining oldi olindi.
🔖 Oldingi yillarda kimyoviy elementlar davriy jadvali va fizika fanidan “Doimiy fizik kattaliklar va shartli belgilashlar jadvali” berilgan bo‘lsa, joriy yilda ular bilan birga kimyo, fizika va matematika fanlaridan asosiy formulalar jadvali ham berildi.
📋 Shuningdek, abituriyentlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida kimyo, fizika va matematika fanlarida har bir test topshirig‘idan so‘ng misol ishlash uchun ma’lum miqdorda joy qoldirildi. Natijada abituriyentlarga hisob-kitob talab etiladigan misollarni test topshiriqlari kitobining oxiriga ko‘chirib, ishlash o‘rniga shu yerning o‘zida ishlash imkoniyati yaratildi.
✅ Joriy yilda yaratilgan qulayliklardan yana biri ilk bor eshitishda nuqsoni bo‘lgan abituriyentlar uchun test sinovlariga surdotarjimonlar jalb etildi.

⚡️ 2022-2023-o‘quv yili uchun 190 mingdan ziyod abituriyent talabalikka tavsiya etildi
✅ 2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijalariga ko‘ra 190 375 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi. Shundan
🔸 39 962 nafari — davlat granti;
🔸 150 413 nafari — to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan.
👨🏻💻 Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti:
🔹 Kunduzgi ta’lim shakli — 118 352 nafar;
🔹 Sirtqi ta’lim shakli — 45 407 nafar;
🔹 Kechki ta’lim shakli — 9 139 nafar;
🔹 Masofaviy ta’lim shakli — 3 416 nafar.
🧮 Tanlov natijalariga ko‘ra:
👉 davlat granti asosida o‘rtacha ball — 121,2 ballni;
👉 to‘lov-kontrakt asosida o‘rtacha ball — 95,9 ballni tashkil etdi.

⚡️ 13 mingdan ziyod abituriyent qo‘shimcha qabul parametrlari doirasida talabalikka tavsiya etildi
👨🏻🎓 Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning:
🔸 176 mingdan ziyodi — umumiy qabul parametrlari doirasida;
🔸 13 mingdan ziyodi — imtiyozga ega abituriyentlar uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul parametrlari doirasida tavsiya etilgan.
✅ Jumladan:
🔹 nogironligi bo‘lgan shaxslar — 3,2 ming nafar;
🔹 “Mehribonlik” uyi, Bolalar shaharchasi bitiruvchilari bo‘lgan hamda vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar — 272 nafar;
🔹 muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lganlar — 4,7 ming nafar;
🔹 harbiy xizmatchilarning farzandlari — 1,9 ming nafar;
🔹 Ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlari — 739 nafar;
🔹 ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar — 1,9 ming nafar;
🔹 kamida 5 yil ish stajiga ega xotin-qizlar — 379 nafar.

⚡️ Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ijodiy imtihon natijalari e’lon qilindi
📥 Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi OTMlardan, shuningdek O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari Davlat test markaziga taqdim etildi.
📣 OTMlar tomonidan taqdim etilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari test sinovi natijalari bilan birga hisoblanib, my.dtm.uz va mandat.dtm.uz saytlariga joylashtirildi.
✅ Oliy ta’lim muassasalari tomonidan o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:
1️⃣ my.dtm.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish (xorijdan) Natijani olish“ bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
2️⃣ mandat.dtm.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish-2022” bo‘limi orqali talabgorning ID raqamini kiritgan holda.
3️⃣ Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga talabgorning ID raqamini yuborgan holda (“O‘qishni ko‘chirish 2022” bo‘limidan):
👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot
4️⃣ Talabgor ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlari yuzasidan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi
✅ Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi OTMlardan, shuningdek O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi.
📆 Apellatsiya arizalari 6-sentabrga qadar my.dtm.uz sayti orqali (talabgorning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda qabul qilinadi.
📌 Talabgor apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.
🔖 Apellatsiya arizasini bergan talabgorga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.
❕ Talabgor xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va ruxsatnoma bilan Davlat test markaziga kelishi lozim.

🇺🇿 Assalomu alaykum yurtdoshlar!
Shu kunlarda Vatanimiz va xalqimiz uchun qadrli, ulug‘ sana – mustaqilligimizning 31 yillik ayyomi nishonlanmoqda!
31 yil oldin O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan suveren davlat sifatida ko‘pmillatli xalqning farovonligi va erkini ta’minlash hamda taraqqiyotning demokratik yo‘lini tanladi.
O‘tgan yillar davomida juda ko‘p yutuqlarga erishdik. Muhimi, yurtimizda tinchlik hukm surmoqda. Shu tufayli hamyurtlarimiz bilan tinchlik va xotirjamlikda, Vatanimiz ravnaqiga hissa qo‘shib kelmoqdamiz!
Fursatdan foydalanib, Davlat test markazi jamoasi O‘zbekiston xalqini ushbu qutlug‘ va ulug‘ ayyom bilan qizg‘in muborakbod etadi! Shu bilan birga, mustahkam sog‘liq, farovonlik va omad tilaydi!
Jonajon Vatanimizda tinchlik barqaror va ulkan taraqqiyotlarga erishish bardavom bo‘laversin!

Bugun apellatsiya arizalarini qabul qilishning so‘nggi kuni
✅ 2022-yil 28-avgust kuni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlangan edi.
🖥 Shuningdek, 31-avgust kuni talabalar o‘qishini xorijdan O‘zbekistondagi davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish yo‘lga qo‘yilgan edi.
👨🏻💻 Apellatsiya arizalarini qabul qilish my.dtm.uz sayti orqali onlayn tarzda amalga oshirilmoqda va bugun (6-sentabr) arizalarni qabul qilishning so‘nggi kuni hisoblanadi.
🔖 Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.
🏢 Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Davlat test markaziga kelishi lozim.
📆 Apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqish 2022-yil 7-sentabr kunidan boshlanadi.

Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqishning birinchi kuni yakunlandi
📋 Davlat test markazida 7-sentabrdan test natijalaridan norozi bo‘lib, apellatsiya shikoyati bergan abituriyentlarning murojaatlarini ko‘rib chiqish boshlandi.
✅ Apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqish 4 smenada tashkil etildi.
👨🏻🎓 Bunda 700 nafar abituriyentning e’tirozini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 163 nafari (23 %) jarayonda ishtirok etdi, 537 nafari esa ishtirok etmadi.

⚡️ Bugun kollej va texnikumlarga qabul yakunlanadi
✅ 2022-yil 11-avgust kuni professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikumlar) ga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlangan edi.
👨🏻💻 Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Davlat test markazining my.dtm.uz saytida “Professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda.
📆 Bugun (10-sentabr) professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni hisoblanadi.
👨🏻💻 Shu sababli professional ta’lim muassasalarida tahsil olish istagini bildirgan abituriyentlar bugun 23:59 ga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari mumkinligini eslatib o‘tamiz.

Apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqish davom etmoqda
📆 2022-yil 7-sentabrdan boshlab test natijasi bo‘yicha apellatsiya bergan talabgorlarning arizalari Apellatsiya komissiyasi tomonidan bevosita talabgor ishtirokida ko‘rib chiqilmoqda.
✅ Bunda har kuni 700 nafar (shanba kuni 400 nafar) talabgorning apellatsiya arizasini ko‘rib chiqish belgilangan:
👉 OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha — 600 nafar;
👉 Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish test sinovlari bo‘yicha — 100 nafar.
👨🏻🎓 Apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqish 4 smenada tashkil etilayotgan bo‘lib, 7-12-sentabr kunlari arizasi ko‘rib chiqilishi belgilangan 3 200 nafar talabgordan 583 nafari (18 %) ishtirok etdi.

⚡️ 2022-yilning 2-yarmida o‘tkaziladigan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari
📌 Mamnuniyat bilan shuni ma’lum qilamizki, ko‘plab talabgorlarning murojaatlaridan kelib chiqqan holda chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari sentabr oyida ham o‘tkazilishi belgilandi.
✅ Shuningdek, mazkur test sinovlari oktabr, noyabr va dekabr oylarida ham tashkil etilib, har oyda 2 marotaba o‘tkaziladi.
👨🏻💻 Test sinovi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti orqali onlayn amalga oshirilmoqda (my.gov.uz/oz/service/559).
📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.
📆 Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.
❕ Diqqat: To‘lovni amalga oshirgandan so‘ng, test sanasi va joyini o‘zgartirib bo‘lmaydi.

Davlat test markazida mavjud vakant lavozimlarga ochiq tanlov
✅ Davlat test markazi Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e’lon qiladi.
👉 Vakant lavozimlar ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
📌 Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali orqali ro‘yxatdan o‘tishlari va vakant bo‘lgan lavozimga so‘ralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.
📆 Hujjatlar 2022-yil 20-sentabr (ayrim vakant lavozimlarga 23-sentabr) gacha qabul qilinadi.
👨💻 Hujjatlarni elektron yuborish tartibi bo‘yicha videoqo‘llanma;
🖥 Yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uz saytidan ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma.

#sammit #ShHT #hamkorlik
O‘zbekiston va Eron o‘rtasida salmoqli hujjatlar to‘plami imzolandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy Qo‘shma bayonot imzoladilar. Unda asosiy kelishuvlar qayd etilgan hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish borasidagi uzoq muddatli vazifalar belgilangan.
Batafsil: https://president.uz/oz/lists/view/5509