Bilimni baholash agentligi
156K subscribers
3.82K photos
593 videos
158 files
4.19K links
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi

📞 1195
📧 [email protected]
🌐 www.uzbmb.uz
📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
facebook.com/dtmuzb
instagram.com/dtmuzb
youtube.com/@BaholashUz
Download Telegram
Harbiy tavsiyanoma - 2022.pdf
518.3 KB
#Qabul2022 #Kvota #Imtiyoz
Harbiy tavsiyanomaga ega bo‘lganlar uchun qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari taqsimoti

📌 Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bo‘lganlar uchun qo‘shimcha besh foizli qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bo‘lganlar uchun respublika bo‘yicha jami 9 045 ta qo‘shimcha kvota ajratildi. Ta’lim shakllari kesimida:

🔹 kunduzgi ta’lim shakli uchun – 6 151 ta (davlat granti asosida - 1588 ta, to‘lov-kontrakt asosida - 4 563);
🔹 sirtqi ta’lim shakli uchun – 2 228 ta (to‘lov-kontrakt asosida);
🔹 kechki ta’lim shakli uchun – 495 ta (to‘lov-kontrakt asosida);
🔹 masofaviy ta’lim shakli uchun – 171 ta (to‘lov-kontrakt asosida).

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2022 #Statistika
2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2022-yil 6-iyul 18:00 holatiga)

👨‍💻 my.dtm.uz saytida ro‘yxatdan o‘tgan (telefon raqamini avtorizatsiyadan o‘tkazgan) abituriyentlar soni — 355 153 nafar. Shundan:

🔹 Ta’lim yo‘nalishlarini tanlaganlar: 215 867 nafar (61 %);
🔹 Taʼlim yo‘nalishlarini tanlamaganlar: 139 286 nafar (39 %).

🏫 Tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini kiritganlar — 212 244 nafar. Shundan:

🔸 116 646 nafari — joriy yil bitiruvchilari;
🔸 95 598 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.

Ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:

1️⃣ Samarqand viloyati — 25 843 nafar.
2️⃣ Toshkent viloyati — 25 783 nafar.
3️⃣ Farg‘ona viloyati — 21 141 nafar.
4️⃣ Qashqadaryo viloyati — 21 064 nafar.
5️⃣ Andijon viloyati — 18 910 nafar.
6️⃣ Toshkent shahri — 17 921 nafar.
7️⃣ Surxondaryo viloyati — 17 306 nafar.
8️⃣ Namangan viloyati — 13 404 nafar.
9️⃣ Buxoro viloyati — 11 571 nafar.
🔟 Jizzax viloyati — 11 018 nafar.
1️⃣1️⃣ Xorazm viloyati — 10 054 nafar.
1️⃣2️⃣ Navoiy viloyati — 9 271 nafar.
1️⃣3️⃣ Sirdaryo viloyati — 8 917 nafar.
1️⃣4️⃣ Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 3 664 nafar.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2022 #Kvota #Imtiyoz
Xotin-qizlar uchun qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti

📌
Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan xotin-qizlar uchun qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, xotin-qizlar uchun davlat granti asosida respublika bo‘yicha jami 2 000 ta kvota ajratildi. Hududlar kesimida:

🔹 Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 111;
🔹 Andijon viloyati – 183;
🔹 Buxoro viloyati – 112;
🔹 Jizzax viloyati – 81;
🔹 Qashqadaryo viloyati – 193;
🔹 Navoiy viloyati – 60;
🔹 Namangan viloyati – 165;
🔹 Samarqand viloyati – 227;
🔹 Surxondaryo viloyati – 155;
🔹 Sirdaryo viloyati – 50;
🔹 Toshkent viloyati – 177;
🔹 Farg‘ona viloyati – 221;
🔹 Xorazm viloyati – 110;
🔹 Toshkent shahri – 155.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Besh yil ish stajiga ega xotin-qizlar - 2022.pdf
191.9 KB
#Qabul2022 #Kvota #Imtiyoz
Besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlarining OTMlar kesimidagi taqsimoti

📌 Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun ajratilgan to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
O‘qituvchilar uchun maqsadli kvota - 2022.pdf
93.5 KB
#Qabul2022 #Kvota #Imtiyoz
Oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan o‘qituvchilar uchun maqsadli qabul ko‘rsatkichlarining taqsimoti

📌 Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan 2022-2023-o‘quv yilida umumta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan va oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan hamda kamida 5 yil pedagoglik stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar uchun pedagogika oliy ta’lim muassasalarida bakalavriatning sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida alohida maqsadli qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Farg‘ona viloyatining So‘x tumani - 2022.pdf
45 KB
#Qabul2022 #Kvota #Imtiyoz
Farg‘ona viloyatining So‘x tumani uchun qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari

📌 Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan 2022-2023-o‘quv yilida Farg‘ona viloyati So‘x tumani uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha umumiy belgilangan qabul parametrlariga nisbatan qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2022 #Statistika
2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2022-yil 7-iyul 18:00 holatiga)

👨‍💻 my.dtm.uz saytida ro‘yxatdan o‘tgan (telefon raqamini avtorizatsiyadan o‘tkazgan) abituriyentlar soni — 392 913 nafar. Shundan:

🔹 Ta’lim yo‘nalishlarini tanlaganlar: 250 377 nafar (64 %);
🔹 Taʼlim yo‘nalishlarini tanlamaganlar: 142 536 nafar (36 %).

🏫 Tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini kiritganlar — 241 438 nafar. Shundan:

🔸 132 057 nafari — joriy yil bitiruvchilari;
🔸 109 381 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.

Ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:

1️⃣ Samarqand viloyati — 30 340 nafar.
2️⃣ Toshkent viloyati — 29 241 nafar.
3️⃣ Qashqadaryo viloyati — 24 943 nafar.
4️⃣ Farg‘ona viloyati — 24 572 nafar.
5️⃣ Andijon viloyati — 21 498 nafar.
6️⃣ Toshkent shahri — 20 417 nafar.
7️⃣ Surxondaryo viloyati — 19 911 nafar.
8️⃣ Namangan viloyati — 15 880 nafar.
9️⃣ Buxoro viloyati — 13 743 nafar.
🔟 Jizzax viloyati — 12 823 nafar.
1️⃣1️⃣ Xorazm viloyati — 11 913 nafar.
1️⃣2️⃣ Navoiy viloyati — 10 754 nafar.
1️⃣3️⃣ Sirdaryo viloyati — 10 152 nafar.
1️⃣4️⃣ Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 4 190 nafar.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2022
Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar OTM qabul komissiyalari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi

📌 Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar istalgan oliy ta’lim muassasasida tashkil etilgan qabul komissiyasida ro‘yxatdan o‘tishi belgilandi.

Bunda fuqaroligi bo‘lmagan abituriyentlarning hujjatlari qabul komissiyalari tomonidan sinchiklab o‘rganiladi.

Boshqa toifadagi abituriyentlar esa oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalarida ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi. Ular my.dtm.uz va my.gov.uz saytlari orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tadilar.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2022 #Imtiyoz
Qo‘shimcha qabul parametrlari ajratiladigan imtiyozlarning qo‘llanishi

📌 Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun qo‘shimcha qabul parametrlari ajratiladigan imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlar imtiyoz doirasida faqat o‘zlari tanlagan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etishi belgilandi.

Bunda nogironligi bo‘lgan shaxslar va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar uchun beriladigan imtiyoz bundan mustasno. Ya’ni mazkur imtiyozlar beshta ta’lim yo‘nalishi uchun ham o‘rinli.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2022
⚡️ 10-iyul — chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlariga qabulning so‘nggi kuni

2022-2023-o‘quv yili qabulidan
boshlab xorijiy tillar bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan

👉 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;
👉 Samarqand davlat chet tillar instituti;
👉 Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining

fanlar majmuasiga chet tili birinchi fan sifatida kiritilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hamda

👉 Toshkent davlat pedagogika universiteti;
👉 Qo‘qon davlat pedagogika instituti;
👉 Nukus davlat pedagogika institutining

xorijiy tillar bo‘yicha pedagoglarni tayyorlovchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirishda chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladi.

📆 Bunda mazkur ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish 10-iyulga qadar (10-iyul kuni ham) amalga oshiriladi.

Shu sababli mazkur ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar 10-iyulga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirishlari (oldingi yillar bitiruvchilari) lozimligini eslatib o‘tamiz.

Qo‘shimcha ma’lumot: chet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlar chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirmaydi va ularga chet tili fanidan imtihonlarsiz maksimal ball beriladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2022 #Statistika
2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2022-yil 8-iyul 18:00 holatiga)

👨‍💻 my.dtm.uz saytida ro‘yxatdan o‘tgan (telefon raqamini avtorizatsiyadan o‘tkazgan) abituriyentlar soni — 432 477 nafar. Shundan:

🔹 Ta’lim yo‘nalishlarini tanlaganlar: 286 901 nafar (66 %);
🔹 Taʼlim yo‘nalishlarini tanlamaganlar: 145 576 nafar (34 %).

🏫 Tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini kiritganlar — 272 468 nafar. Shundan:

🔸 149 000 nafari — joriy yil bitiruvchilari;
🔸 123 468 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.

Ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:

1️⃣ Samarqand viloyati — 34 984 nafar.
2️⃣ Toshkent viloyati — 32 695 nafar.
3️⃣ Qashqadaryo viloyati — 29 285 nafar.
4️⃣ Farg‘ona viloyati — 28 325 nafar.
5️⃣ Andijon viloyati — 24 115 nafar.
6️⃣ Toshkent shahri — 22 638 nafar.
7️⃣ Surxondaryo viloyati — 22 604 nafar.
8️⃣ Namangan viloyati — 18 219 nafar.
9️⃣ Buxoro viloyati — 16 326 nafar.
🔟 Jizzax viloyati — 14 797 nafar.
1️⃣1️⃣ Xorazm viloyati — 13 979 nafar.
1️⃣2️⃣ Navoiy viloyati — 12 586 nafar.
1️⃣3️⃣ Sirdaryo viloyati — 11 414 nafar.
1️⃣4️⃣ Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 4 934 nafar.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qurbon hayitingiz muborak boʻlsin!

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2022 #Statistika
2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2022-yil 9-iyul 18:00 holatiga)

👨‍💻 my.dtm.uz saytida ro‘yxatdan o‘tgan (telefon raqamini avtorizatsiyadan o‘tkazgan) abituriyentlar soni — 454 561 nafar. Shundan:

🔹 Ta’lim yo‘nalishlarini tanlaganlar: 305 554 nafar (67 %);
🔹 Taʼlim yo‘nalishlarini tanlamaganlar: 149 007 nafar (33 %).

🏫 Tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini kiritganlar — 287 994 nafar. Shundan:

🔸 156 360 nafari — joriy yil bitiruvchilari;
🔸 131 634 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.

Ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:

1️⃣ Samarqand viloyati — 37 653 nafar.
2️⃣ Toshkent viloyati — 34 691 nafar.
3️⃣ Qashqadaryo viloyati — 31 522 nafar.
4️⃣ Farg‘ona viloyati — 29 740 nafar.
5️⃣ Andijon viloyati — 25 173 nafar.
6️⃣ Toshkent shahri — 23 951 nafar.
7️⃣ Surxondaryo viloyati — 23 951 nafar.
8️⃣ Namangan viloyati — 19 191 nafar.
9️⃣ Buxoro viloyati — 17 893 nafar.
🔟 Jizzax viloyati — 15 794 nafar.
1️⃣1️⃣ Xorazm viloyati — 15 048 nafar.
1️⃣2️⃣ Navoiy viloyati — 13 736 nafar.
1️⃣3️⃣ Sirdaryo viloyati — 12 152 nafar.
1️⃣4️⃣ Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 5 577 nafar.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Kun.uz | Rasmiy kanal
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Imtihonlar sanasi, tartibi va boshqalar: Sardor Rajabov bilan suhbat

Oliygohlarga kirish imtihonlariga sanoqli kunlar qoldi. Kun.uz bu yilgi test sinovlari yuzasidan abituriyentlarni qiziqtirayotgan savollar yuzasidan Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov bilan intervyu tashkil etdi.

👉 https://kun.uz/uz/43521955

📹 👉 TO'LIQ VIDEONI KO'RISH
⚡️ my.dtm.uz saytining mobil ilovasi ishlab chiqildi

📲 Davlat test markazining my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishda abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida saytning mobil ilovasi ishlab chiqildi.

Mazkur mobil ilova orqali oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga yo‘nalishlariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish va Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinayotgan yangiliklar bilan tanishib borish mumkin.

🇺🇿 Mobil ilova “Android” operatsion tizimida ishlovchi telefonlarga mo‘ljallangan bo‘lib, undan 3 xil tilda — o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida foydalanish imkoniyati mavjud.

🔗 Mobil ilova “Google Play” paltformasiga joylashtirilgan bo‘lib, quyidagi havola orqali yuklab olish mumkin: https://play.google.com/store/apps/details?id=www.my_dtm.uz

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Bilimni baholash agentligi pinned «⚡️ my.dtm.uz saytining mobil ilovasi ishlab chiqildi 📲 Davlat test markazining my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishda abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida saytning mobil ilovasi ishlab chiqildi. Mazkur mobil ilova orqali oliy ta’lim…»
#Qabul2022
Tanlov ustuvorligini belgilash

Abituriyentlarga onlayn ro‘yxatdan o‘tish vaqtida 5 tagacha ta’lim yo‘nalishi bilan birga tanlov ustuvorligini ham tanlash imkoniyati yaratilgan.

👉 Bunda abituriyent ustuvorlik sifatida:

🔹 Davlat grantini tanlasa - tanlagan barcha ta’lim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti asosida, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida;

🔹 Davlat granti va to‘lov-kontraktni tanlasa - har bir ta’lim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.

Tanlov abituriyent tanlagan ta’lim yo‘nalishlarining qat’iy ketma-ketligi bo‘yicha u tanlagan ustuvorlik (“Davlat granti” yoki “Davlat granti va to‘lov-kontrakt”) asosida amalga oshiriladi.

Abituriyentlardan ustuvorlikni belgilashda e’tiborli bo‘lishlarini so‘raymiz!

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2022 #Statistika
2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2022-yil 10-iyul 18:00 holatiga)

👨‍💻 my.dtm.uz saytida ro‘yxatdan o‘tgan (telefon raqamini avtorizatsiyadan o‘tkazgan) abituriyentlar soni — 483 310 nafar. Shundan:

🔹 Ta’lim yo‘nalishlarini tanlaganlar: 329 403 nafar (68 %);
🔹 Taʼlim yo‘nalishlarini tanlamaganlar: 153 907 nafar (32 %).

🏫 Tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini kiritganlar — 308 231 nafar. Shundan:

🔸 165 999 nafari — joriy yil bitiruvchilari;
🔸 142 233 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.

Ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:

1️⃣ Samarqand viloyati — 40 702 nafar.
2️⃣ Toshkent viloyati — 37 466 nafar.
3️⃣ Qashqadaryo viloyati — 34 088 nafar.
4️⃣ Farg‘ona viloyati — 31 723 nafar.
5️⃣ Andijon viloyati — 26 555 nafar.
6️⃣ Toshkent shahri — 25 582 nafar.
7️⃣ Surxondaryo viloyati — 24 689 nafar.
8️⃣ Namangan viloyati — 20 500 nafar.
9️⃣ Buxoro viloyati — 19 664 nafar.
🔟 Jizzax viloyati — 17 172 nafar.
1️⃣1️⃣ Xorazm viloyati — 16 490 nafar.
1️⃣2️⃣ Navoiy viloyati — 14 952 nafar.
1️⃣3️⃣ Sirdaryo viloyati — 12 981 nafar.
1️⃣4️⃣ Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 6 839 nafar.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Qoraqalpog‘istondagi abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga!

📆 Ma’lumki, 2022-yil 20-iyundan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

🖥 Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Davlat test markazining my.dtm.uz sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali onlayn tarzda amalga oshirilmoqda.

Qoraqalpog‘istondagi abituriyentlar va ularning ota-onalari tomonidan bo‘layotgan murojaatlardan kelib chiqqan holda quyidagilarni ma’lum qilamiz:

📋 Hozirda oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish davom etmoqda va Qoraqalpog‘istondagi abituriyentlar uchun ro‘yxatga olish muddatlarini uzaytirish bo‘yicha takliflar tayyorlangan hamda uning ijobiy hal bo‘lishi kutilmoqda.

📌 Qoraqalpog‘istondagi abituriyentlarning huquqlari aslo cheklanmaydi va ular onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari uchun tegishli sharoitlar yaratib beriladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Вниманию абитуриентов и их родителей в Каракалпакстане!

📆 Как известно, с 20 июня 2022 года началась онлайн-регистрация абитуриентов на поступление в бакалавриат высших образовательных учреждений.

🖥 Регистрация абитуриентов осуществляется на сайте Государственного центра тестирования my.dtm.uz и Единого портала интерактивных государственных услуг.

Исходя из обращений абитуриентов и их родителей в Каракалпакстане, сообщаем следующее:

📋 В настоящее время продолжается онлайн-регистрация абитуриентов на поступление в бакалавриат высших образовательных учреждений, подготовлены предложения по продлению сроков регистрации абитуриентов в Каракалпакстане и ожидается его положительное решение.

📌 Права абитуриентов в Каракалпакстане не ограничены, и для их онлайн-регистрации будут созданы соответствующие условия.

Официальные страницы ГЦТ:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2022
Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma

Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube