Bilimni baholash agentligi
112K subscribers
3.3K photos
531 videos
143 files
3.84K links
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi

📞 1195
📧 [email protected]
🌐 www.uzbmb.uz
📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
facebook.com/dtmuzb
instagram.com/dtmuzb
youtube.com/@BaholashUz
Download Telegram
Ko‘p darajali (Multilevel) test sinovi bo‘yicha vebinar

🗓 2022-yil 14-mart kuni “Chet tilidan ko‘p darajali (Multilevel) test formati va baholash mezonlari” mavzusida vebinar o‘tkaziladi.

Unda quyidagi mavzular bo‘yicha batafsil ma’lumot beriladi:

🔹 Ko‘p darajali test sinovi;
🔹 Ko‘p darajali test formati;
🔹 Baholash mezonlari.

📆 Vebinar 2022-yil 14-mart kuni Toshkent vaqti bilan 11:00 da boshlanadi va o‘zbek tilida bo‘lib o‘tadi.

🖥 Vebinar Zoom platformasida o‘tkaziladi: https://us02web.zoom.us/j/5124033658?pwd=K3dzWTV3UzRPRnlJYTBuL1Y3OXJsUT09

❇️ Shuningdek, vebinarni Davlat test markazining Youtubedagi rasmiy kanali orqali ham onlayn kuzatib borish mumkin bo‘ladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Davlat tilida rasmiy ish yuritish bo‘yicha test sinovi natijalari e’lon qilindi

2022-yil 25-fevral kuni rahbar kadrlar va mas’ul lavozimga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilida rasmiy ish yuritish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

🖥 Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini dt.dtm.uz sayti orqali bilishlari mumkin.

👨🏻‍💻 Buning uchun “Natijani ko‘rish” bo‘limiga talabgorning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritish lozim.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ TOEFL ITP imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi

👨🏻‍💻 Mart
oyida bo‘lib o‘tadigan TOEFL ITP imtihoni uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

📆 Ro‘yxatga olish Davlat test markazining my.dtm.uz sayti orqali 24-martga qadar amalga oshiriladi.

🖥 Test sinovi 24-mart kuni Toshkent shahrida Davlat test markazi binosida onlayn tarzda o‘tkaziladi va talabgorlar test sinovi yakunlanishi bilan o‘z natijasini bilib oladi.

📌 Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga ETS tashkilotining xalqaro sertifikati beriladi.

Talabgorlar quyidagi havola orqali test namunalari bilan tanishishlari va test sinoviga tayyorgarlik ko‘rishlari mumkin:
👉 https://www.ets.org/toefl_itp/l1v3_ebook

🔖 Test sinovi uchun to‘lov bazaviy hisoblash miqdorining 3,5 baravari (945 000 so‘m) ni tashkil qiladi.

❇️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son qaroriga binoan C1 darajaga to‘g‘ri keluvchi TOEFL ITP sertifikatiga ega bo‘lgan ta’lim muassasalarining xorijiy tillar o‘qituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama beriladi.

Ilmiy markazning telegram kanali:
👉 @dtmilmiymarkaz 👈
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

Ўзбекистонда расмий ахборотнинг биринчи манбаси - ахборот хизматлари ҳисобланади. Хозирги кунда барча давлат органлари телеграмда ўз саҳифаларини юритишмоқда.

Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

🔔 Давлат органларининг расмий каналлари билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.
Vebinar boshlandi

🖥 Chet tilidan ko‘p darajali test tizimi, test formati va baholash mezonlari bo‘yicha vebinar boshlandi.

Vebinarni quyidagi havolalar orqali kuzatib borish va ishtirok etish mumkin:

👉 Zoom platformasida: https://us02web.zoom.us/j/5124033658?pwd=K3dzWTV3UzRPRnlJYTBuL1Y3OXJsUT09
👉 Davlat test markazining Youtubedagi rasmiy kanalida: https://www.youtube.com/watch?v=BbVlMwivDyM

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Bilimni baholash agentligi pinned «Vebinar boshlandi 🖥 Chet tilidan ko‘p darajali test tizimi, test formati va baholash mezonlari bo‘yicha vebinar boshlandi. Vebinarni quyidagi havolalar orqali kuzatib borish va ishtirok etish mumkin: 👉 Zoom platformasida: https://us02web.zoom.us/j/51…»
​​Rasmiy munosabat

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Doniyor G‘aniyev 2022-yil 14-mart kuni o‘zining telegram kanalida Hisob palatasining 2021-yilgi faoliyati yuzasidan taqdim etgan hisoboti shu kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ko‘rib chiqilayotgani haqida xabar berdi.

Unda oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida (xalq tilida “super-kontrakt”) o‘qishga qabul qilingan talabalarning hujjatlari o‘rganilganda, 10 ta oliy ta’lim muassasasida 117 nafar talabani Davlat test markazi ma’lumotnomasidagi ballarini soxtalashtirish orqali ularni “super-kontrakt” summalarining miqdori jami 9,6 mlrd. so‘mga kam hisoblangani qayd etilgan.

Ushbu xabar ko‘pchilik tomonidan noto‘g‘ri talqin qilinmoqda va qaydnomalar (Davlat test markazi ma’lumotnomasi) dagi ballar Davlat test markazi tomonidan soxtalashtirilgan, degan fikrga borilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan shuni ma’lum qilamizki, har yili oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari yakunlangandan so‘ng test natijalari Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi va Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi hamda har bir oliy ta’lim muassasasi kesimida test sinovi qaydnomalari oliy ta’lim muassasalariga yetkaziladi.

Oliy ta’lim muassasalari mazkur qaydnomalar asosida abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish ishlarini olib boradi.

Abituriyentlarni oshirilgan to‘lov-kontrakt (xalq tilida “super-kontrakt”) asosida o‘qishga qabul qilish jarayonida esa Davlat test markazi ishtirok etmaydi. Oliy ta’lim muassasalari abituriyentning arizasi va test sinovida to‘plagan bali bo‘yicha oshirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qiladi.

Deputat Doniyor G‘aniyevning xabariga yaxshiroq e’tibor qaratilsa, “…Davlat test markazi ma’lumotnomasidagi ballarini soxtalashtirish orqali…” deyilgan. Ya’ni boshqalar tomonidan Davlat test markazi ma’lumotnomasi (qaydnoma) dagi ballar soxtalashtirilgan, deyilmoqda.

Qo‘shimcha sifatida shuni ma’lum qilamizki, Davlat test markazi ochiqlik va shaffoflik tarafdori bo‘lib, jarayonda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida mandat.dtm.uz sayti ishga tushirilgan.

Mazkur saytda ID raqami orqali istalgan abituriyentning test sinovida to‘plagan bali va boshqa ma’lumotlarini ko‘rish mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari yakunlandi

2022-yil 28-fevral va 1-mart kunlari chet tilini bilish darajasini baholash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, leksik va grammatik kompetensiyalar, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tgan edi.

Test sinovlarining yozma qismida ishtirok etgan talabgorlar uchun 9-11- va 14-mart kunlari gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari tashkil etildi.

👨🏻‍💻 Imtihonlar barcha hududlarda Davlat test markazi tomonidan maxsus ishlab chiqilgan dastur orqali onlayn tarzda o‘tkazildi.

👨🏻‍🎓 Unda ingliz, nemis, fransuz, ispan, italyan, xitoy, koreys, yapon, turk, arab, fors, urdu, pushtu va dariy tillari bo‘yicha 1 729 nafar talabgor ishtirok etdi.

👩‍🏫 Talabgorlarning gapirish ko‘nikmasini baholash uchun autsorsing asosida respublikamizning turli hududlarida faoliyat olib borayotgan malakali mutaxassislar jalb etildi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
«Assalom, Navro‘z — yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!» shiori ostida TANLOV e’lon qilindi!

🏢 Tashkilotchilar:

● Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
● Yoshlar ishlari agentligi
● O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi

📋 Tanlov nominatsiyalari:

● «Eng yaxshi ijtimoiy rolik»
● «Eng yaxshi she’r ijrosi» (video material shaklida)
● «Eng yaxshi fotosuratlar»

🙋‍♂️ Kimlar qatanashishi mumkin?

● 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari

📌 Talablar:

● ijtimoiy rolik va she’r ijrolari 3-5 daqiqadan oshmasligi, FullHD (1920x1080) formatida bo‘lishi;
● fotosuratlar 5 tadan kam bo‘lmasligi, 4Mp (2272x1704) dan katta bo‘lishi kerak.

📆 Ijodiy ishlarni qayerga va qachongacha jo‘natish kerak?

Taqdim etiladigan ishlar @Navruz2022_tanlov_bot telegram-boti orqali 2022-yil 25-martgacha qabul qilinadi.

Ijodiy ishlar qanday mezonlar asosida baholanadi? Pul mukofotlarining miqdori qancha?

👉 Batafsil
#Xalqaro_hamkorlik
Turkiya Respublikasining Baholash, tanlash va joylashtirish markazi bilan Memorandum imzolandi

🌐 Turkiya Respublikasining Baholash, tanlash va joylashtirish markazi bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda ikki tashkilot o‘rtasida Memorandum imzolash maqsadida 2022-yil 14-mart kuni Davlat test markazi delegatsiyasi Turkiya Respublikasiga jo‘nab ketgan edi.

15-mart kuni Turkiya Respublikasining Baholash, tanlash va joylashtirish markazi hamda Davlat test markazi o‘rtasida test sinovlarini o‘tkazish, baholash, tanlash, joylashtirish va mazkur yo‘nalishda axborot xavfsizligini ta’minlash yuzasidan tajriba almashish hamda bu sohada o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Memorandum imzolandi.

📋 Davlat test markazi va Turkiya Respublikasining Baholash, tanlash va joylashtirish markazi Memorandum imzolash orqali muhim sohalarda hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Chet tilidan test topshiriqlarining navbatdagi aprobatsiyasi o‘tkazildi

🔰 Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-fevraldagi 73-son qarori bilan chet tilidan ko‘p darajali (Multi-level) test tizimi joriy etildi.

Mazkur qarorda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Davlat test markazi tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan:

👉 2022-yil 26-fevral kuni ko‘p darajali test tizimi formati va test namunalari e’lon qilindi;
👉 2022-yil 7-mart kuni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz sayti) orqali talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish yo‘lga qo‘yildi;
👉 2022-yil 14-mart kuni “Chet tilidan ko‘p darajali (Multi-level) test formati va baholash mezonlari” mavzusida vebinar tashkil etildi.

📚 Shuningdek, bugun chet tilini bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali test tizimi bo‘yicha ishlab chiqilgan test topshiriqlarining navbatdagi aprobatsiyasi o‘tkazildi.

👨‍🎓 Test topshiriqlari aprobatsiyasi ingliz tilidan tashkil etildi va unda 122 nafar talabgor ishtirok etdi.

📋 Aprobatsiya natijalari tahlil qilinib, test topshiriqlari qayta ko‘rib chiqiladi va test topshiriqlariga tegishli o‘zgarishlar kiritiladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Turkiya safari sermahsul o‘tmoqda

Davlat test markazi delegatsiyasining Turkiyaga safari muvaffaqiyatli o‘tmoqda. Safarning 3-kunida ham xorijiy hamkorlarning ish faoliyatini o‘rganish, tajriba almashish samarali davom etdi.

16-mart kuni delegatsiyamiz uchun Baholash, tanlash va joylashtirish markazida faoliyat samarasiga bag‘ishlangan taqdimot tadbirlari tashkil etildi. Jumladan,

- Baholash, tanlash va joylashtirish markazi boshqarmasining “Savollar tuzish, tekshirish va xavfsizlikni ta’minlash masalalari”;

- Imtihon o‘tkazish xodimlarini boshqarish boshqarmasi tomonidan “Imtihon o‘tkazish xodimlari ishini tashkillashtirish”;

- Imtihon xizmatlari boshqarmasi tomonidan esa “Imtihonlarni tashkillashtirish” mavzularidagi taqdimot tadbirlarida ishtirok etdilar.

Shuningdek, shu kuni Imtihon hujjatlarini yetkazib berish hududi hamda koll-markaz va optik skanerlash markazlari faoliyati bilan yaqindan tanishib chiqdilar.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Davlat test markazining telegramdagi rasmiy botiga yangi funksiyalar qo‘shiladi

2022-yil 17-mart kuni Davlat test markazining telegramdagi rasmiy boti (@e_dtm_bot) ga yangi funksiyalar qo‘shish rejalashtirilgan.

Shu sababli, 17-mart kuni 13:00 dan 18-mart kuni 00:00 ga qadar @e_dtm_bot telegram boti ishlamaydi.

Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube