Bilimni baholash agentligi
111K subscribers
3.27K photos
521 videos
143 files
3.83K links
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi

📞 1195
📧 [email protected]
🌐 www.uzbmb.uz
📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
facebook.com/dtmuzb
instagram.com/dtmuzb
youtube.com/@BaholashUz
Download Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalariga talabgor tayanch doktorantlar uchun test sinovlari

🔰 Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qarori bilan tasdiqlangan nizomda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalariga talabgor tayanch doktorantlar uchun test sinovi o‘tkazilishi belgilangan.

Shu maqsadda 2022-yil 2-mart kuni Davlat test markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga talabgorlar uchun test sinovi tashkil etildi.

🎓 Test sinovida davlat oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlarining tayanch doktoranturasida tahsil olayotgan 41 nafar doktorant ishtirok etdi.

Unda talabgorlarning chet tillari (ingliz, nemis, fransuz), axborot texnologiyalari va O‘zbekiston tarixi fanlari bo‘yicha bilimlari sinovdan o‘tkazildi.

📋 Natijalar hisoblangandan so‘ng Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etiladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Fizika fanidan malaka oshirish kurslari boshlandi

📆 2022-yil 4-mart kuni Davlat test markazi mutaxassislari uchun fizika fanidan maxsus xalqaro malaka oshirish kursi boshlandi.

👩‍🏫 Malaka oshirish kursi Buyuk Britaniyaning “Cambridge Assessment” tashkilotining ko‘p yillik tajribaga ega mutaxassislari tomonidan o‘tkazilmoqda.

Malaka oshirish kursi quyidagi mavzularni o‘z ichiga oladi:

1️⃣ Baholash mezonlari, test topshiriqlarini shakllantirishdagi muhim jihatlar;
2️⃣ Test spetsifikatsiyasini shakllantirish;
3️⃣ Savollar tuzish va murakkab savollar uchun baholar sxemasi hamda amaliy qobiliyatlarni baholash;
4️⃣ Muqobil javobli savollarni yaratish.

📋 Mazkur malaka oshirish kursi Davlat test markazi mutaxassislari va fizika fani ekspertlarining malaka va ko‘nikmalari oshirish, test topshiriqlari sifatini yanada yaxshilash hamda yangi baholash mezonlarini ishlab chiqishga xizmat qiladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Chet tili imtihonlariga talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi

2022-yil mart, aprel, may va iyun oylarida bo‘lib o‘tadigan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.

👨🏻‍💻 Talabgorlarni ro‘yxatga olish Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-fevraldagi 73-son qaroriga muvofiq my.gov.uz sayti orqali amalga oshiriladi (my.gov.uz/oz/service/559).

📍 Ro‘yxatdan o‘tish vaqtida talabgorlar imtihon topshirish hududi sifatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan birini tanlab, o‘zlari tanlagan hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📆 Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, onlayn ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
💐 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami muborak bo‘lsin!

Davlat test markazi barcha xotin-qizlarni ushbu ajoyib ayyom bilan muborakbod etadi hamda mustahkam sog‘liq, baxt va oilaviy farovonlik tilab qoladi.

Shunchalar har xil – kamtarin, jasoratli, muloyim va qat’iyatli bo‘lsangizda, barchangiz hamisha rahmdil va donosiz, mehringiz cheksiz, tashqi va ichki go‘zalligingiz esa g‘oyatda beqiyos.

Barchangizga izlanishdan to‘xtamaslikni, yangiliklarga intilib yashashni, yangi marralarni zabt etishni tilaymiz.

Hozir cheksiz imkoniyatlar davri, shuning uchun ham aziz qizlarimiz - mavjud imkoniyatlardan foydalanib, hur fikrlaydigan, yetuk mutaxassis bo‘ling, o‘z oldingizga to‘g‘ri maqsadlarni belgilab, ular sari dadil qadam tashlang!

Bayramingiz bilan aziz ayollar!

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik
Qozon federal universiteti bilan Memorandum imzolandi

👉 https://dtm.uz/post/view/qozon-federal-universiteti-bilan-memorandum-imzolandi

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Chet tili imtihoni uchun my.gov.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha yo‘riqnoma

📌 Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-fevraldagi 73-son qaroriga muvofiq chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP - my.gov.uz sayti) orqali onlayn amalga oshirilmoqda.

📋 Test topshiruvchilarga qulay bo‘lishi uchun chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlariga my.gov.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha yo‘riqnoma tayyorlandi.

Yo‘riqnoma 3 qismdan iborat:

1️⃣ id.egov.uz tizimida ro‘yxatdan o‘tish 🖥
2️⃣ Test sinovi uchun onlayn ariza berish 👨‍💻
3️⃣ Test sinovi jadvali 📆

👉 Batafsil: https://telegra.ph/Chet-tili-yoriqnoma-03-09

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Bilimni baholash agentligi pinned «⚡️ Chet tili imtihoni uchun my.gov.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha yo‘riqnoma 📌 Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-fevraldagi 73-son qaroriga muvofiq chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish…»
Ko‘p darajali (Multilevel) test sinovi bo‘yicha vebinar

🗓 2022-yil 14-mart kuni “Chet tilidan ko‘p darajali (Multilevel) test formati va baholash mezonlari” mavzusida vebinar o‘tkaziladi.

Unda quyidagi mavzular bo‘yicha batafsil ma’lumot beriladi:

🔹 Ko‘p darajali test sinovi;
🔹 Ko‘p darajali test formati;
🔹 Baholash mezonlari.

📆 Vebinar 2022-yil 14-mart kuni Toshkent vaqti bilan 11:00 da boshlanadi va o‘zbek tilida bo‘lib o‘tadi.

🖥 Vebinar Zoom platformasida o‘tkaziladi: https://us02web.zoom.us/j/5124033658?pwd=K3dzWTV3UzRPRnlJYTBuL1Y3OXJsUT09

❇️ Shuningdek, vebinarni Davlat test markazining Youtubedagi rasmiy kanali orqali ham onlayn kuzatib borish mumkin bo‘ladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Davlat tilida rasmiy ish yuritish bo‘yicha test sinovi natijalari e’lon qilindi

2022-yil 25-fevral kuni rahbar kadrlar va mas’ul lavozimga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilida rasmiy ish yuritish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

🖥 Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini dt.dtm.uz sayti orqali bilishlari mumkin.

👨🏻‍💻 Buning uchun “Natijani ko‘rish” bo‘limiga talabgorning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritish lozim.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ TOEFL ITP imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi

👨🏻‍💻 Mart
oyida bo‘lib o‘tadigan TOEFL ITP imtihoni uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

📆 Ro‘yxatga olish Davlat test markazining my.dtm.uz sayti orqali 24-martga qadar amalga oshiriladi.

🖥 Test sinovi 24-mart kuni Toshkent shahrida Davlat test markazi binosida onlayn tarzda o‘tkaziladi va talabgorlar test sinovi yakunlanishi bilan o‘z natijasini bilib oladi.

📌 Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga ETS tashkilotining xalqaro sertifikati beriladi.

Talabgorlar quyidagi havola orqali test namunalari bilan tanishishlari va test sinoviga tayyorgarlik ko‘rishlari mumkin:
👉 https://www.ets.org/toefl_itp/l1v3_ebook

🔖 Test sinovi uchun to‘lov bazaviy hisoblash miqdorining 3,5 baravari (945 000 so‘m) ni tashkil qiladi.

❇️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son qaroriga binoan C1 darajaga to‘g‘ri keluvchi TOEFL ITP sertifikatiga ega bo‘lgan ta’lim muassasalarining xorijiy tillar o‘qituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama beriladi.

Ilmiy markazning telegram kanali:
👉 @dtmilmiymarkaz 👈
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

Ўзбекистонда расмий ахборотнинг биринчи манбаси - ахборот хизматлари ҳисобланади. Хозирги кунда барча давлат органлари телеграмда ўз саҳифаларини юритишмоқда.

Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

🔔 Давлат органларининг расмий каналлари билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.
Vebinar boshlandi

🖥 Chet tilidan ko‘p darajali test tizimi, test formati va baholash mezonlari bo‘yicha vebinar boshlandi.

Vebinarni quyidagi havolalar orqali kuzatib borish va ishtirok etish mumkin:

👉 Zoom platformasida: https://us02web.zoom.us/j/5124033658?pwd=K3dzWTV3UzRPRnlJYTBuL1Y3OXJsUT09
👉 Davlat test markazining Youtubedagi rasmiy kanalida: https://www.youtube.com/watch?v=BbVlMwivDyM

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Bilimni baholash agentligi pinned «Vebinar boshlandi 🖥 Chet tilidan ko‘p darajali test tizimi, test formati va baholash mezonlari bo‘yicha vebinar boshlandi. Vebinarni quyidagi havolalar orqali kuzatib borish va ishtirok etish mumkin: 👉 Zoom platformasida: https://us02web.zoom.us/j/51…»
​​Rasmiy munosabat

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Doniyor G‘aniyev 2022-yil 14-mart kuni o‘zining telegram kanalida Hisob palatasining 2021-yilgi faoliyati yuzasidan taqdim etgan hisoboti shu kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ko‘rib chiqilayotgani haqida xabar berdi.

Unda oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida (xalq tilida “super-kontrakt”) o‘qishga qabul qilingan talabalarning hujjatlari o‘rganilganda, 10 ta oliy ta’lim muassasasida 117 nafar talabani Davlat test markazi ma’lumotnomasidagi ballarini soxtalashtirish orqali ularni “super-kontrakt” summalarining miqdori jami 9,6 mlrd. so‘mga kam hisoblangani qayd etilgan.

Ushbu xabar ko‘pchilik tomonidan noto‘g‘ri talqin qilinmoqda va qaydnomalar (Davlat test markazi ma’lumotnomasi) dagi ballar Davlat test markazi tomonidan soxtalashtirilgan, degan fikrga borilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan shuni ma’lum qilamizki, har yili oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari yakunlangandan so‘ng test natijalari Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi va Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi hamda har bir oliy ta’lim muassasasi kesimida test sinovi qaydnomalari oliy ta’lim muassasalariga yetkaziladi.

Oliy ta’lim muassasalari mazkur qaydnomalar asosida abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish ishlarini olib boradi.

Abituriyentlarni oshirilgan to‘lov-kontrakt (xalq tilida “super-kontrakt”) asosida o‘qishga qabul qilish jarayonida esa Davlat test markazi ishtirok etmaydi. Oliy ta’lim muassasalari abituriyentning arizasi va test sinovida to‘plagan bali bo‘yicha oshirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qiladi.

Deputat Doniyor G‘aniyevning xabariga yaxshiroq e’tibor qaratilsa, “…Davlat test markazi ma’lumotnomasidagi ballarini soxtalashtirish orqali…” deyilgan. Ya’ni boshqalar tomonidan Davlat test markazi ma’lumotnomasi (qaydnoma) dagi ballar soxtalashtirilgan, deyilmoqda.

Qo‘shimcha sifatida shuni ma’lum qilamizki, Davlat test markazi ochiqlik va shaffoflik tarafdori bo‘lib, jarayonda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida mandat.dtm.uz sayti ishga tushirilgan.

Mazkur saytda ID raqami orqali istalgan abituriyentning test sinovida to‘plagan bali va boshqa ma’lumotlarini ko‘rish mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari yakunlandi

2022-yil 28-fevral va 1-mart kunlari chet tilini bilish darajasini baholash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, leksik va grammatik kompetensiyalar, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tgan edi.

Test sinovlarining yozma qismida ishtirok etgan talabgorlar uchun 9-11- va 14-mart kunlari gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari tashkil etildi.

👨🏻‍💻 Imtihonlar barcha hududlarda Davlat test markazi tomonidan maxsus ishlab chiqilgan dastur orqali onlayn tarzda o‘tkazildi.

👨🏻‍🎓 Unda ingliz, nemis, fransuz, ispan, italyan, xitoy, koreys, yapon, turk, arab, fors, urdu, pushtu va dariy tillari bo‘yicha 1 729 nafar talabgor ishtirok etdi.

👩‍🏫 Talabgorlarning gapirish ko‘nikmasini baholash uchun autsorsing asosida respublikamizning turli hududlarida faoliyat olib borayotgan malakali mutaxassislar jalb etildi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube