Rahbar kadrlarning davlat tilida rasmiy ish yuritish darajasini aniqlash test sinovlari o‘tkazildi
⏳ 2022-yil 25-fevral kuni rahbar kadrlar va mas’ul lavozimga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilida rasmiy ish yuritish bo‘yicha test sinovlari bo‘lib o‘tdi.
📍 Test sinovlari rahbar kadrlar va mas’ul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslarning davlat tilini bilish darajasini aniqlash va ularga davlat tilini bilish bo‘yicha daraja sertifikatini berish uchun Toshkent shahri va hududlarda tashkil etildi.
✅ Imtihon davomida talabgorlarning davlat tilini bilish darajasi, publitsistik, ilmiy-ommabop va rasmiy matnni o‘qib tushunish, o‘zbek tilining yozma adabiy me’yorlaridan – imlo qoidalarini to‘g‘ri qo‘llay olishi, so‘z va qo‘shimchalardan to‘g‘ri foydalana bilish hamda tinish belgilarini o‘z o‘rnida ishlata olish, shuningdek, fikrlarini yozma bayon qilish, topshiriqqa ko‘ra mos rasmiy hujjat matnini tayyorlash kabi ko‘nikmalari tekshirildi.
🖥 Test sinovi natijalari 15 ish kuni ichida Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali e’lon qilinadi.
Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

⚡️ Ko‘p darajali test tizimi formati va test namunalari
🔰 Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-fevraldagi 73-son qarori bilan chet tilidan ko‘p darajali (Multi-level) test tizimi joriy etildi.
✅ Unga ko‘ra, ko‘p darajali test tizimi:
👉 “tinglab tushunish” va “o‘qish” bo‘limlarining har biri 35 ta topshiriqdan;
👉 “yozma ish” bo‘limi ikkita yozma topshiriqdan (birinchi topshiriq — 100-150 ta so‘zdan, ikkinchi topshiriq — 200-250 ta so‘zdan);
👉 “gapirish” bo‘limi topshiriqlarning 3 ta turidan iborat bo‘ladi.
🎧 Bunda tinglab tushunish bo‘limida matnlar 2 marta eshittiriladi va belgilangan vaqt javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 45 daqiqani tashkil etadi.
📚 O‘qish va yozma ish bo‘limlarining har biri uchun esa 60 daqiqadan vaqt ajratiladi (javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga).
🎙 Gapirish bo‘limi taxminan 15 daqiqa davom etadi.
📌 Davlat test markazining rasmiy veb-saytiga ko‘p darajali test tizimi formati va test namunalari joylashtirilgan bo‘lib, ular bilan quyidagi havolalar orqali tanishish mumkin:
👉 https://dtm.uz/page/test_sinovlari_formati
👉 https://dtm.uz/page/test_namunalari

Chet tilini bilish darajasini baholash test sinovlari bo‘lib o‘tdi
✅ 2022-yil 28-fevral va 1-mart kunlari chet tilini bilish darajasini baholash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, leksik va grammatik kompetensiyalar, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.
📚 Test sinovlari ingliz, nemis, fransuz, ispan, italyan, xitoy, koreys, yapon, turk, arab, fors, urdu, pushtu va dari tillaridan B1, B2 va C1 tilni bilish darajalari bo‘yicha o‘tkazildi.
📍 Imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.
🙍♂️ Unda jami 1 821 nafar talabgordan 1 762 nafari ishtirok etdi, 59 nafari esa test sinovlarida qatnashmadi.
📌 Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 9-11- va 14-mart kunlari bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalariga talabgor tayanch doktorantlar uchun test sinovlari
🔰 Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qarori bilan tasdiqlangan nizomda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalariga talabgor tayanch doktorantlar uchun test sinovi o‘tkazilishi belgilangan.
⏳ Shu maqsadda 2022-yil 2-mart kuni Davlat test markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga talabgorlar uchun test sinovi tashkil etildi.
🎓 Test sinovida davlat oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlarining tayanch doktoranturasida tahsil olayotgan 41 nafar doktorant ishtirok etdi.
✅ Unda talabgorlarning chet tillari (ingliz, nemis, fransuz), axborot texnologiyalari va O‘zbekiston tarixi fanlari bo‘yicha bilimlari sinovdan o‘tkazildi.
📋 Natijalar hisoblangandan so‘ng Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etiladi.

Fizika fanidan malaka oshirish kurslari boshlandi
📆 2022-yil 4-mart kuni Davlat test markazi mutaxassislari uchun fizika fanidan maxsus xalqaro malaka oshirish kursi boshlandi.
👩🏫 Malaka oshirish kursi Buyuk Britaniyaning “Cambridge Assessment” tashkilotining ko‘p yillik tajribaga ega mutaxassislari tomonidan o‘tkazilmoqda.
✅ Malaka oshirish kursi quyidagi mavzularni o‘z ichiga oladi:
1️⃣ Baholash mezonlari, test topshiriqlarini shakllantirishdagi muhim jihatlar;
2️⃣ Test spetsifikatsiyasini shakllantirish;
3️⃣ Savollar tuzish va murakkab savollar uchun baholar sxemasi hamda amaliy qobiliyatlarni baholash;
4️⃣ Muqobil javobli savollarni yaratish.
📋 Mazkur malaka oshirish kursi Davlat test markazi mutaxassislari va fizika fani ekspertlarining malaka va ko‘nikmalari oshirish, test topshiriqlari sifatini yanada yaxshilash hamda yangi baholash mezonlarini ishlab chiqishga xizmat qiladi.

⚡️ Chet tili imtihonlariga talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi
✅ 2022-yil mart, aprel, may va iyun oylarida bo‘lib o‘tadigan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.
👨🏻💻 Talabgorlarni ro‘yxatga olish Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-fevraldagi 73-son qaroriga muvofiq my.gov.uz sayti orqali amalga oshiriladi (my.gov.uz/oz/service/559).
📍 Ro‘yxatdan o‘tish vaqtida talabgorlar imtihon topshirish hududi sifatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan birini tanlab, o‘zlari tanlagan hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.
📆 Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, onlayn ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

💐 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami muborak bo‘lsin!
Davlat test markazi barcha xotin-qizlarni ushbu ajoyib ayyom bilan muborakbod etadi hamda mustahkam sog‘liq, baxt va oilaviy farovonlik tilab qoladi.
Shunchalar har xil – kamtarin, jasoratli, muloyim va qat’iyatli bo‘lsangizda, barchangiz hamisha rahmdil va donosiz, mehringiz cheksiz, tashqi va ichki go‘zalligingiz esa g‘oyatda beqiyos.
Barchangizga izlanishdan to‘xtamaslikni, yangiliklarga intilib yashashni, yangi marralarni zabt etishni tilaymiz.
Hozir cheksiz imkoniyatlar davri, shuning uchun ham aziz qizlarimiz - mavjud imkoniyatlardan foydalanib, hur fikrlaydigan, yetuk mutaxassis bo‘ling, o‘z oldingizga to‘g‘ri maqsadlarni belgilab, ular sari dadil qadam tashlang!
Bayramingiz bilan aziz ayollar!

#Xalqaro_hamkorlik
Qozon federal universiteti bilan Memorandum imzolandi
👉 https://dtm.uz/post/view/qozon-federal-universiteti-bilan-memorandum-imzolandi

⚡️ Chet tili imtihoni uchun my.gov.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha yo‘riqnoma
📌 Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-fevraldagi 73-son qaroriga muvofiq chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP - my.gov.uz sayti) orqali onlayn amalga oshirilmoqda.
📋 Test topshiruvchilarga qulay bo‘lishi uchun chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlariga my.gov.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha yo‘riqnoma tayyorlandi.
✅ Yo‘riqnoma 3 qismdan iborat:
1️⃣ id.egov.uz tizimida ro‘yxatdan o‘tish 🖥
2️⃣ Test sinovi uchun onlayn ariza berish 👨💻
3️⃣ Test sinovi jadvali 📆
👉 Batafsil: https://telegra.ph/Chet-tili-yoriqnoma-03-09