Bilimni baholash agentligi
118K subscribers
3.67K photos
573 videos
145 files
4.06K links
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi

📞 1195
📧 [email protected]
🌐 www.uzbmb.uz
📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
facebook.com/dtmuzb
instagram.com/dtmuzb
youtube.com/@BaholashUz
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik
Davlat test markazi va Britaniya Kengashi o‘rtasida uchrashuv

2022-yil 21-fevral kuni Davlat test markazi va Britaniya Kengashi (British Council) o‘rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

👉 Batafsil: https://dtm.uz/page/post-view/britaniya-kengashi-uchrashuv

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Chet tili imtihoni sanalari belgilandi

Chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash bo‘yicha fevral oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari belgilandi.

📆 Unga ko‘ra, test sinovining yozma qismi 2022-yil 28-fevral va 1 mart kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 7-, 9-11- va 14-mart kunlari o‘tkaziladi.

📍 Test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

👨‍💻 Talabgorlar imtihon (yozma va gapirish ko‘nikmasi) joyi, kuni va vaqtini my.dtm.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilib olishlari mumkin.

📌 Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari so‘raladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#MatbuotAnjumani
Chet tilidan ijodiy imtihonlar va chet tilini bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali test tizimi bo‘yicha matbuot anjumani

📆 Bugun, 22-fevral kuni soat 16:00 da Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida chet tilidan ijodiy imtihonlar va chet tilini bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali test tizimi bo‘yicha matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

📣 Mavzu: Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy tillarni o‘rganishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” va “Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida” qarorlari ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar.

Ishtirokchilar:

🎙 Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi;
🎙 Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi;
🎙 Davlat test markazi.

OAV xodimlari va blogerlarni matbuot anjumaniga taklif qilamiz.

Matbuot anjumaniga savollarni @Rasmiy_aloqabot ga jo‘natishingiz mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#MatbuotAnjumani #Live
Chet tilidan ijodiy imtihonlar va chet tilini bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali test tizimi bo‘yicha matbuot anjumani boshlandi.

Matbuot anjumani AOKAning facebook dagi rasmiy sahifasida jonli efirga uzatilmoqda.
Jamoatchilik kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2022-yil 22-fevral kuni Davlat test markazi qoshidagi Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

👉 Batafsil: https://dtm.uz/post/view/jamoatchilik-kengashi-yig-ilishi

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
TOEFL ITP va TOEIC imtihonlari bo‘yicha vebinar bo‘lib o‘tdi

2022-yil 23-fevral kuni Educational Testing Service (ETS) Global va Davlat test markazi hamkorligida TOEFL ITP va TOEIC imtihonlari bo‘yicha vebinar o‘tkazildi.

📋 Unda ETS tashkiloti, TOEFL ITP va TOEIC imtihonlarining yo‘lga qo‘yilishi va ushbu imtihonlarning strukturasi bo‘yicha ma’lumotlar hamda imtihonga tayyorgarlik ko‘rish uchun manbalar taqdim etilib, maslahatlar berildi.

👨‍💻 Vebinarda ishtirok eta olmaganlar quyidagi havola orqali vebinarni to‘liq ko‘rishlari hamda TOEFL ITP va TOEIC imtihonlari bo‘yicha foydali ma’lumotlarni olishlari mumkin:
👉 https://etsglobalpoland.clickmeeting.com/webinar-recording/sLUqef0ed

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ochiq_eshiklar_kuni
Maktab bitiruvchilari uchun ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi

2022-yil 24-fevral kuni Davlat test markazida maxsus maktab internatlar hamda “Mehrli qo‘llar” imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar markazi bitiruvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.

👉 Batafsil: https://dtm.uz/post/view/ochiq-eshiklar-kuni-otkazildi

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Gapirish ko‘nikmasi bo‘yicha natijalar e’lon qilindi

2022-yil 11-17-fevral kunlari chet tillar o‘qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga ustama haq belgilash test sinovlarining ikkinchi bosqichi, ya’ni «gapirish» ko‘nikmasini baholash imtihonlari o‘tkazilgan edi.

Mazkur imtihon natijalari Davlat test markazining my.dtm.uz saytida e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 O‘qituvchilar imtihon natijalarini my.dtm.uz saytidan “Chet tillar o‘qituvchilari uchun test sinovlari” bo‘limining “Mening arizalarim” qismida bilishlari mumkin.

📌 Gapirish ko‘nikmasi bo‘yicha maksimal ballning kamida 60 foizini to‘plagan o‘qituvchilar test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan hisoblanadi.

📍 Test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘qituvchilar tegishli ma’lumotnomani 2022-yil 4-mart kunidan boshlab Davlat test markazi va uning hududiy bo‘limlaridan olishlari mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Rahbar kadrlarning davlat tilida rasmiy ish yuritish darajasini aniqlash test sinovlari o‘tkazildi

2022-yil 25-fevral kuni rahbar kadrlar va mas’ul lavozimga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilida rasmiy ish yuritish bo‘yicha test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

📍 Test sinovlari rahbar kadrlar va mas’ul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslarning davlat tilini bilish darajasini aniqlash va ularga davlat tilini bilish bo‘yicha daraja sertifikatini berish uchun Toshkent shahri va hududlarda tashkil etildi.

Imtihon davomida talabgorlarning davlat tilini bilish darajasi, publitsistik, ilmiy-ommabop va rasmiy matnni o‘qib tushunish, o‘zbek tilining yozma adabiy me’yorlaridan – imlo qoidalarini to‘g‘ri qo‘llay olishi, so‘z va qo‘shimchalardan to‘g‘ri foydalana bilish hamda tinish belgilarini o‘z o‘rnida ishlata olish, shuningdek, fikrlarini yozma bayon qilish, topshiriqqa ko‘ra mos rasmiy hujjat matnini tayyorlash kabi ko‘nikmalari tekshirildi.

🖥 Test sinovi natijalari 15 ish kuni ichida Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali e’lon qilinadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube