Bilimni baholash agentligi
114K subscribers
3.37K photos
558 videos
145 files
3.9K links
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi

📞 1195
📧 [email protected]
🌐 www.uzbmb.uz
📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
facebook.com/dtmuzb
instagram.com/dtmuzb
youtube.com/@BaholashUz
Download Telegram
Davlat test markazi umumta’lim fanlaridan malakali mutaxassislarni ishga taklif qiladi

Davlat test markazi umumta’lim fanlaridan test topshiriqlarini shakllantirish uchun quyidagi umumta’lim fanlari bo‘yicha (o‘zbek va rus tillarida) oliy ma’lumotga ega bo‘lgan malakali mutaxassislarni hamkorlik asosida ishga taklif qiladi.

Mutaxassislar:

🔹 ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq, tojik, qozoq, qirg‘iz, turkman) tili va adabiyot;
🔹 ingliz tili;
🔹 nemis tili;
🔹 fransuz tili;
🔹 fizika;
🔹 matematika;
🔹 kimyo;
🔹 biologiya;
🔹 tarix;
🔹 geografiya;
🔹 huquqshunoslik fanlari bo‘yicha ishga taklif qilinadi.

Talabgorlarga qo‘yiladigan talablar:

👉 mutaxassisligi bo‘yicha pedagogik tajribaga ega bo‘lish;
👉 ta’limga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar (“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlar, amaldagi darsliklar) bilan ishlay olish;
👉 test topshiriqlarining turlari haqida ma’lumotga ega bo‘lish;
👉 mutaxassislik fanidan test topshiriqlarini shakllantirish va ekspertiza qila olish ko‘nikmasiga ega bo‘lish.

📥 Talabgorlardan o‘zlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (obyektivka)ni telefon raqamlarini ko‘rsatgan holda [email protected] elektron pochta manziliga yuborishlari so‘raladi.

📆 Hujjatlar 2022-yil 10-yanvarga qadar qabul qilinadi.

Ishga qabul qilingan mutaxassislar uchun Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan “Bilimlarni baholash testlarini ishlab chiqish nazariyasi va amaliyoti” bo‘yicha 36 soatga mo‘ljallangan malaka oshirish kurslari tashkil etiladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Sayyor_qabul
Surxondaryo viloyatida sayyor qabul

📋 Davlat test markazi rahbariyati tomonidan Markaz faoliyatiga oid masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

📆 Navbatdagi sayyor qabullar Davlat test markazi direktori Karimov Madjit Malikovich tomonidan Surxondaryo viloyatida o‘tkaziladi.

Sayyor qabullar 16-dekabr kuni:

👉 10:00 da – Termiz shahridagi Termiz davlat universiteti akademik litseyida;
👉 11:30 da – Termiz tumani, “Yangihayot” MFYdagi 1-umumta’lim maktabida;
👉 14:30 da – Termiz shahridagi Prezident xalq qabulxonasida bo‘lib o‘tadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Sayyor_qabul
Joylarda sayyor qabullar o‘tkazilmoqda

2021-yilda sayyor qabullar o‘tkazish rejasiga muvofiq Davlat test markazi rahbariyati ishtirokida joylarda sayyor qabullar bo‘lib o‘tmoqda.

👉 https://dtm.uz/post/view/joylarda-sayyor-qabullar-o-tkazilmoqda

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Davlat test markazi va Britaniya Kengashi o‘rtasida uchrashuv

Davlat
test markazi va Britaniya Kengashi (British Council) o‘rtasida “O‘qituvchilar uchun Aptis” test sinovini yanada rivojlantirish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

👉 https://dtm.uz/post/view/davlat-test-markazi-va-britaniya-kengashi-o-rtasida-uchrashuv

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
“O‘qituvchilar uchun Aptis” test sinovi

🔰 Ma’lumki, Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan barcha hududlarda “O‘qituvchilar uchun Aptis” test sinovlari tashkil etilib, o‘tkazib kelinmoqda.

📍 Bunda test sinovlari talabgorlarning murojaatlaridan kelib chiqqan holda ularga qulay bo‘lgan hududlarda tashkil etilmoqda.

👩‍🏫 “O‘qituvchilar uchun Aptis” test sinovlari kompyuterda o‘tkazilganligi sababli test sinovini sifatli tashkil etish uchun bir vaqtda test topshiruvchilar soni 25 nafardan oshmasligi maqsadga muvofiq.

Shu sababli bir kunda (2 smenada) test topshiruvchilar soni 50 nafardan oshmasligi test sinovlarini sifatli tashkil etishga xizmat qiladi.

📌 Shuning uchun “O‘qituvchilar uchun Aptis” test sinoviga my.dtm.uz sayti onlayn orqali ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirgan dastlabki 50 nafar talabgor test sinovida ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.

❇️ Ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirishga ulgurmagan talabgorlar keyingi oyda yoki boshqa hududda tashkil etiladigan test sinovida ishtirok etishlari mumkin.

Ilmiy markazning telegram kanali:
👉 @dtmilmiymarkaz 👈
#Sayyor_qabul
Joylarda fuqarolar uchun sayyor qabullar tashkil etilmoqda

Davlat test markazi rahbariyatining navbatdagi sayyor qabullari Surxondaryo viloyatida Davlat test markazi direktori Karimov Madjit Malikovich tomonidan o‘tkazildi.

👉 https://dtm.uz/post/view/joylarda-fuqarolar-uchun-sayyor-qabullar-tashkil-etilmoqda

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube