Bilimni baholash agentligi
112K subscribers
3.3K photos
531 videos
144 files
3.85K links
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi

📞 1195
📧 [email protected]
🌐 www.uzbmb.uz
📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
facebook.com/dtmuzb
instagram.com/dtmuzb
youtube.com/@BaholashUz
Download Telegram
“O‘qituvchilar uchun Aptis” test sinovi o‘tkazildi

2021-yil 24-noyabr kuni Andijon shahrida navbatdagi “O‘qituvchilar uchun Aptis” test sinovi bo‘lib o‘tdi.

🖥 Test sinovi Britaniya Kengashi (British Council) bilan hamkorlikda kompyuterda o‘tkazildi.

📆 Test sinovida ishtirok etgan talabgorlarning test natijalari 72 soat ichida shaxsiy kabinetida e’lon qilinadi.

Keyingi test sinovlari Toshkent, Nukus va Jizzax shaharlarida quyidagi muddatlarda o‘tkaziladi:

👉 Toshkent shahri – 26-noyabr va 22-dekabr;
👉 Nukus shahri – 30-noyabr;
👉 Jizzax
shahri – 6-dekabr.

👨🏻‍💻 Test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Ilmiy markazning telegram kanali:
👉 @dtmilmiymarkaz 👈
⚡️ Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutiga kirish test sinovlari

📆 2021-2022-o‘quv yili uchun Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutiga kirish test sinovlari 2021-yil 26-noyabr kuni 2 smenada o‘tkaziladi. Bunda test sinovlari:

1️⃣-smenada 10:00 dan 11:00 ga qadar;
2️⃣-smenada 12:00 dan 13:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

📚 Test sinovlari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun majburiy 3 ta fandan, magistratura mutaxassisliklari uchun chet tili fanidan o‘tkaziladi.

📋 Talabgorlarga bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun majburiy fanlarning har biridan 10 ta (jami 30 ta), magistratura mutaxassisliklari uchun chet tili fanidan 30 ta test topshirig‘i beriladi.

Test topshiriqlarini ishlash uchun ajratilgan vaqt javoblar varaqasini bo‘yash bilan birgalikda 1 soatni tashkil etadi.

📌 Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 63 ball bo‘lib, har bir tog‘ri javob uchun 2,1 balldan beriladi. Magistratura mutaxassisliklari uchun esa maksimal ball 50 ballni tashkil etadi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining my.dtm.uz saytidan onlayn tarzda yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan hudud (Davlat test markazi) ga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kechikmasdan shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
​​#Ovozli_chat
Bitiruvchilarning baholarini oliy ta’lim tashkilotlariga kirishda inobatga olish bo‘yicha ovozli chat

📆
Ertaga, 26-noyabr kuni soat 15:00 da Davlat test markazining telegramdagi rasmiy kanali (@dtmuzb) orqali ovozli chat o‘tkaziladi.

🎙 Ovozli chatda Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov va tegishli boshqarma boshliqlari ishtirok etadi.

Unda quyidagi mavzular bo‘yicha barchani qiziqtirgan savollarga javob beriladi:

👉 Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi 696-son qarorining mazmun-mohiyati;
👉 taʼlim tashkilotlari bitiruvchilari baholarining o‘rtacha ko‘rsatkichini hisoblash;
👉 o‘rtacha ko‘rsatkichni oliy ta’lim tashkilotlariga kirishda inobatga olish;
👉 professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining dastlabki yakunlari va boshqalar.

Mazkur mavzular bo‘yicha o‘zingizni qiziqtirgan savollarni @ovozli_chat_uchun_savollar_bot telegram botiga yuborishingiz mumkin.

🙋‍♂️ Shuningdek, ovozli chat davomida ishtirokchilar qo‘l ko‘tarish funksiyasidan foydalangan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin bo‘ladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari yakunlandi

2021-yil 23-noyabr
kuni chet tilini bilish darajasini baholash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, leksik va grammatik kompetensiyalar, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tgan edi.

Test sinovlarining yozma qismida ishtirok etgan talabgorlar uchun 24-25-noyabr kunlari gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari tashkil etildi.

👨🏻‍💻 Imtihonlar barcha hududlarda Davlat test markazi tomonidan maxsus ishlab chiqilgan dastur orqali onlayn tarzda o‘tkazildi.

👨🏻‍🎓 Unda ingliz, nemis va fransuz tillari bo‘yicha 318 nafar talabgor ishtirok etdi.

👩‍🏫 Talabgorlarning gapirish ko‘nikmasini baholash uchun autsorsing asosida respublikamizning turli hududlarida faoliyat olib borayotgan malakali mutaxassislar jalb etildi.

🖥 Test natijalari 9-dekabrga qadar my.dtm.uz sayti orqali “Milliy sertifikatlar” bo‘limining “Mening arizalarim” qismida e’lon qilinadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
“O‘qituvchilar uchun Aptis” test sinovi Xorazm va Buxoro viloyatlarida ham o‘tkaziladi

📌 Talabgorlarning murojaatlariga asosan “O‘qituvchilar uchun Aptis” test sinovi Urganch va Buxoro shaharlarida ham tashkil etiladi.

Bunda test sinovlari Urganch shahrida 10-dekabr kuni, Buxoro shahrida esa 24-dekabr kuni o‘tkaziladi.

👨🏻‍💻 Test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

📆 Ro‘yxatga olish Urganch shahri uchun 7-dekabrga qadar, Buxoro shahri uchun esa 21-dekabrga qadar davom etadi.

🖥 Shuningdek, dekabr oyida Jizzax (6-dekbar) va Toshkent (22-dekabr) shaharlarida ham “O‘qituvchilar uchun Aptis” test sinovi o‘tkaziladi.

Ilmiy markazning telegram kanali:
👉 @dtmilmiymarkaz 👈
Bilimni baholash agentligi pinned «​​#Ovozli_chat Bitiruvchilarning baholarini oliy ta’lim tashkilotlariga kirishda inobatga olish bo‘yicha ovozli chat 📆 Ertaga, 26-noyabr kuni soat 15:00 da Davlat test markazining telegramdagi rasmiy kanali (@dtmuzb) orqali ovozli chat o‘tkaziladi. 🎙 Ovozli…»
Live stream scheduled for
Live stream started
#Ovozli_chat #Live
Bitiruvchilarning baholarini oliy ta’lim tashkilotlariga kirishda inobatga olish bo‘yicha ovozli chat boshlandi

🎙 Ovozli chatda Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov va tegishli boshqarma boshliqlari ishtirok etmoqda.

Unda quyidagi mavzular bo‘yicha barchani qiziqtirgan savollarga javob beriladi:

👉 Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi 696-son qarorining mazmun-mohiyati;
👉 bitiruvchilar baholarining o‘rtacha ko‘rsatkichini hisoblash;
👉 o‘rtacha ko‘rsatkichni oliy ta’lim tashkilotlariga kirishda inobatga olish;
👉 professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining dastlabki yakunlari va boshqalar.

🔗 Ovozli chatda qatnashish uchun havola: https://t.iss.one/dtmuzb?voicechat

Ovozli chat funksiyasi ishlashi uchun telegramning oxirgi versiyasi bo‘lishi lozim. Agar sizda telegramning oxirgi versiyasi o‘rnatilmagan bo‘lsa, dasturni yangilab olishni unutmang.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Live stream finished (1 hour)
Cambridge Assessment tashkiloti bilan hamkorlik mustahkamlanmoqda

2021-yil 26-noyabr kuni Davlat test markazida Cambridge Assessment tashkiloti bilan o‘zaro hamkorlikni yana kuchaytirish bo‘yicha navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

👉 https://dtm.uz/post/view/cambridge-assessment-tashkiloti-bilan-hamkorlik-mustahkamlanmoqda

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube