Bilimni baholash agentligi
114K subscribers
3.3K photos
532 videos
144 files
3.85K links
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi

📞 1195
📧 [email protected]
🌐 www.uzbmb.uz
📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
facebook.com/dtmuzb
instagram.com/dtmuzb
youtube.com/@BaholashUz
Download Telegram
⚡️ Umumta’lim fanlaridan tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati e’lon qilindi

📌 2021-2022-o‘quv yili
da umumta’lim maktablari va akademik litseylarda qo‘llanilayotgan darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalar asosida tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlar ro‘yxati Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilindi.

Umumta’lim fanlari bo‘yicha saytda keltirilgan adabiyotlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlar ro‘yxati asosida shakllantirilgan.

👨🏻‍💻 Darsliklar ro‘yxati bilan https://dtm.uz/info/textbooks manzili orqali tegishli fan va tilni tanlagan holda tanishishingiz mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Bilimni baholash agentligi pinned «⚡️ Umumta’lim fanlaridan tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati e’lon qilindi 📌 2021-2022-o‘quv yilida umumta’lim maktablari va akademik litseylarda qo‘llanilayotgan darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalar asosida tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlar ro‘yxati Davlat…»
⚡️ Umumta’lim fanlari bo‘yicha test topshiriqlari tafsiloti e’lon qilindi

📌 2022-2023-o‘quv yili
uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida foydalaniladigan umumta’lim fanlari bo‘yicha test topshiriqlari tafsiloti (spetsifikatsiya) e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test topshiriqlari tafsiloti bilan https://dtm.uz/page/tafsilot manzili orqali tegishli fanni tanlagan holda tanishish mumkin.

Izoh: Test topshiriqlari tafsilotlariga aprobatsiya natijalari hamda vakolatli davlat tashkilotlarining tegishli qaror va buyruqlariga asosan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
“O‘qituvchilar uchun Aptis” test sinovi o‘tkazildi

2021-yil 27-oktabr kuni Jizzax shahrida navbatdagi “O‘qituvchilar uchun Aptis” test sinovi bo‘lib o‘tdi.

🖥 Test sinovi Britaniya Kengashi (British Council) bilan hamkorlikda kompyuterda o‘tkazildi.

📆 Test sinovida ishtirok etgan talabgorlarning test natijalari 72 soat ichida shaxsiy kabinetida e’lon qilinadi.

Keyingi test sinovlari Termiz, Buxoro, Navoiy, Andijon, Toshkent va Nukus shaharlarida quyidagi muddatlarda o‘tkaziladi:

👉 Termiz shahri – 11-noyabr;
👉 Buxoro shahri – 16-noyabr;
👉 Navoiy shahri – 18-noyabr;
👉 Andijon shahri – 24-noyabr;
👉 Toshkent shahri – 26-noyabr;
👉 Nukus shahri – 30-noyabr.

👨🏻‍💻 Test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Ilmiy markazning telegram kanali:
👉 @dtmilmiymarkaz 👈
Chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi

2021-yil 26-27-oktabr kunlari chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, leksik va grammatik kompetensiyalar, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.

📚 Test sinovlari ingliz, nemis, fransuz, ispan, italyan, koreys, xitoy, yapon, turk, arab, fors va pushtu tillaridan B1, B2 va C1 tilni bilish darajalari bo‘yicha o‘tkazildi.

📍 Imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

🙍‍♂️ Unda jami 1 710 nafar talabgordan 1 660 nafari ishtirok etdi, 50 nafari esa test sinovlarida qatnashmadi.

📌 Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 1-6-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
​​⚡️ Noyabr va dekabr oylari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi

📌 Fuqarolardan kelib tushgan murojaat va takliflardan kelib chiqqan holda chet tilini bilish darajasini baholash test sinovlari noyabr va dekabr oylarida ham o‘tkazilishi belgilandi.

Bunda test sinovlari noyabr oyida ingliz, nemis va fransuz tillaridan, dekabr oyida esa ingliz, nemis, fransuz va arab tillaridan B1, B2 va C1 tilni bilish darajalari bo‘yicha o‘tkaziladi.

👨🏻‍💻 Test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

📆 Bunda talabgorlar noyabr oyi uchun 8-noyabrga qadar (barmoq izi topshirish 8-10-noyabr kunlari), dekabr oyi uchun esa 28-noyabrga qadar (barmoq izi topshirish 29-30-noyabr kunlari) ro‘yxatga olinadi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tish vaqtida talabgorlar imtihon topshirish hududi sifatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan birini tanlab, o‘zlari tanlagan hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📚 Test natijalariga ko‘ra B2 yoki undan yuqori darajadagi sertifikatga ega abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalariga kirishda chet tili fanidan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi.

❇️ Shuningdek, ta’lim muassasalarining C1 darajadagi sertifikatga ega xorijiy tillar o‘qituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama haqi to‘lanadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
“O‘qituvchilar uchun Aptis” test sinovi Namangan shahrida ham o‘tkaziladi

📌 Talabgorlarning murojaatlariga asosan “O‘qituvchilar uchun Aptis” test sinovi Namangan shahrida ham tashkil etiladi.

👨🏻‍💻 Test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

📆 Talabgorlar 20-noyabrga qadar ro‘yxatga olinadi va test sinovi 22-noyabr kuni o‘tkaziladi.

Ilmiy markazning telegram kanali:
👉 @dtmilmiymarkaz 👈
​​Prezident granti uchun ajratilgan kvotaning ta’lim sohalari bo‘yicha taqsimoti

🔰 Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi PQ-5172-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti granti joriy qilingan.

📌 Mazkur qarorga muvofiq davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakliga kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra, ta’lim sohalari kesimida, ta’lim olish tilidan qat’i nazar, respublika bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan abituriyentlarning 200 nafari Prezident grantiga da’vogar bo‘ladi.

Bunda:

👉 Prezident granti uchun ajratilgan kvotaning ta’lim sohalari bo‘yicha taqsimoti har yili O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi;

👉 muayyan ta’lim sohasi uchun ajratilgan Prezident granti kvotasi bo‘yicha so‘nggi o‘rindagi abituriyent va u bilan bir xil ball to‘plagan barcha fuqarolar Prezident grantiga da’vogar bo‘ladi.

📚 Davlat komissiyasining 7-son bayonida 2021-2022-o‘quv yili uchun 25 ta ta’lim sohasining har biriga 8 tadan kvota ajratilgan bo‘lib, ayrim sohalarda sakkizinchi va undan keyingi o‘rinlardagi abituriyentlarning to‘plagan ballari bir xil bo‘lganligi sababli jami 257 nafar abituriyent Prezident grantiga da’vogar bo‘ldi.

🖥 Ta’lim sohalari kesimida Prezident grantiga da’vogarlar soni va o‘tish ballari bilan quyidagi rasmda tanishishingiz mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari boshlandi

Chet tilini bilish darajasini baholash bo‘yicha 26-27-oktabr kunlari o‘tkazilgan test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari boshlandi.

📍 Imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etilmoqda va 6-noyabr kuniga qadar davom etadi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va vaqtini my.dtm.uz saytidan “Milliy sertifikatlar” bo‘limining “Mening arizalarim” qismida bilishlari mumkin.

Talabgorlardan imtihon o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 15 daqiqa oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari so‘raladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube