Forwarded from Ilmiy-o‘quv amaliy markazi
⚡️ Milliy sertifikat bo‘yicha malaka oshirish kursi 25-oktabr kunidan boshlanadi
✅ Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan bir qator malaka oshirish kurslari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, kurslar doimiy tarzda o‘tkazib kelinmoqda.
📆 Ulardan biri “Milliy sertifikat uchun test topshiriqlarini shakllantirish” bo‘yicha 36 soatga mo‘ljallangan malaka oshirish kursi bo‘lib, navbatdagi kurs 25-oktabr kunidan boshlanadi.
⏳ Unda tinglovchilarga ona tili va adabiyot (o‘zbek tili va adabiyot, rus tili va adabiyot, qoraqalpoq tili va adabiyot) fanlarini bilish darajasini baholash milliy test tizimi uchun test topshiriqlarini shakllantirish bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.
👨🏫 Malaka oshirish kursi Davlat test markazi va Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazining malakali mutaxassislari tomonidan o‘zbek tilida olib boriladi.
👨🏻💻 Malaka oshirish kursida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 22-oktabr kuniga qadar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirgan holda kursda ishtirok etishlari mumkin.
☎️ Murojaat uchun telefon: (95) 515-68-68.
Ilmiy markazning telegram kanali:
👉 @dtmilmiymarkaz 👈

“O‘qituvchilar uchun Aptis” test sinovi Jizzax va Termiz shaharlarida ham o‘tkaziladi
📌 Ko‘plab talabgorlarning murojaatlariga asosan “O‘qituvchilar uchun Aptis” test sinovi Jizzax va Termiz shaharlarida ham tashkil etiladi.
⏳ Bunda test sinovlari Jizzax shahrida 27-oktabr kuni, Termiz shahrida esa 11-noyabr kuni o‘tkaziladi.
👨🏻💻 Test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.
📆 Ro‘yxatga olish Jizzax shahri uchun 25-oktabrga qadar, Termiz shahri uchun esa 8-noyabrga qadar davom etadi.
🖥 Shuningdek, 20-oktabr kuni Toshkent shahrida o‘tkaziladigan test sinovi uchun 18-oktabrga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tish mumkin.
Ilmiy markazning telegram kanali:
👉 @dtmilmiymarkaz 👈
📌 Ko‘plab talabgorlarning murojaatlariga asosan “O‘qituvchilar uchun Aptis” test sinovi Jizzax va Termiz shaharlarida ham tashkil etiladi.
⏳ Bunda test sinovlari Jizzax shahrida 27-oktabr kuni, Termiz shahrida esa 11-noyabr kuni o‘tkaziladi.
👨🏻💻 Test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.
📆 Ro‘yxatga olish Jizzax shahri uchun 25-oktabrga qadar, Termiz shahri uchun esa 8-noyabrga qadar davom etadi.
🖥 Shuningdek, 20-oktabr kuni Toshkent shahrida o‘tkaziladigan test sinovi uchun 18-oktabrga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tish mumkin.
Ilmiy markazning telegram kanali:
👉 @dtmilmiymarkaz 👈
Forwarded from Ilmiy-o‘quv amaliy markazi
⚡️ Chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha malaka oshirish kursi
✅ Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan “Chet tillaridan milliy sertifikat uchun test topshiriqlarini shakllantirish” bo‘yicha malaka oshirish kursi yo‘lga qo‘yildi.
📆 Malaka oshirish kursi 24 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, dastlabki kurs 28-oktabr kunidan boshlanadi.
⏳ Unda tinglovchilarga chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.
👨🏫 Malaka oshirish kursi Davlat test markazi va Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazining malakali mutaxassislari tomonidan o‘zbek tilida olib boriladi.
👨🏻💻 Malaka oshirish kursida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 26-oktabr kuniga qadar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirgan holda kursda ishtirok etishlari mumkin.

Kollej va texnikumlarga kirish test sinovlari
📥 Davlat test markaziga kollej va texnikumlarga kirish test sinovlari qachon o‘tkazilishi bo‘yicha ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda.
✅ Bu bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz:
🖥 Kollej va texnikumlar uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish Davlat test markazi tomonidan emas, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan kollej.edu.uz va texnikum.edu.uz saytlari orqali amalga oshirildi.
📆 Test sinovlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarning ma’lumotlari Davlat test markaziga taqdim etilganidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatlarda o‘tkaziladi.
📋 Bunda test materiallari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida tayyorlanadi va test sinovlari Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan joylarda tashkil etiladi.
Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Rahbar kadrlarning davlat tilida rasmiy ish yuritish darajasini aniqlash test sinovlari o‘tkazildi
2021-yil 15-oktabr kuni rahbar kadrlar va mas’ul lavozimga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilida rasmiy ish yuritish bo‘yicha test sinovlari bo‘lib o‘tdi.
Test sinovlari rahbar kadrlar va mas’ul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslarning davlat tilini bilish darajasini aniqlash va ularga davlat tilini bilish bo‘yicha daraja sertifikatini berish uchun Toshkent shahri va hududlarda tashkil etildi.
Imtihon davomida talabgorlarning davlat tilini bilish darajasi, publitsistik, ilmiy-ommabop va rasmiy matnni o‘qib tushunish, o‘zbek tilining yozma adabiy me’yorlaridan – imlo qoidalarini to‘g‘ri qo‘llay olishi, so‘z va qo‘shimchalardan to‘g‘ri foydalana bilish hamda tinish belgilarini o‘z o‘rnida ishlata olish, shuningdek, fikrlarini yozma bayon qilish, topshiriqqa ko‘ra mos rasmiy hujjat matnini tayyorlash kabi ko‘nikmalari tekshirildi.
Test sinovi natijalari 15 ish kuni ichida Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali e’lon qilinadi.

Hurmatli yoshlar!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 241-son qaroriga muvofiq, 2022-2023-o‘quv yilida Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida o‘qishga nomzodlarni saralab olish bo‘yicha TANLOVDA ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlanganligini ma’lum qilamiz.
Tanlovda mazkur qaror talablariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va/yoki o‘tayotgan, shu jumladan, harbiy xizmatga chaqiriluvchi bo‘lgan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarining bitiruvchilari, erkak jinsidagi, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra yaroqli deb topilgan, bo‘yi 170 sm dan past bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishi mumkin.
Tanlovda ishtirok etish uchun dxx.dtm.uz rasmiy veb-sayti orqali joriy yilning 10-noyabr sanasiga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Ro‘yxatdan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma dxx.dtm.uz saytida keltirilgan.

#onatilimfaxrim
Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!
👉 https://youtu.be/_5RHTpUScK0

YouTube
Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!
Forwarded from Ilmiy-o‘quv amaliy markazi (Post e’lon qilish uchun bot)
Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markaziga vakant lavozimlar uchun ochiq tanlov
📌 Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi markazning “Malaka oshirish va imtihonlarni tashkil etish boshqarmasi”ga bir qator vakant lavozimlar uchun ochiq tanlov e’lon qiladi.
✅ Vakant lavozimlar, nomzodlarga qo‘yiladigan malakaviy talablar va lavozim majburiyatlari bilan bu yerda to‘liq tanishish mumkin.
📩 Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar hujjatlarini elektron shaklda [email protected] manziliga yuborishlari lozim.
📆 Hujjatlar 2021-yil 18-oktabrdan 25-oktabrga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Chet tili imtihoni sanalari belgilandi
✅ Chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash bo‘yicha oktabr oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari belgilandi.
📆 Unga ko‘ra, test sinovining yozma qismi 26-27-oktabr kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 1-6-noyabr kunlari o‘tkaziladi.
📍 Test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.
👨🏻💻 Talabgorlar imtihon (yozma va gapirish ko‘nikmasi) joyi, kuni va vaqtini my.dtm.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilib olishlari mumkin.
📌 Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari so‘raladi.