Bilimni baholash agentligi
111K subscribers
3.27K photos
521 videos
143 files
3.83K links
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi

📞 1195
📧 [email protected]
🌐 www.uzbmb.uz
📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
facebook.com/dtmuzb
instagram.com/dtmuzb
youtube.com/@BaholashUz
Download Telegram
Hurmatli magistratura mutaxassisliklariga hujjat topshirgan talabgorlar!

Magistratura mutaxassisliklariga qabul magistr.edu.uz sayti orqali Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan amalga oshirilgan bo‘lib, talabgorlarning hujjatlari, jumladan, yo‘nalishlarning mos va turdosh ekanligi, diplom va uning ilovasi, diplom bo‘yicha o‘rtacha ball va chet tili bo‘yicha sertifikatlar kabi ma’lumotlar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda oliy ta’lim muassasalari tomonidan tekshirilgan.

Shuningdek, mutaxassislik fanlari bo‘yicha imtihonlar oliy ta’lim muassasalari tomonidan o‘tkazilgan bo‘lib, mazkur imtihon natijalari hali Davlat test markaziga taqdim etilmagan.

📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-iyundagi PQ-5157-son qarorida 2021-yilda davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarining faqat 2-bosqichi, ya’ni, chet tili fanidan test sinovlari Davlat test markazi tomonidan o‘tkazilishi belgilangan.

📥 Bunda chet tili fanidan test sinovlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida tashkil etiladi. Jumladan, kimlar 2-bosqich imtihonlarida ishtirok etishi, talabgor qaysi chet tili bo‘yicha test topshirishi va qaysi hududda test sinovida ishtirok etishi kabi ma’lumotlar vazirlik tomonidan Davlat test markaziga taqdim etiladi.

👨🏻‍💻 Davlat test markaziga taqdim etilgan ma’lumotlar asosida test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomalar shakllantirilgan bo‘lib, talabgorlarga magistr.dtm.uz sayti orqali ruxsatnomalarni yuklab olish imkoniyati yaratilgan.

🔖 Hozirda talabgorlar tomonidan diplomning o‘rtacha bali, mutaxassislik fanlari bo‘yicha imtihon natijalari, chet tili sertifikatini inobatga olish kabi turli masalalar bo‘yicha Davlat test markaziga ko‘plab murojaatlar bo‘lmoqda.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda talabgorlar bu kabi masalalar bo‘yicha Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda oliy ta’lim muassasasiga murojaat qilishlari lozimligini ma’lum qilamiz hamda Davlat test markazi magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha faqatgina chet tili fanidan test sinovlarini o‘tkazishga mas’ul ekanligini eslatib o‘tamiz.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Akademik litseylarga kirish test sinovlari

📆
2021-2022-o‘quv yili uchun Akademik litseylarga kirish test sinovlari 2021-yil 30-avgust kuni 2 smenada o‘tkaziladi. Bunda test sinovlari:

1️⃣-smenada 08:00 dan 09:40 ga qadar;
2️⃣-smenada 18:00 dan 19:40 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

📚 Test sinovlari ta’lim yo‘nalishiga mos 2 ta fan va intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladi.

Bunda talabgorlarga har bir fandan 20 tadan jami 60 ta test topshirig‘i va ularni bajarish uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 1 soat-u 40 daqiqa vaqt ajratiladi.

📌 Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 146 ball bo‘lib, ta’lim yo‘nalishiga mos fanlar bo‘yicha har bir tog‘ri javob uchun 3,1 balldan (jami 124 ball), intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo‘yicha esa 1,1 balldan (jami 22 ball) beriladi.

🖥 Davlat test markazining rasmiy veb-saytiga o‘quvchilarning intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlashda foydalaniladigan test spetsifikatsiyasi va namunaviy test topshiriqlari joylashtirilgan bo‘lib, talabgorlar https://dtm.uz/page/iq_test sahifasi orqali ular bilan tanishishi mumkin.

👨🏻‍💻 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani 29-avgust kuni 09:00 dan boshlab Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining litsey.edu.uz saytidan va Akademik litseylardan olishlari mumkin bo‘ladi.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Bilimni baholash agentligi pinned «⚡️ Akademik litseylarga kirish test sinovlari 📆 2021-2022-o‘quv yili uchun Akademik litseylarga kirish test sinovlari 2021-yil 30-avgust kuni 2 smenada o‘tkaziladi. Bunda test sinovlari: 1️⃣-smenada 08:00 dan 09:40 ga qadar; 2️⃣-smenada 18:00 dan 19:40 ga…»
#Qabul2021 #Harbiy
Oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan abituriyentlar davlat oliy ta’lim muassasalari uchun tanlovida ishtirok etmaydi

🔰 Ma’lumki, joriy yilda oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘tkaziladigan test sinovlari bilan birga o‘tkazildi va ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlarga oliy harbiy ta’lim muassasasidan tashqari fanlar majmuasi bir xil bo‘lgan harbiy bo‘lmagan oliy ta’lim muassasalarining beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlash huquqi berildi.

📋 Test sinovlari yakunlangandan so‘ng oliy harbiy ta’lim muassasalariga hujjat topshirgan talabgorlarning test natijalari Davlat test markazi tomonidan oliy harbiy ta’lim muasssasalariga taqdim etildi va oliy harbiy ta’lim muassasalari tomonidan tanlov o‘tkazilib, tanlov natijalari e’lon qilindi.

Shundan so‘ng, oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingan talabgorlar haqidagi ma’lumotlar Davlat test markaziga taqdim etildi va ular davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etmaydi.

🖥 Shu sababli oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan abituriyentlar mandat.dtm.uz saytida ta’lim yo‘nalishlari kesimidagi ro‘yxatdan chiqarib tashlandi.

Buning natijasida ayrim ta’lim yo‘nalishlarida abituriyentlarning soni kamaydi va ularning ballar ketma-ketligidagi o‘rni o‘zgardi, aniqroq qilib aytganda yuqoriga ko‘tarildi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2021
Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga kirish test sinovi natijalari

📆 2021-yil 27-avgust kuni Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar test natijalari bilan texnikum.dtm.uz sayti orqali tanishishlari mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2021
⚡️ Magistratura mutaxassisliklariga kirish uchun chet tilidan birinchi kun natijalari e’lon qilindi

2021-yil 28-avgust kuni magistratura mutaxassisliklariga kirish uchun chet tili fanidan o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 28-avgust kuni test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ magistr.dtm.uz saytidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.dtm.uz saytining “Magistratura-2021” bo‘limi orqali talabgorning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga talabgorning ID raqamini yuborgan holda (“Magistratura-2021” bo‘limidan):

👉 @mandat2021bot
👉 @mandat_2021_1_bot
👉 @mandat2021_2_bot
👉 @mandat2021_3_bot
👉 @mandat2021_4_bot

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Bilimni baholash agentligi pinned «#Qabul2021 ⚡️ Magistratura mutaxassisliklariga kirish uchun chet tilidan birinchi kun natijalari e’lon qilindi 2021-yil 28-avgust kuni magistratura mutaxassisliklariga kirish uchun chet tili fanidan o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi. 👨🏻‍💻»
#Qabul2021
⚡️ Magistratura mutaxassisliklariga kirish uchun chet tilidan ikkinchi kun natijalari e’lon qilindi

2021-yil 29-avgust kuni magistratura mutaxassisliklariga kirish uchun chet tili fanidan o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 29-avgust kuni test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ magistr.dtm.uz saytidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.dtm.uz saytining “Magistratura-2021” bo‘limi orqali talabgorning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga talabgorning ID raqamini yuborgan holda (“Magistratura-2021” bo‘limidan):

👉 @mandat2021bot
👉 @mandat_2021_1_bot
👉 @mandat2021_2_bot
👉 @mandat2021_3_bot
👉 @mandat2021_4_bot

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿 Vatanimizning Mustaqillik kuni bilan!

1-sentabr sanasi Vatanimiz va xalqimiz uchun unutilmas, tarixiy kun hisoblanadi!

Bundan 30 yil oldin O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan suveren davlat sifatida ko‘pmillatli xalqining farovonligi va erkini ta’minlash hamda taraqqiyotning demokratik yo‘lini tanladi.

Bugun o‘tgan yillar davomida erishilgan yutuqlarni uzoq sanash mumkin, ammo muhimi – yurtimizda tinchlik hukm surmoqda. Shu tufayli hamyurtlarimiz bilan tinchlik va xotirjamlikda, Vatanimiz ravnaqiga hissa qo‘shib, ulkan zafarlarni qo‘lga kiritib kelmoqdamiz!

Fursatdan foydalanib, Davlat test markazi jamoasi nomidan O‘zbekiston xalqiga mustahkam sog‘liq, farovonlik va omad, jonajon Vatanimizga esa – tinchlik va ulkan taraqqiyot tilab qolamiz.

O‘zbekistonliklar o‘zlarining ezgu amallari va muvaffaqiyatlari bilan jahon hamjamiyatida yurtimiz nufuzini mustahkamlab borishlari barqaror va bardavom bo‘laversin!

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga!

📣 Mamnuniyat bilan shuni ma’lum qilamizki, 2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari 3-sentabr kuni e’lon qilinadi.

Natijalar quyidagi jadvalga muvofiq e’lon qilinadi:

👉 15:00 dan – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy, Buxoro, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari;

👉 16:00 dan – Farg’ona, Andijon va Namangan viloyatlari;

👉 17:00 dan – Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyati va Toshkent shahri.

Davlat test markazi barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilaydi!

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Bilimni baholash agentligi pinned «⚡️ Abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga! 📣 Mamnuniyat bilan shuni ma’lum qilamizki, 2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari 3-sentabr kuni e’lon…»
⚡️ Aбитуриентлар ва уларнинг ота-оналари диққатига!

📣 Мамнуният билан шуни маълум қиламизки, 2021/2022 ўқув йили учун олий таълим муассасаларининг бакалавриат таълим йўналишларига кириш тест синовлари бўйича танлов натижалари 3 сентябрь куни эълон қилинади.

Натижалар қуйидаги жадвалга мувофиқ эълон қилинади:

👉 15:00 дан – Қорақалпоғистон Республикаси, Хоразм, Навоий, Бухоро, Сурхондарё ва Қашқадарё вилоятлари;

👉 16:00 дан – Фарғона, Aндижон ва Наманган вилоятлари;

👉 17:00 дан – Самарқанд, Жиззах, Сирдарё, Тошкент вилояти ва Тошкент шаҳри.

Давлат тест маркази барча абитуриентларга муваффақият тилайди!

- - -

Вниманию абитуриентов и их родителей!

📣 Мы рады сообщить Вам, что 3 сентября будут объявлены результаты конкурса по вступительным испытаниям высших образовательных учреждений по направлению бакалавриата на 2021/2022 учебный год.

Результаты будут опубликованы в соответствии с приведенной ниже таблицей:

С 15: 00 - Хорезмская, Навоийская, Бухарская, Сурхандарьинская и Кашкадарьинская области, Республика Каракалпакстан;

👉 С 16: 00 – Ферганская, Андижанская и Наманганская области;

👉 С 17: 00-Самаркандская, Джизакская, Сырдарьинская, Ташкентская области и город Ташкент.

Государственный центр тестирования желает успехов всем абитуриентам!

Давлат тест марказининг расмий саҳифалари:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
​​📌 Tanlov natijalarini bilish usullari

2021-2022-o‘quv yili
uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalarini 6 xil usulda bilish mumkin.

1️⃣ my.dtm.uz sayti orqali:

my.dtm.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.dtm.uz sayti orqali:

mandat.dtm.uz saytining “Bakalavr-2021” bo‘limidan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Davlat test markazining quyidagi telegram botlari orqali (abituriyentning ID raqamini yuborgan holda):

👉 @mandat2021bot
👉 @mandat_2021_1_bot
👉 @mandat2021_2_bot
👉 @mandat2021_3_bot
👉 @mandat2021_4_bot

4️⃣ SMS xabarnoma xizmati orqali:

5100
raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

5️⃣ QR-kod orqali:

Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

6️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Bilimni baholash agentligi pinned «​​📌 Tanlov natijalarini bilish usullari 2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalarini 6 xil usulda bilish mumkin. 1️⃣ my.dtm.uz sayti orqali: my.dtm.uz saytiga…»
Forwarded from Sardor Radjabov (MMTV)
my.dtm.uz сайти орқали жавоб варақасини PDF нусҳаси билан ҳам кўчириб олиш мумкин.
​​Apellatsiya arizalarini berish tartibi

🔰 Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan va natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar 5-sentabr kuni 09:00 dan boshlab apellatsiya.dtm.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin bo‘ladi.

☑️ Apellatsiya arizalari 14-sentabrga qadar 10 kunda davomida onlayn qabul qilinadi.

👨🏻‍💻 Bunda apellatsiya arizasini bermoqchi bo‘lgan abituriyent dastlab apellatsiya.dtm.uz saytining “Bakalavr-2021” bo‘limiga kirib, pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritishi lozim.

🖥 Agar abituriyent haqiqatdan ham test sinovlarida ishtirok etgan va test sinovlaridan chetlatilmagan bo‘lsa, apellatsiya arizasini berishi mumkin bo‘ladi va ariza berish oynasi ochiladi.

🔖 Mazkur sahifaga tegishli ma’lumotlarni kiritish orqali apellatsiya arizasi beriladi.

📋 Apellatsiya arizasini bergan abituriyentlarga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi. Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Davlat test markaziga kelishi shart.

📆 Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish apellatsiya komissiyasi tomonidan 2021-yil 7-sentabrdan boshlanadi.

Izoh: apellatsiya.dtm.uz saytida uchta bo‘lim mavjud bo‘lib, magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarining chet tili fani va xorijiy davlatlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha apellatsiya arizalari mazkur imtihonlarning yakuniy natijalar e’lon qilingandan so‘ng ishga tushiriladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
​​Test sinovlari natijasi bo‘yicha apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish tartibi

🔰 Qonunchilikka ko‘ra, test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar apellatsiya komissiyasiga apellatsiya shikoyatini berish huquqiga ega.

📅 Apellatsiya shikoyatini bergan abituriyentlarga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi. Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Davlat test markaziga kelishi shart.

🔖 Apellatsiya shikoyati ko‘rilayotgan abituriyentga uning javoblar varaqasi nusxasi, test topshiriqlari noto‘g‘ri bajarilgan javoblar ro‘yxati hamda test sinovlarida abituriyentga taqdim etilgan test topshiriqlari kitobi beriladi.

🗓 Taqdim etilgan hujjatlar asosida abituriyent o‘zining har bir noto‘g‘ri deb hisoblangan test topshirig‘iga javoblarini yozma ravishda bayon qiladi va qabul qilib olgan barcha test materiallari bilan birga apellatsiya komissiyasiga taqdim etadi.

Apellatsiya shikoyati apellatsiya komissiyasi tomonidan faqat abituriyent ishtirokida, uning yozma javoblari asosida ko‘rib chiqiladi.

Abituriyentning yozma javoblari o‘z tasdig‘ini topmagan bo‘lsa, apellatsiya komissiyasi test sinovlari natijalarini o‘zgarishsiz qoldirish va apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

📋 Abituriyent murojaat qilganda unga apellatsiya shikoyati bo‘yicha qabul qilingan qarordan ko‘chirma beriladi.

❗️ Abituriyentning javoblar varaqasi, test topshiriqlari kitobi Davlat test markaziga belgilangan tartibda yetkazilmagan, yirtilgan bo‘lsa, shuningdek, test sinovlaridan chetlashtirilgan yoki o‘zining javoblarini yozma ravishda bayon qilmagan abituriyentning apellatsiya shikoyati ko‘rib chiqilmaydi.

Apellatsiya komissiyasining qarori bo‘yicha ma’lumot O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasiga apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish to‘liq yakunlanganidan so‘ng, besh ish kuni ichida taqdim etiladi.

📌 Apellatsiya komissiyasining qarori O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng kuchga kiradi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
​​⚡️ Magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari

📌 2021-2022-o‘quv yili
uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari e’lon qilindi.

Imtihonlarda ishtirok etgan talabgorlar tanlov natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin.

1️⃣ magistr.dtm.uz sayti orqali:

magistr.dtm.uz saytiga talabgorning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.dtm.uz sayti orqali:

mandat.dtm.uz saytining “Magistratura-2021” bo‘limidan talabgorning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Davlat test markazining quyidagi telegram botlari orqali (talabgorning ID raqamini yuborgan holda):

👉 @mandat2021bot
👉 @mandat_2021_1_bot
👉 @mandat2021_2_bot
👉 @mandat2021_3_bot
👉 @mandat2021_4_bot

4️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Bilimni baholash agentligi pinned «​​⚡️ Magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari 📌 2021-2022-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari e’lon qilindi. Imtihonlarda ishtirok…»
Forwarded from BFAUZ via @like
Внимание абитуриент-2021!

Банковско – финансовая академия Республики Узбекистан принимает абитуриентов набравших более 114 баллов на испытаниях Государственного тестового центра по:
- математике,
- английскому и русскому языкам.

Стоимость контракта составляет – 25 564 тыс. сум в год (может быть оплачен работодателем).

Порядок ваших действий:
1.Зарегистрируйтесь на сайте qabul.bfa.uz ;
2.Загрузите скриншот страницы с результатами теста;
3.Пройдите собеседование с потенциальными работодателями;
4.Станьте студентом опорного вуза банковско-финансовой системы.

Достоинства обучения в Банковско-финансовой академии:
1.Инновационная программа обучения;
2.Преподаватели-практики, эксперты в бизнесе;
3.Ежемесячные личные встречи с руководителями банков;
4.Единственный в стране диплом ВВА по банковскому делу;
5.Обучение одновременно на узбекском, русском и английском языках;

Контакты:
https://t.iss.one/bfauz
Чатбот @BFA_uz_bot
71 237 54 09
71 237 53 16
Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqishning birinchi kuni yakunlandi

📋 Davlat test markazida 7-sentabrdan test natijalaridan norozi bo‘lib, apellatsiya shikoyati bergan abituriyentlarning murojaatlarini ko‘rib chiqish boshlandi.

Apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqish 4 smenada tashkil etildi.

👨🏻‍🎓 4 smenada jami 598 nafar ariza bergan abituriyentning e’tirozini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 198 nafari jarayonda ishtirok etdi, 400 nafari ishtirok etmadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube