Bilimni baholash agentligi
114K subscribers
3.3K photos
532 videos
144 files
3.85K links
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi

📞 1195
📧 [email protected]
🌐 www.uzbmb.uz
📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
facebook.com/dtmuzb
instagram.com/dtmuzb
youtube.com/@BaholashUz
Download Telegram
Bilimni baholash agentligi pinned «Pasport yoshiga yetmagan, pasport olishga ulgurmagan yoki pasportini yaqinda olgan, ammo ro‘yxatdan o‘ta olmayotgan abituriyentlar diqqatiga! 2020-2021-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalariga kirishda fuqarolik pasporti olish yoshiga yetmagan…»
#Qabul2020
2020-2021-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2020-yil 20-iyul 18:00 holatiga)

Jami ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 1 452 789 nafar.
Shundan, joriy yil bitiruvchilari 530 496 nafar (36,52 %).

Ta’lim shakli bo‘yicha:

👉 Kunduzgi
ta’lim shakli – 785 869 nafar;
👉 Sirtqi ta’lim shakli – 631 274 nafar;
👉 Kechki ta’lim shakli – 35 646 nafar.

Tillar kesimida:

👉 O‘zbek tili – 1 270 529 nafar;
👉 Rus tili – 135 810 nafar;
👉 Qoraqalpoq tili – 43 295 nafar;
👉 Boshqa tillar – 3 155 nafar.

Abituriyentlar tomonidan eng ko‘p tanlanayotgan OTMlar:

👉 Samarqand davlat universiteti –73 792 nafar;
👉 Qarshi davlat universiteti – 56 822 nafar;
👉 Andijon davlat universiteti – 56 629 nafar;
👉 Urganch davlat universiteti – 52 008 nafar;
👉 Termiz davlat universiteti - 50 660 nafar.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
2020-2021-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlanishiga 4️⃣ soat qoldi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
2020-2021-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlanishiga 3️⃣ soat qoldi.
2020-2021-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlanishiga 2️⃣ soat qoldi.
2020-2021-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlanishiga 1️⃣ soat qoldi.
​​#Qabul2020
2020-2021-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish yakunlandi

2020-2021-o‘quv yili
uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish rasman yakunlanganini ma’lum qilamiz.

Ro‘yxatga olish 20-iyundan 20-iyulga qadar barcha hududlarda Davlat test markazining rasmiy veb-sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali, respublikamizning 8 ta tumanida esa Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshirildi.

Ro‘yxatdan o‘tgan jami abituriyentlar 1 484 085 nafarni tashkil etdi.
Shundan, joriy yil bitiruvchilari 536 144 nafar (36,13 %).

Ta’lim shakli bo‘yicha:

👉 Kunduzgi
ta’lim shakli – 798 608 nafar (53,81 %);
👉 Sirtqi ta’lim shakli – 648 733 nafar (43,71 %);
👉 Kechki ta’lim shakli – 36 744 nafar (2,48 %).

Tillar kesimida:

👉 O‘zbek tili – 1 297 445 nafar (87,42 %);
👉 Rus tili – 139 115 nafar (9,37 %);
👉 Qoraqalpoq tili – 44 279 nafar (2,98 %);
👉 Boshqa tillar – 3 246 nafar (0,22 %).

Davlat test markazi barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilaydi!

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
​​Abituriyentlar diqqatiga!

👨🏻‍💻 2020-yil 20-iyul
kuni 2020-2021-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlandi.

Ma’lumki, test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari (111.500 so‘m) miqdorida to‘lovni amalga oshiradilar.

Test sinovlari uchun to‘lovni belgilangan muddatda amalga oshirmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tmagan hisoblanadi va test sinovlarida ishtirok eta olmaydi.

📣 Hozirda onlayn ro‘yxatdan o‘tgan, lekin to‘lovni amalga oshirishga ulgurmagan abituriyentlar mavjud bo‘lib, ular 21-iyul kuni soat 23:59 qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkinligini ma’lum qilamiz.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
​​Ro‘yxatga olish yakunlari bo‘yicha matbuot anjumani

👨🏻‍💻 2020-yil 22-iyul kuni soat 11:00
da Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi binosida “2020-2021-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlari: raqamli ma’lumotlar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkaziladi.

Matbuot anjumanida Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Rajabov Sardor Baxtiyorovich, bosh boshqarma boshlig‘i Rajabov Barno Jo‘raqulovich, boshqarma boshlig‘i Qo‘chqarov Diyorbek Ulug‘bekovich ishtirok etadi.

📣 Tadbirga barcha turdagi ommaviy axborot vositalari vakillarini taklif etamiz.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2020 #Live
Eng ko‘p tanlangan oliy ta’lim muassasalari

Abituriyentlar tomonidan ro‘yxatdan o‘tishda 1-OTM sifatida eng ko‘p tanlangan OTMlar:

1️⃣ Samarqand davlat universiteti – 75 ming 325 nafar.

👉 Kunduzgi ta’lim shakli – 32 903 nafar;
👉 Sirtqi ta’lim shakli – 38 042 nafar;
👉 Kechki ta’lim shakli – 4 380 nafar.

2️⃣ Qarshi davlat universiteti – 58 ming 118 nafar.

👉 Kunduzgi ta’lim shakli – 24 432 nafar;
👉 Sirtqi ta’lim shakli – 33 686 nafar.

3️⃣ Andijon davlat universiteti – 57 ming 498 nafar.

👉 Kunduzgi ta’lim shakli – 28 387 nafar;
👉 Sirtqi ta’lim shakli – 29 111 nafar.

4️⃣ Urganch davlat universiteti – 53 ming 255 nafar.

👉 Kunduzgi ta’lim shakli – 25 471 nafar;
👉 Sirtqi ta’lim shakli – 27 784 nafar.

5️⃣ Termiz davlat universiteti – 51 ming 787 nafar.

👉 Kunduzgi ta’lim shakli – 26 397 nafar;
👉 Sirtqi ta’lim shakli – 24 996 nafar;
👉 Kechki ta’lim shakli – 394 nafar.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
​​#Qabul2020 #Live
Tanlov ko’rsatkichi eng yuqori bo’lgan oliy ta’lim muassasalari

Birinchi sifatida tanlangan ta’lim yo‘nalishiga nisbatan (1 o‘ringa):

👉 Andijon tibbiyot instituti – 27,81 ta;
👉 Toshkent davlat yuridik universiteti – 24,35 ta;
👉 Toshkent tibbiyot akademiyasi – 24,2 ta;
👉 Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali – 22,58 ta;
👉 Navoiy davlat konchilik instituti – 19,5 ta.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2020 #Live
Eng ko‘p tanlangan ta’lim yo‘nalishlari

Abituriyentlar tomonidan ro‘yxatdan o‘tishda birinchi sifatida eng ko‘p tanlangan ta’lim yo‘nalishlari:

1️⃣ Boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish – 9 013 nafar.

👉 OTM – Samarqand davlat universiteti;
👉 Ta’lim shakli – sirtqi;
👉 Ta’lim tili – o‘zbek.

2️⃣ Boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish – 7 945 nafar.

👉 OTM – Qarshi davlat universiteti;
👉 Ta’lim shakli – sirtqi;
👉 Ta’lim tili – o‘zbek.

3️⃣ Maktabgacha ta’lim – 7 890 nafar.

👉 OTM – Samarqand davlat universiteti;
👉 Ta’lim shakli – sirtqi;
👉 Ta’lim tili – o‘zbek.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2020 #Live
Abituriyentlardan tushgan arizalar

2020-2021-o‘quv yili uchun abituriyentlardan tushgan arizalar haqida ma’lumot:

👉 Toshkent shahri – 399 415 nafar (29 ta OTM);
👉 Samarqand viloyati – 139 874 nafar (9 ta OTM);
👉 Farg‘ona viloyati – 114 992 nafar (7 ta OTM);
👉 Andijon viloyati – 106 697 nafar (4 ta OTM);
👉 Qashqadaryo viloyati – 99 925 nafar (6 ta OTM);
👉 Surxondaryo viloyati – 90 663 nafar (6 ta OTM);
👉 Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 82 397 nafar (9 ta OTM);
👉 Toshkent viloyati – 79 544 nafar (4 ta OTM);
👉 Namangan viloyati – 79 024 nafar (3 ta OTM);
👉 Jizzax viloyati – 72 761 nafar (3 ta OTM);
👉 Buxoro viloyati – 67 485 nafar (4 ta OTM);
👉 Xorazm viloyati – 60 314 nafar (3 ta OTM);
👉 Navoiy viloyati – 48 595 nafar (2 ta OTM);
👉 Sirdaryo viloyati – 42 399 nafar (2 ta OTM).

Bundan test sinovlarisiz, kasbiy (ijodiy) imtihonlar orqali o‘qishga qabul qilinadigan ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlardan 122 612 nafarni tashkil etdi:

👉 Kunduzgi ta’lim shakli – 69 228 nafar;
👉 Sirtqi ta’lim shakli – 52 413 nafar;
👉 Kechki ta’lim shakli – 971 nafar.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2020 #Live
Imtiyozga ega abituriyentlar

2020-2021-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlar:

👉 Xotin-qizlar17 970 (to‘liq kiritilmagan);
👉 So‘x tumani – 2 973;
👉 To‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar365 ta;
👉 Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibaslari – 9 ta;
👉 “Tarbiyachi” respublika tanlovi g‘oliblari – 6 ta;
👉 “Nihol” mukofoti sovrindorlari – 3 ta;
👉 Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalar g‘oliblari – 2 493 ta;
👉 Yoshlar ittifoqi tavsiyanomasi – 14 ta;
👉 Harbiy xizmatchilarning farzandlari (5% lik)3 133 ta;
👉 Harbiy xizmatchilarning farzandlari (otasi (onasi) halok bo‘lgan yoki nogiron bo‘lib qolgan)130 ta;
👉 Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlari (3% lik)2 256 ta;
👉 Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlari (otasi (onasi) halok bo‘lgan yoki nogiron bo‘lib qolgan)49 ta;
👉 Temurbeklar maktablari bitiruvchilari – 1 029 ta.

Nogironligi bor shaxslar va ko‘zi ojizlar Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan, olis cho’l tumanlar aholisi Navoiy viloyati hokimligi tomonidan, harbiy qism qo’mondonligi tavsiyanomasi Mudofaa vazirligi tomonidan tekshirilib, tasdiqlanadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2020 #Live
Chet tili sertifikati

👨🏻‍💻 20-iyundan 20-iyulga qadar ro‘yxatdan o‘tish davomida abituriyentlar tomonidan 8 660 ta hujjat chet tili sertifikati sifatida dasturga kiritildi.

Bularning barchasi Davlat test markazi tomonidan tekshirildi va 8 079 ta sertifikat o‘z tasdig‘ini topdi.

❗️ 581 ta sertifikat esa talabga javob bermasligi aniqlandi. Jumladan:

👉 200 ta sertifikatda tilni bilish darajasi B2 dan past ekanligi;
👉 117 ta sertifikat milliy yoki xalqaro imtihon tizimlaridan olinmaganligi (o‘quv markazlari tomonidan berilgan yoki xalqaro bo‘lmagan sertifikatlar);
👉 69 ta sertifikatda amal qilish muddati tugaganligi;
👉 7 ta holatda sertifikatlarning haqiqiy emasligi;
👉 9 tasida sertifikat boshqa shaxsga tegishli ekanligi;
👉 va boshqa holatlar aniqlandi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Matbuot anjumani: Abituriyentlarni ro‘yxatga olish yakunlari

2020-yil 22-iyul kuni
bo‘lib o‘tgan “2020-2021-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlari: raqamli ma’lumotlar” mavzusidagi matbuot anjumani videosi:

👉 https://youtu.be/dNS8d40vMBs

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
tojik_tili.pdf
205.4 KB
Tojik tili va adabiyoti fanidan namunaviy test varianti

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube