Bilimni baholash agentligi
114K subscribers
3.32K photos
540 videos
145 files
3.87K links
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi

📞 1195
📧 [email protected]
🌐 www.uzbmb.uz
📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
facebook.com/dtmuzb
instagram.com/dtmuzb
youtube.com/@BaholashUz
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#SavollargaJavoblar

100 ta savolga 100 ta javob | Akmal Sulaymonov – Davlat test markazi bo‘lim boshlig‘i

Savol:
Bu yil ham oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlarida yozuvsiz xarita, jadval, rasmli ko‘rinishdagi test topshiriqlari qo‘llaniladimi?

Youtube orqali ko‘rish

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🖥 Nomzodlar uchun masofaviy seminar mashg‘ulotlari boshlandi

👩‍🏫 2020
-2021-o‘quv yilida davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabul uchun o‘tkaziladigan test sinovlarida guruh nazoratchilari sifatida ishtirok etishi rejalashtirilgan nomzodlar uchun masofaviy o‘quv seminar mashg‘ulotlari boshlandi.

📆 O‘quv seminar mashg‘ulotlari respublikaning barcha hududlarida 2020-yil 2-5-iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. Mashg‘ulotlar animatsiyali materiallar, taqdimotlar va videomateriallar asosida o‘tkaziladi.

📈 Tadbirlar Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”da belgilangan vazifalar ijrosini sifatli bajarish maqsadida tashkil etilmoqda.

Seminar mashg‘ulotlari bir necha bosqichda o‘tkaziladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Sharq tillaridan test namunalari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 16-apreldagi “Sharqshunoslik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ–4680-son qarorida 2020-2021-o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga qabulda avvallari o‘tkazib kelingan ko‘p balli tizim asosidagi imtihonlar o‘rniga test sinovlari o‘tkazilishi belgilangan.

Ushbu topshiriq yuzasidan Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Davlat test markazi mutaxassislari tomonidan turk, arab, fors, dariy, hind (hindiy), urdu, xitoy, koreys, uyg‘ur va yapon tillari bo‘yicha testlar tafsiloti, test namunalari ishlab chiqildi, shuningdek, test mazmuni va shakliga oid xususiyatlar muvofiqlashtirildi.

Saytimizga abituriyentlar uchun sharq tillari bo‘yicha shakllantirilgan testlardan namunalar joylashtirildi.

👉 https://dtm.uz/page/sharqtillar

Foydalanuvchilar testlar bilan tanishishlari, savollar va javoblarni mazmun va shakl jihatdan o‘rganishlari, tahlil qilishlari hamda testlar bo‘yicha ko‘nikma hosil qilishlari mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
​​2020-2021-o‘quv yili qabul jarayonlarini tashkil etishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan onlayn brifing

2020-yil 4-iyun
kuni soat 12:00da O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Bexzod Musayev rahbarligida 2020-2021-o‘quv yili qabul jarayonini tashkil etish yuzasidan dolzarb vazifalarga bag‘ishlangan onlayn brifing bo‘lib o‘tadi.

Onlayn brifingda Davlat test markazi direktori Madjit Karimov, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov, Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov, bir guruh oliy ta’lim muassasalari rektorlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etadi.

Tadbirda 2020-2021-o‘quv yili qabul jarayonini tashkil etish, qabul parametrlari hamda kirish test sinovlarini o‘tkazish bilan bog‘liq barcha savollarga atroflicha javob beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari B.Musayev, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.Madjidov, Xalq ta’limi vaziri Sh.Shermatov Farg‘ona davlat universiteti studiyasidan qatnashadilar. Qolgan mutasaddi rahbarlar Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tashkil etilgan auditoriyadan ishtirok etadilar.

Tadbirga mavzu yuzasidan qiziqqan barcha ommaviy axborot vositalari vakillari Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga taklif etiladi.

Eslatma: Brifing ishtirokchilaridan karantin qoidalariga qat’iy rioya qilish, tibbiy niqob taqish va ijtimoiy masofani saqlash so‘raladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
2020-2021-o‘quv yili qabul jarayonini tashkil etish yuzasidan dolzarb vazifalarga bag‘ishlangan onlayn brifing “O‘zbekiston 24” telekanali orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatiladi.

Shuningdek, brifingni “O‘zbekiston 24” radiokanali orqali ham jonli efirda tinglashingiz mumkin.

Brifing bugun, 4-iyun kuni soat 12:00da O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Bexzod Musayev rahbarligida bo‘lib o‘tadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Bexzod Musayev rahbarligida 2020-2021-o‘quv yili qabul jarayonlarini tashkil etishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan brifing vaqti soat 12:00dan 13:00ga ko‘chirildi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Joriy yilda test sinovlari 2 ta fandan bo‘ladi

Brifingda ma’lum qilinishicha, joriy yilda istisno ravishda 3 ta majburiy fanlardan (ona tili, O‘zbekiston tarixi va matematika) test bo‘lmaydi.

Test sinovlari abituriyent tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos 2 ta fandan o‘tkaziladi.

👉 Test topshiriqlari soni har bir fan bo‘yicha 30 tadan, jami 60 tani tashkil etadi.

👉 Test savollarini ishlash va javoblarni belgilash uchun jami 3 soat vaqt beriladi.

Ballar quyidagicha belgilanadi:

👉 Birinchi fan - 30 ta savol, har bir to‘g‘ri javobga 3.2 ball beriladi, jami 96 ball to‘plash mumkin.

👉 Ikkinchi fan - 30 ta savol, har bir to‘g‘ri javobga 3.1 ball beriladi, jami 93 ball beriladi.

👉 Yig‘ish mumkin bo‘lgan maksimal ball - 189 ball.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturlari va baholash mezonlari soddalashtiriladi

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar karantin, sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etilgan holda:

👉 test sinovlari bilan bir qatorda kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlari uchun 11-iyuldan 20-iyulgacha;

👉 alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari uchun 25-iyuldan 10-avgustgacha o‘tkaziladi.

❗️Karantin cheklovlari davom etgan taqdirda kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o‘tkazish muddatlariga o‘zgartirish kiritilishi mumkin.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturlari va baholash mezonlari soddalashtirilgan tarzda tuziladi. Bunda:

👉 OTMga hamma abituriyent kelib yig‘ilmaydi;

👉 OTMlar hududlarda hududiy imtihon komissiyasini tashkil qiladi;

👉 abituriyentlar imtihonlarni o‘z hududida topshiradi;

👉 imtihonlar 1 soat bo‘ladi;

👉 abituriyent imtihonga faqat bir marta keladi va barcha kasbiy (ijodiy) imtihonlarni topshirib ketadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oliy o‘quv yurtlariga qabul jarayonlari bo‘yicha brifing

Youtube orqali ko‘rish

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tish

Youtube orqali ko'rish (HD formatda)

Davlat test markazining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
​​Test sinovlarini o’tkazish rejalashtirilgan binolar ro’yxati

2020-2021-o‘quv yili qabulida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun test sinovlarini o’tkazish rejalashtirilgan binolar ro’yxati:

👉 https://dtm.uz/post/view/binolar-ro-yxati

Davlat test markazining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Abituriyenlar uchun yo‘riqnoma (2020-2021-o‘quv yili uchun)

Youtube orqali ko'rish (HD formatda)

Davlat test markazining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Javoblar varaqasi bilan ishlash bo‘yicha qo‘llanma

Youtube orqali ko'rish (HD formatda)

Davlat test markazining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | Давлат тест маркази томонидан 2020-2021-ўқув йили учун ОТМларда тест синовларини ўтказиш биноларининг рўйхати эълон қилинди

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | ДТМ тест синовларини ўтказиш режалаштирилган бинолар рўйхатини эълон қилди

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram
Forwarded from Edu.uz
#Брифинг

Жорий йилда жисмонй тарбия йўналишида касбий (ижодий) имтиҳонлар ўтказилиш тартибига аниқлик киритилди

Мен Қорақолпоғистонданман ва бу йили жисмоний тарбия йўналиши бўйича ўқишга топширишим керак. Карантин сабабли бу имтиҳонлар қанақа кўринишда бўлади (қанақа нормативлар топширилади)? Бу имтиҳонларда бирор бир енгилликлар берилиши ёки умуман бу нормативларни олиб ташлаш эҳтимоли борми?

Абдусамад МАМАНАЗАРОВ, Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бўлим бошлиғи:

- Пандемия шароитида карантин, санитария-гигиена талабларига қатъий риоя этилган ҳолда, тест синовлари билан бир қаторда касбий (ижодий) имтиҳон ўтказиладиган таълим йўналишлари учун имтиҳонлар 11 июлдан 20 июлга қадар, алоҳида иқтидор талаб этиладиган таълим йўналишлари учун 25 июлдан 10 августгача бўлган вақт оралиғида ўтказилади.

Карантин чекловлари давом этган тақдирда касбий (ижодий) имтиҳонларни ўтказиш муддатларига ўзгартириш киритилиши мумкин.

Ижодий ва тест имтиҳонлари (педагогик таълим йўналиши) асосида талабаликка қабул қилинадиган йўналишларда эса ижодий имтиҳонларнинг фақат биттаси (махсус жисмоний тайёргарлик) сақлаб қолинади ва қўшимча тест топширилади.

Абитуриентлар ижодий имтиҳонларни фақат бир кун ва узоғи бир соат ичида топширишади.

Ўзбекистон давлат жисмоний тарбия ва спорт университетида имтиҳонлар касбий (ижодий) ҳамда касбий (ижодий)+ тест йўналишида ташкил этилади.

Тўлиқ ижодий имтиҳон асосида талабаликка қабул қилинадиган йўналишларда абитуриентлар шу пайтга қадар махсус ва умумий жисмоний тайёргарликдан ташқари сузиш бўйича ҳам имтиҳон топширишар эди.

Жорий йилги қабул мавсумида абитуриентлар фақат махсус ва умумий жисмоний тайёргарлик бўйича имтиҳон топширади, спортнинг сузиш тури бўйича имтиҳон олиб ташланди.

Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг расмий телеграм каналига уланиш
👇👇👇
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEX5-Auoam-U-_mjXg
Forwarded from Edu.uz
#Брифинг

Пандемия даврида ўқишни кўчиришга улгурмаганлар қандай қилиб ўқишини кўчиришади ёки тартиби қандай бўлади?

Абдусамад МАМАНАЗАРОВ,
Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бўлим бошлиғи:

- 2020 йилнинг 15 июлидан 5 августига қадар ҳужжатлар қабул қилинади (ҳужжатларни онлайн тарзда топшириш имконияти яратилади).

Жорий йил 6 августдан 30 августга қадар аризалар кўриб чиқилиб, қарор қабул қилинади.

Карантин тадбирлари сабабли ўқишни кўчириш жараёнлари муддатларида ўзгаришлар бўлган тақдирда вазирликнинг расмий сайти (www.edu.uz) ва телеграмм канали (@eduuz) орқали эълон берилади.

Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг расмий телеграм каналига уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEX5-Auoam-U-_mjXg
​​Xalq ta’limi vazirligi va uning hududiy tashkilotlari 11-sinf bitiruvchilariga attestat berish va ularning bazasini shakllantirish bo‘yicha ishlarni yakunlamoqda

Bu yil 451 377 nafar o‘quvchi 11-sinfni tamomladi. Bugungi kunda bitiruvchilar uchun attestat blankalari barcha hududlarga to‘liq yetkazilgan.
O‘tgan yildan boshlab bitiruvchilarga attestat berishning yangi formati joriy etildi, ya’ni attestat.uzedu.uz elektron bazasi yaratilib, attestatlar to‘liq elektron bazaga kiritildi. Uning yangi namunasi tasdiqlandi, attestatlarga QR-kod qo‘yiladigan bo‘ldi. Bundan maqsad attestatlarni qalbakilashtirishning oldini olish hamda elektron shaklga o‘tkazgan holda kompyuterda (printer) tayyorlash. (Avvallari attestatlarni qalbakilashtirish holatlari ko‘p bo‘lgan. Uni qo‘lda to‘ldirish jarayoni ko‘plab qiyinchiliklarni keltirib chiqargan).

Ayni kunlarda attestat.uzedu.uz bazasida bitiruvchilarning baholari onlayn kiritilmoqda.

10-iyun kuni, attestatlar to‘liq rasmiylashtirilib, umumta’lim maktablariga yetkaziladi.

Maktablar esa attestatlarning elektron (skaner) shaklini bitiruvchiga (ota-onasi yoki o‘rnini bosuvchi shaxs) telegram messenjeri, elektron pochtasi yoki boshqa aloqa vositalari yordamida 15-iyunga qadar bepul yetkazadi.

Joriy yildagi bitiruvchilar haqidagi ma’lumotlar va ularning attestatlari elektron tizim orqali Davlat test markazining qabul bo‘yicha elektron tizimiga integratsiya qilinmoqda.

Shuningdek, oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirish jarayonini muvofiqlashtirish uchun attestat.uzedu.uz bazasida bu yilgi 11-sinf bitiruvchilarining attestatlari jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqamiga (JSh ShIR) integratsiya qilindi.

Buning natijasida, bitiruvchilar hujjatlarni qabul komissiyasiga taqdim etayotganida attestatni taqdim etish shart bo‘lmaydi. Davlat test markazi baza orqali maktab bitiruvchisining attestati bo‘yicha ma’lumotlarni olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, bu yil pandemiya holatini inobatga olib, attestat va shahodatnomalarning asl nusxalari maktabda saqlanadi. Karantin sharoiti yumshatilganidan so‘ng bitiruvchilarga asl nusxalari belgilangan tartibda beriladi. Shu o‘rinda, abituriyentga attestat va shahodatnomalarning asl nusxalari zarur bo‘lsa, istisno tariqasida berilishi mumkin. Lekin bu jarayon karantin talablarini buzmasligi kerak.

Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati

Davlat test markazining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Profilaktika ishlari olib borilmoqda

2020-yil 11-iyun kuni qabul jarayonlariga tayyorgarlik munosabati bilan profilaktika ishlari olib boriladi.

Shu munosabat bilan 11-iyun kuni 11:00 dan 14:00 gacha Davlat test markazining rasmiy veb-sayti dtm.uz va abitur.dtm.uz saytida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Davlat test markazining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
​​Talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash bo‘yicha ma’lumotlar

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qildi.

Talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

👉 Nizomga muvofiq fuqarolar o‘qishini ko‘chirish uchun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tashkil etiladigan hududiy ishchi guruhiga 2020-yil 15-iyuldan 5-avgustga qadar bo‘lgan muddatda murojaat qilishi mumkin.

👉 Koronavirus pandemiyasi oqibatida yuzaga kelgan vaziyatni inobatga olib, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash jarayonini tashkil etishda onlayn tartibda hujjatlarni qabul qilish rejalashtirilmoqda.

👉 Bir oliy ta’lim muassasasi doirasida oliy ta’limning mos va turdosh yo‘nalishlari hamda mos mutaxassisliklari bo‘yicha talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash shu oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrug‘i asosida amalga oshiriladi.

👉 Xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan talabalar o‘qishini ko‘chirish, ko‘chirib tiklash O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi qarori bilan amalga oshiriladi.

👉 Xorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega bo‘lmagan oliy ta’lim muassasalarida yoki ularning filiallarida ta’lim olgan fuqarolarning o‘qishini O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish to‘g‘risidagi arizasiga rad javobi beriladi.

👉 Xorijiy oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar o‘qishini O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirilishiga ruxsat etilmaydi.

O‘qishini ko‘chirish istagini bildirgan fuqarolardan quyidagi hujjatlar talab etiladi:

👉 Ko‘chirish (qayta tiklash)ni istagan ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi), o‘quv tili va shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza. Arizada o‘qigan oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi), ta’lim shakli, maqsadli qabul bo‘yicha o‘qishga kirmaganligi, ko‘chirish (qayta tiklash) sabablari, ko‘chirish (qayta tiklash) qoidalari bilan tanishganligi ko‘rsatiladi.

👉 Talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma nusxalari.

👉 Pasport nusxasi.

Davlat test markazining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha kengaytirilgan videoqo‘llanma

Youtube orqali ko'rish (HD formatda)

Davlat test markazining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube