Andijon shahridagi Prezident maktabi | Presidential school in Andijan
1.68K subscribers
7.1K photos
411 videos
3 files
1.73K links
Andijon shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi

Veb-sayt: andijanps.uz
Facebook: https://www.facebook.com/andijonpm
Instagram: https://www.instagram.com/andijonpm
Download Telegram
#Eco_school

Andijon shahridagi Prezident maktabida “Eco schools Uzbekistan” loyihasi doirasida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Trening davomida, o‘quvchi-yoshlarda ekologik madaniyatni shakllantirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, Xalqaro “Yashil bayroq” mukofotiga ariza berish bo‘yicha soha mutaxassisi tomonidan taklif va tavsiyalar berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
XALQARO TAʼLIM KOʻRGAZMASI

⚡️Andijon shahrida xalqaro taʼlim koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi.

Unda Malayziyaning QS Top rankings reytingida TOP-1000talikka kirgan eng kuchli qator nufuzli universitetlari tomonidan taqdimotlar oʻtkazildi. Ular:
Management & Science University
Malaysia National University Kuala Lumpur Campus
University College MAIWP International
Tenaga National University
University of Cyberjaya
Infrastructure University
Taylor’s University
HELP University

 Malayziya Universitetlariga oʻqishga kirish, 100%lik grantlarni qoʻlga kiritish, “Work and Travel” dasturi haqida ham batafsil maʼlumotlar berildi. Prezident maktabi oʻquvchilari ham ushbu koʻrgazmada ishtirok etib, ushbu universitetlar haqida barcha savollariga javob oldilar.

©️Andijon shahridagi Prezident maktabi axborot xizmati

🌍Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Veb-sayt|Facebook|Telegram|YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AYOL BORKI OLAM MUNAVVAR

💐Andijon shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari erta tongdan maktabning barcha ayol xodimlari va o‘qituvchilarini bayram kayfiyati bilan kutib oldi.

🌷Prezident maktabi ijrochi direktori S.Rislikboyev va akademik direktor M.Almarez barcha ayollar va o‘quvchi qizlarga 8-mart - “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan o‘zining samimiy tilaklarini izhor etdilar.

©️Andijon shahridagi Prezident maktabi axborot xizmati

🌍Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Veb-sayt|Facebook|Telegram|YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ONALARGA EHTIROM

💐Andijon shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari tomonidan “Onalarga ehtirom” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi. Ushbu tadbirga o‘quvchilarning onalari ham taklif qilindi.

🌷Bayram tadbiri davomida “Farzandiga ko‘zini bergan ona” nomli sahna ko‘rinishi, o‘quvchilar tomonidan monolog va she’rlar izhor etilib, hatto onalar ko‘zlariga yosh oldilar.

🌺Maktab ma’muriyati tadbirga tashrif buyurgan ayollarning barchasini bayram bilan tabrikladi.

©️Andijon shahridagi Prezident maktabi axborot xizmati

🌍Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Veb-sayt|Facebook|Telegram|YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM