Andijon shahridagi Prezident maktabi | Presidential school in Andijan
1.69K subscribers
7.1K photos
410 videos
3 files
1.73K links
Andijon shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi

Veb-sayt: andijanps.uz
Facebook: https://www.facebook.com/andijonpm
Instagram: https://www.instagram.com/andijonpm
Download Telegram
#Sharda_University

"BITIRUVCHILAR BILAN SUHBAT"

⚡️Andijon shahridagi Prezident maktabida Xalqaro Oʻzbekiston Sharda Universitetining Biznes Menejment fakulteti dekani - Doktor Ganesh Shankar hamda Universitetning maʼmuriyat vakillari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

Ushbu tashkil etilgan davra suhbatida Andijon shahridagi Prezident maktabining bitiruvchilari bilan birga faol o'quvchi yoshlar ham ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

🟢Shuningdek, Sharda Universitetining boshqa xalqaro universitetlardan afzalliklari, kirish imtihonlari hamda yangi oʻquv yilida tashkil etiladigan oʻquv yoʻnalishlari haqida ma'lumotlar olishdi.

©️Andijon shahridagi Prezident maktabi axborot xizmati 

🌍Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Veb-sayt|Facebook|Telegram|YouTube
Forwarded from Hilola Umarova
Ma’lumki, bugungi kunda mamlakatimizda Davlatimiz rahbari boshchiligida yoshlar ta’lim va tarbiyasiga juda katta e’tibor qaratilmoqda. Ularning maktab davridanoq har tomonlama yetuk shaxs bo‘lib kamolga yetishi uchun bir nechta xorijiy tillarni o‘rganishlari uchun munosib sharoit yaratilmoqda.

Joriy yilda mamlakatimizda maktablarga xorijiy mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha misli ko‘rilmagan loyiha boshlandi. Loyihaga asosan xorijdan ingliz, nemis, fransuz va boshqa chet tillarini o‘rgatish maqsadida 500 dan ortiq o‘qituvchilar jalb qilindi. Ushbu o‘qituvchilar maktablarda dars berish uchun, va undanam muhimroq vazifa – ya’ni, mahalliy o‘qituvchilarimiz bilan tajriba almashish uchun O‘zbekistonga taklif qilindi.

Bugun xorijdan taklif etilgan o‘qituvchilar hamda xorijiy hamkorlar bilan uchrashib, ushbu loyihani amalga oshirilish jarayonlari hamda kelgusidagi rejalarni muhokama qilib oldik.

Hamkorlarimiz AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Xitoy Xalq Respublikasi elchixonasi vakillari, shuningdek, YuNESKO, YuNISEF, USAID, Britaniya kengashi, Fransiya alyansi, Gyote instituti mutaxassislari bilan birgalikda mahalliy va xorijiy pedagoglarimizning fikrlariga quloq tutdik. Hamkorlarimiz tomonidan O‘zbekistonda chet tillarini o‘qitishni yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar berildi.

Uchrashuv yakunida chet tillarini o‘qitishni takomillashtirish va hamkorlik qilishga qaratilgan qo‘shma "Yo‘l xaritasi" ishlab chiqildi.

Aytish joizki, ta’lim sifatini oshirish yo‘lida xorijlik mutaxassislarni maktablarga jalb etish loyihasi albatta kelajakda o‘z mevasini berishi hamda bolalarimizning zamon talabiga javob beradigan yetuk insonlar bo‘lib yetishishlari uchun poydevor bo‘lib xizmat qilishiga ishonaman.
#zakovat
#intellektual_oʻyin

⚡️Andijon shahridagi Prezident maktabida “Zakovat” intellektual o‘yinlari boʻlib oʻtdi.

📌Oʻquvchilarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, iqtidorli oʻquvchilarni saralash va ularni qoʻllab-quvvatlash maqsadida barcha sinflar kesimida “Zakovat” intellektual oʻyini boʻlib oʻtmoqda.

Oʻquvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qilayotgan ushbu oʻyin tobora qizgʻin tus olmoqda.

©️Andijon shahridagi Prezident maktabi axborot xizmati

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt|Facebook|Telegram|YouTube
#Bayrogʻim_faxrim
#Prezident_maktabi

MUQADDASDIR VATAN BAYROG'I

Davlat ramzlari hamisha muqaddas va ulug‘ sanaladi. Chunki u xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagini o‘zida mujassam etgan Vatanning yorqin timsolidir.

🗺Andijon shahridagi Prezident maktabida "Muqaddasdir vatan bayrog'i" shiori ostida bayram tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbirda o‘quvchilar Harbiy orkestr hamrohligida vatanni madh etuvchi kuy va qo‘shiqlar bilan ishtirok etishdi.

🗣Bayram tadbirida Mudofaa vazirligiga qarashli 14014-sonli harbiy qismining Orkestr jamoasi ham ishtirok etib, o'zlarining musiqiy chiqishlarini namoyish etishdi.

©️Andijon shahridagi Prezident maktabi axborot xizmati

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt|Facebook|Telegram|YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM