Andijon shahridagi Prezident maktabi | Presidential school in Andijan
1.71K subscribers
7.03K photos
406 videos
3 files
1.72K links
Andijon shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi

Veb-sayt: andijanps.uz
Facebook: https://www.facebook.com/andijonpm
Instagram: https://www.instagram.com/andijonpm
Download Telegram
🔬“Re/Connect” – ilm va ijodiy yondashuv uchun yangi maydon

😁Andijon shahridagi Prezident maktabida fizika fani o‘qituvchilari Mirzohid Kurbonov va Luisito Marcial tashabbusi bilan “Re/Connect: Ilmiy kashfiyotchilarning rolli o‘yini” forumi tashkil etildi. Unda 9-sinf o‘quvchilari buyuk fizik olimlar qiyofasiga kirib, ularning ixtirolari va kashfiyotlarining insoniyat taraqqiyotidagi ahamiyatini jonli taqdimotlar orqali namoyish etdilar.

Forum davomida oʻquvchilar nafaqat ilmiy bilimlarini mustahkamladilar, balki sahna chiqishlari qilish, jamoaviy ishlash va ilmiy bahslarda qatnashish ko‘nikmalarini ham rivojlantirdilar. Tadbirga 5-7-sinf o‘quvchilari ham kuzatuvchi sifatida jalb qilinib, kichik yoshdagi o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishlari yanada oshdi.

🔭Ilm-fan va ijodiy yondashuv uyg‘unlashgan ushbu forum barcha ishtirokchilarga ilhom bag‘ishladi.

#ReConnect #Prezident_maktabi #Ilmiy_Forum #Fizika #Kelajak_ilmga_tayanadi

©️Andijon shahridagi Prezident maktabi axborot xizmati

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt|Facebook|Telegram|Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM