Andijon shahridagi Prezident maktabi | Presidential school in Andijan
1.68K subscribers
7.18K photos
413 videos
3 files
1.75K links
Andijon shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi

Veb-sayt: andijanps.uz
Facebook: https://www.facebook.com/andijonpm
Instagram: https://www.instagram.com/andijonpm
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik

🇺🇿🇰🇷 Koreya Respublikasida boʻlib turgan Taʼlim delegatsiyasi aʼzolari bugun ikki guruhga boʻlingan holda mamlakatdagi taʼlim tashkilotlari bilan tanishdilar.

🗺Ikkinchi guruh aʼzolari birinchi guruhdan farqli ravishda Seulda joylashgan "Kyung Bok Elementary School", "Sunjung Middle school" va "Sungjun International Tourism High School" maktablarining faoliyati, ularda yaratilgan shart-sharoitlar, dars oʻtish metodikalari bilan tanishdi.

📝Oʻzaro fikr-mulohazalar almashish davomida mazkur taʼlim muassasalari rahbariyatiga O‘zbekistondagi maktabgacha va maktab taʼlimi tizimi, jumladan Agentlik tizimidagi Prezident maktablari, ijod maktablar, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlarining faoliyati, ushbu maktablarga oʻtkaziladigan qabul imtihonlari bo‘yicha maʼlumotlar berildi.

Taʼlim delegatsiyasi aʼzolarining Koreya taʼlim tizimini oʻrganish jarayonlari davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik

🇺🇿🇰🇷 Koreya Respublikasida boʻlib turgan Taʼlim delegatsiyasi aʼzolari bugun KERIS (Korea Education and Research Information Service) tashkiloti, Daegu taʼlim departamenti hamda "Sun Moon University" hamda universitet tasarrufidagi "Korea Language Institute" faoliyati bilan tanishdi.

📝KERISga tashrif davomida:
raqamli darsliklarni yaratish va amaliyotga tatbiq etish;
raqamli darsliklarning afzalliklari, virtual laboratoriya ishlarini yaratish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar;
taʼlim jarayoni boshqaruvni yanada takomillashtirishda avtomatlashtirish va boshqaruvning ayrim qismlarida sunʼiy intellektni joriy qilish boʻyicha olib borilayotgan ishlar boʻyicha oʻrtoqlashildi.

Shu bilan birga, mamlakatimizda joriy etilgan Prezident, Ixtisoslashtirilgan maktablar va ITga ixtisoslashtirilgan maktablar haqida va ularda foydalanilayotgan oʻquv dastur, darsliklar haqida maʼlumot berildi.

⚡️"Korea Language Institute" taʼlim tashkilotida tahsil olayotgan 50 ga yaqin oʻzbekistonlik talabalar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Vatandoshlarimiz Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, jumladan, taʼlim sohasidagi tub burilishlar, yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqidagi maʼlumotlar bilan tanishtirildi.

🗺Taʼlim tashkilotlaridagi muzokaralarda yurtimizda maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda erishilgan yutuqlar, rejalashtirilgan ustuvor vazifalar haqida fikr almashildi. Kelajakda oʻquvchilar va kadrlar almashinuvi masalalari muhokama qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yil_sarhisobi_2023
#Taqdirlash_marosimi

“YIL SARHISOBI - 2023” TAQDIRLASH MAROSIMI


🎉Andijon shahridagi Prezident maktabida yil yakuniga bagʻishlangan “Yil sarhisobi - 2023” taqdirlash marosimi oʻtkazildi.

🟢2023-yilda tashabbuskorligi, izlanuvchanligi va erishgan yutuqlari bilan jamoada alohida eʼtirofga sazovar boʻlgan, yuksak natija koʻrsatgan ustoz-pedagoglar, tibbiyot va texnik xodimlar, oʻquvchilardan bir guruhi diplom va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi. 

🎁Taqdirlash marosimi his-hayajonga toʻla, kutilmagan eʼtiroflar, ajoyib sovgʻalarga boy boʻldi. Yil davomida jamoaning erishgan yutuqlari sarhisob qilinib, yangi yilga katta maqsadlar qoʻyildi.

©️Andijon shahridagi Prezident maktabi axborot xizmati

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt|Facebook|Telegram|YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔰Ixtisoslashgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Andijon shahridagi Prezident maktabi quyidagi lavozimga vakant e’lon qiladi.

✔️Ingliz tili fani oʻqituvchisi


Talablar:
🔹ingliz tili mutaxassisligi boʻyicha Oliy ma'lumot (kamida bakalavr)
🔹kamida 5 yillik ish tajribasi

Ingliz tili bilish darajasi seritifikatlari:(Telegram orqali yuboriladi)

🔹IELTS sertifikati - 7+ ball (writing-7)
🔹TOEFL ibt - 102 (writing-27+)
🔹Multi level - C1 daraja - 70+ (writing-65+)

Imkoniyatlar:
🔸Ahil va professional jamoa;
🔸Doimiy malakaviy o’sish;
🔸Iqtidorli o’quvchilar;
🔸Xalqaro konferensiya va treninglar;
🔸Boshqa ko’plab imkoniyatlar.

📌Nomzodlarning arizalari joriy yilning 24-dekabr kunigacha qabul qilinadi.

Tanlov hujjat saralashi, test, suhbat va dars
oʻtish bosqichlarini oʻz ichiga oladi.

💠 Iltimos faqat yuqoridagi talablarga javob beradigan fuqarolar nomzodini topshirishlarini so'rab qolamiz.

☎️Murojaat uchun: +998 (90) 207-69-69

💥Online hujjatlarni 👉
ish.mehnat.uz saytiga joylashingiz so'raladi
#Happy_New_Year
#Prezident_maktabi

🎄Andijon shahridagi Prezident Maktabida Yangi yil bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

☃️O‘quvchilarning chiqishlari, sho‘x kuy-qo‘shiqlar, ajoyib raqslar va turli sahna ko‘rinishlari bayram tadbiriga o‘zgacha kayfiyat baxsh etdi. Ayniqsa, bezatilgan archa atrofidagi teatrlashtirilgan bir-biridan qiziqarli chiqishlar Yangi yil bayramini chin ma’noda ko‘tarinki ruhda o‘tishini ta'minladi.

©️Andijon shahridagi Prezident maktabi axborot xizmati

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt|Facebook|Telegram|YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM