Andijon shahridagi Prezident maktabi | Presidential school in Andijan
1.69K subscribers
7.1K photos
410 videos
3 files
1.73K links
Andijon shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi

Veb-sayt: andijanps.uz
Facebook: https://www.facebook.com/andijonpm
Instagram: https://www.instagram.com/andijonpm
Download Telegram
Forwarded from Rushana Rustamova
G'ofur G'ulom tavalludining 120 yilligi!  

         
2023-yil 10-may kuni Oʻzbekiston xalq shoiri, akademik Gʻafur Gʻulom tavvaludiga 120-yil toʻldi. Sana munosabati bilan Andijon shahridagi Prezident maktabida shoir ijodiga bag'ishlangan davra suhbati, tanlovlar, taqdimotlar va kitoblar ko'rgazmasi tashkil etildi. Oʻzbekiston xalq shoiri, akademik Gʻafur Gʻulom qalamiga mansub  "Shum bola"  asarini o'quvchilar juda katta qiziqish bilan mutolaa qildi.  Asardan ilhomlangan ijodkor o'quvchilarimizning "Shum bola" asari yuzasidan chizgan rasmlarining ko'rgazmasi ham tashkil etildi.  
                     
       📚Mazkur oyda o'quvchilarimiz "Oy kitobi" loyihasi doirasida "Alpomish" dostonini mutolaa qilmoqda.

©️Andijon shahridagi Prezident maktabi axborot xizmati

🌍Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Veb-sayt|Facebook|Telegram|YouTube
"Shum bola" asari-òquvchilar nigohida!                         

         Oʻzbekiston xalq shoiri, akademik Gʻafur Gʻulom qalamiga mansub  "Shum bola"   asari yuzasidan  òquvchilarimiz chizgan rasmlarning ko'rgazmasi  tashkil etildi.  
                     
      ©️Andijon shahridagi Prezident maktabi axborot xizmati

🌍Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Veb-sayt|Facebook|Telegram|YouTube
 #kun_hikmati
#hikmatlar_xazinasi

   • Aql to'ldiriladigan idish emas, balki yoqiladigan olovdir.

  • The mind is not a vessel to be filled, but a fire to be kindled.

• Ум — это не сосуд, который нужно наполнить, а огонь, который нужно разжечь.

©️Andijon shahridagi Prezident maktabi axborot xizmati

🌍Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Veb-sayt|Facebook|Telegram|YouTube
#Xorijiy_hamkorlik
#Angliya

MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI VAZIRLIGI HAMDA PORSTMUT UNIVERSITETI O’RTASIDA ANGLASHUV MEMORANDUMI IMZOLANDI

London shahrida Butunjahon ta’lim forumida ishtirok etayotgan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Buyuk Britaniyaning Portsmut universiteti prorektori Bobby Mehta bilan anglashuv
memorandumini imzoladi.

Mazkur memorandum doirasida tomonlar:

▶️ Portsmut universiteti filologiya fakulteti bitiruvchi talabalarining Respublikamiz umumiy o‘rta ta’lim maktablarida mahalliy chet tili o‘qituvchilari bilan juftlikda dars berish tizimini yo‘lga qo‘yish,
▶️ Vazirlik tizimidagi lider maktab direktorlari uchun Portsmut universiteti tomonidan Buyuk Britaniyada 2 haftalik malaka oshirish kurslarini tashkil etish,
▶️
Portsmut universiteti Kasbiy rivojlanish va amaliy ta’lim yo‘nalishi rahbari Doktor Stiven Korbetni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining xorijiy tillar islohotlari yo‘nalishida maslahatchisi etib tayinlanishi yuzasidan kelishib olishdi.

❗️Shuningdek, O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi hamkorligida, Respublikamizning maktabgacha va maktab ta’lim muassasalarida faoliyat olib borishi ko‘zda tutilgan Portsmut, Glazgo, Manchester Metropolitan, Vorvik, Notingem Trend, London hamda Oksford universitetlari o‘qituvchilari va bitiruvchi talabalari uchun mavjud bo‘lgan sharoitlar, ta’lim tizimimizdagi yutuqlar va istiqboldagi rejalar haqida taqdimot o‘tkazildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Azizbek Abdullajonov "IBRAT Camp" bahorgi  mavsum ishtirokchisi!

Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan jahonning nufuzli TOP 100 talik universitetlarida oʻqish istagidagi yoshlar uchun Ibrat Camp oromgohining bahorgi mavsumi o'tkazildi. Mazkur oromgohda ishtirok etish uchun 7000 mingdan ziyod yoshlar ikki bosqichli sinovlarda qatnashdi.

  Yuqori natijalarni qayd etib, sinovlardan muvaffaqiyatli òtgan 200 nafar ishtirokchilar bir hafta davomida Bo'stonliq tumani mezbonlik qilgan oromgohda  seminar-treninglarda  ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'ldi.

✔️ Andijon shahridagi Prezident maktabi 10-green sinf o'quvchisi Azizbek Abdullajonov  ham "IBRAT Camp" bahorgi  mavsumida faol ishtirok etib, sertifikat bilan taqdirlandi.

📍Ma’lumot uchun, oromgoh chet tillarini bilgan Top-100 talik universitetlarga kirish istagidagi yoshlar uchun mutlaqo bepul hisoblanadi.

©️Andijon shahridagi Prezident maktabi axborot xizmati

🌍Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Veb-sayt|Facebook|Telegram|YouTube
 #kun_hikmati
#hikmatlar_xazinasi

    • Muvaffaqiyatga harakat qilgan, hech qachon voz kechmagan va qattiq ishlagan insonlargina erishadi.

    • Success comes only to those who try, never give up and work hard.

  • Успех приходит только к тем, кто старается, никогда не сдается и много работает.

® Robert Kiosaki

©️Andijon shahridagi Prezident maktabi axborot xizmati

🌍Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Veb-sayt|Facebook|Telegram|YouTube
Innovatsion g'oyalar ko'rgazmasi  

✔️Andijon shahridagi Prezident maktabida texnologiya va muhandislik yo'nalishida innovatsion loyihalar taqdimotiga bag'ishlangan ko'rgazma tashkil etildi. O'quvchilar "Computing" va "Computer science" fanlaridan tayyorlagan innovatsion loyihalarini taqdimotini o'tkazdilar.  
✔️ Mazkur ko'rgazma o'quvchilarni  innovatsion texnologiyalarni ixtiro qilish,  taqdimot o'tkazish, potensial sarmoyadorlarni jalb etish va ishonchli hamkorlar topish singari muhim qadamlarga yo'naltirdi.
 ❗️Innovatsion g'oyalar ko'rgazmasidagi loyihalar va ishlanmalar maktabga tashrif buyurgan mehmonlar, ota-onalar va soha mutaxassislarida katta qiziqish uyg'otdi. 

©️Andijon shahridagi Prezident maktabi axborot xizmati

🌍Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Veb-sayt|Facebook|Telegram|YouTube