Andijon shahridagi Prezident maktabi | Presidential school in Andijan
1.68K subscribers
7.18K photos
413 videos
3 files
1.75K links
Andijon shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi

Veb-sayt: andijanps.uz
Facebook: https://www.facebook.com/andijonpm
Instagram: https://www.instagram.com/andijonpm
Download Telegram
Andijon shahridagi Prezident maktabida Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga qabul qilingan o'qituvchilar uchun seminar-trening bo'lib o'tyapti.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt|Facebook |Telegram|YouTube
#Inklyuziv_IT_oromgoh_2022
#Raqamli_avlod

Bugun Prezident ta'lim muassasalari agentligi, "Zamin" Xalqaro jamoat fondi va "Digital Generation Uzbekistan" NNT bilan hamkorlikda "Raqamli avlod-2022" IT oromgohining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbirni Agentlik direktori Hilola Umarova ochib berdi:

- So’nggi yillarda axborot texnologiyalari sohasiga qiziquvchi yoshlar ko'payib borayotgani quvonarli holat. Ustoz-shogird an'anasi asosida 6 kun davomida ishtirokchilar IT sohasini chuqurroq va yaxshiroq o'rganishlariga aminman. Umid qilamanki, mashg’ulotlar davomida egallagan bilimlaringiz kelgusidagi faoliyatingizda ham asqatadi.

❗️Oromgohda zaif eshituvchi yoshlar va Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari ham ishtirok etishmoqda.

🔴Mahorat dasrlari quyidagi yo'nalishlar kesimida darslar bo'lib o'tmoqda:
- Flutter
- .NET
- Python
- React.js

📆Ma'lumot uchun, IT oromgoh 30-avgust kuniga qadar davom etadi.

✔️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Seminar_treninglar
#Yangi_ixtisoslashtirilgan_maktablar

Andijon shahridagi Prezident maktabida Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablar o'qituvchilari uchun seminar trening jarayonlari bo'lib o'tmoqda.

⚡️Tadbir avvalida Agentlik rahbari Hilola Umarova videomurojaat orqali ishtirokchilarni tabrikladi va ularga omad tiladi.

📝Seminar trening jarayonlarida o'qituvchilar uchun dars o'tish metodikasi, o'quv jarayonini tashkil etilishi, yangi baholash tizimi, elektron jurnalni yuritish kabi mavzularda taqdimotlar amalga oshirilmoqda.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt|Facebook |Telegram|YouTube