Andijon shahridagi Prezident maktabi | Presidential school in Andijan
1.78K subscribers
7.66K photos
423 videos
3 files
1.83K links
Andijon shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi

Veb-sayt: andijanps.uz
Facebook: https://www.facebook.com/andijonpm
Instagram: https://www.instagram.com/andijonpm
Download Telegram
#Xalqaro_forum

⚡️"Yangi O‘zbekiston ta’limi: islohotlar yo‘lida muvaffaqiyatli hamkorlik” xalqaro ta’lim forumi davom etmoqda.

“Yangi O‘zbekiston ta’limi: islohotlar yo‘lida muvaffaqiyatli hamkorlik” ta’lim forumi avvalida Prezident tabrigi o‘qib eshittirildi.

Tabrikni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fan, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisi Abdujabbor Abduvahitov o‘qib berdi.

🔸O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev: "Ta'lim yurtimizdagi islohotlarning markazida turadi. Mazkur forum esa bu yo‘lda qo‘yilgan muvaffaqiyatli qadamlardan biridir".

🔸Agentlik direktori Hilola Umarova: "21-asr yoshlarini tarbiyalashda milliy qadriyatlarga suyanish va zamonaviy ilm-fan hamda texnologiyalarni integratsiya qilish alohida ahamiyatga ega. Bugungi forum ta'lim sohasidagi xalqaro hamkorlikni kuchaytirish va xorijiy tajribalarni ta'lim sohasiga jalb etishga xizmat qiladi".
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
no comment | «Янги Ўзбекистон таълими: Ислоҳотлар йўлида муваффақиятли ҳамкорлик» халқаро таълим форуми
#24nov #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv
Forwarded from Bright Uzbekistan
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangi O‘zbekiston ta’limi: islohotlar yo‘lida muvaffaqiyatli hamkorlik

Joriy yilning 24-25 noyabr kunlari Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan halqaro hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Yangi O‘zbekiston ta’limi: islohotlar yo‘lida muvaffaqiyatli hamkorlik” xalqaro forumi tashkil etildi.

Batafsil:
UZB🇺🇿 RUS🇷🇺 ENG🇬🇧

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Twitter | Website
#Xalqaro_forum
#Ikkinchi_kun

Xalqaro ta’lim forumida pedagoglarning malaka oshirishlari bo'yicha zamonaviy metodikalar muhokama qilindi.

🔸Xalqaro ta’lim forumi o'z ish faoliyatini ikki manzilda – Agentlik va Xalq ta'limi tizimidagi maktab o'qituvchilari uchun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda va Oliy ta’lim yo’nalishidagi muassasalar uchun "Yangi O’zbekiston" universitetida davom ettiradi.

✔️Forumning 2-kuni barcha mutaxassislar uchun yalpi majlis bilan boshlanib, unda jumladan Agentlik rahbari Hilola Umarova, Turkiya Milliy ta’lim vazirligi oliy va xorijda ta’lim boshqarmasi boshlig’i Jemal Yildiz, Самbridge Assessment xalqaro tashkilotining ta’lim bo’yicha bosh maslahatchisi Stive King, Nottenghem Trend universiteti professori Martin Seviour, Xalqaro ta’lim bo’yicha Amerika kengashlari vakili Uilyam O‘Roark so'zga chiqishdi.

Yalpi majlisda pedagoglarning malaka oshirish, tajriba almashish masalalarining yangi bosqichga o'tayotgani haqida so'z yuritildi.
Forwarded from У.М.Р Улугбек
O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiga qarshi kurashish milliy kengashining raisi T.Narbayeva tomonidan joriy yilning 4-noyabr kuni “9-dekabr-Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash” kuniga bag‘ishlangan Aksilkorrupsiya haftaligi doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar rejasi tasdiqlangan. Shu munosabat bilan Sizdan Prezident ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Andijon shahar Prezident maktabida joriy yilning 25-noyabr kuni “Yangi O‘zbekistonning yangi avlodlari korrupsiyaga qarshi” nomli davra suhbati bo`ldi. Unda maktam ma`muriyati, o`quvchilar prokratura va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti xodimlari ishtirok etdilar