"Barcha bolalar muvaffaqiyatli" loyihasi
960 subscribers
904 photos
119 videos
5 files
321 links
All Children Succeeding - Inclusive Education in Uzbekistan

This Telegram channel serves as a continuation of the UEEP (Uzbekistan Education for Excellence Project), focusing on the 5-year USAID-funded initiative - All Children Succeeding (ACS).
Download Telegram
Alohida ta`lim ehtoyojlari bo`lgan bolalarning muvaffaqiyatli ta`lim olish imkonoyatlari kengaytiriladi

🧠 2024-yil 8-yanvar kuni Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda USAIDning “Barcha bolalar muvaffaqiyatli” (BBM) loyihasi kordinatori va mas’ul ijrochilar ishtirokida O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni rivojlantirish, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini takomillashtirish hamda ularga ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari sifatini yaxshilash yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.

💻 Ushbu chora-tadbirlar inklyuziv ta'limni qo'llab-quvvatlash va amaliyotini kuchaytirishga, shuningdek, har bir bolaga sifatli ta’lim berish uchun o‘qituvchilarning tayyorgarlik darajasini oshirish va malakasini oshirish hamda 2025-yilgacha maktablarning 51 foizini inklyuziv ta’lim amaliyotiga o‘tkazishga erishishga qaratilgan. Bunda Agentlik huzuridagi Pedagogik tibbiy-psixologik komissiya ishini yanada takomillashtirish, ijtimoiy xizmatlarni inklyuziv ta’limga jalb qilish va boshqa bir qator masalalarga to‘xtaldi.

🖥 USAIDning “Barcha bolalar muvaffaqiyatli” (BBM) loyihasi Namangan va Sirdaryodagi 1000 ta maktabda asosiy ko‘nikmalarni takomillashtirish va maktabgacha ta’lim muassasalaridan 5-sinfgacha qamrab olishni rag‘batlantirishga qaratilgan. Ushbu loyihani kelgusida uchinchi hududga ham kengaytirish rejalashtirilgan.

🤝 Uchrashuv so‘nggida tomonlar ushbu loyiha doirasida hamkorlik qilish uchun aniq chora-tadbrilar belgilab olishga va loyihaga “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining inklyuziv ta’limga oid yo‘nalishida qator ishlarni amalga oshirishda ijtimoiy xodimlarini ham jalb qilish hamda maktablarda qo‘shimcha pedagog faoliyatini tashkil etish belgilab olindi.

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mansurbek Olloyorov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining X (Twitter)dagi posti.
https://twitter.com/MOlloyorov/status/1744719198109225099?t=mUGdpgTI19ZSr5NskvikMw&s=19
Forwarded from TRM - Rasmiy kanal
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
USAID bilan hamkorlikda “All Children Succeeding” loyihasining asosiy yo‘nalishlari muhokama qilindi

Joriy yilning 11-yanvar kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) ning “Barcha bolalar muvaffaqiyatli” loyihasi kordinatori va mas’ul ijrochilar ishtirokida O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni rivojlantirish, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini takomillashtirish yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.

Batafsil:
https://rb.gy/wwcy93

— — — — — —

В сотрудничестве с USAID обсуждены основные направления проекта All Children Succeeding

11 января текущего года состоялась встреча с координатором и ответственными исполнителями проекта «Все дети успешные» Республиканского научно-методического центра развития образования и Агентства США по международному развитию (USAID), посвященная обсуждению вопросов развития инклюзивного образования, совершенствования системы образования и воспитания детей с особыми образовательными потребностями в Узбекистане.

Подробно: https://rb.gy/34o6vm

Trm.uz|TelegramI Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#xalqaro_hamkorlik

💠 O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi hamda O‘zbekiston Respublikasidagi Trayangl tadqiqot institutini filiali bilan hamkorlikda “O‘zbekiston barkamollik uchun ta’lim dasturi” doirasda Namangan va Sirdaryo viloyatlaridan tanlab olingan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida inklyuzivlik holatlarini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot ishlarini yakunlaganini bildiradi. Joriy yilning 26-yanvar kuni “O‘zbekiston barkamollik uchun ta’lim dasturi” loyihasi rahbari Geri Burkholder hamda mas’ul xodimlari tomonidan loyihaning yakuni haqida ma’lumotlar berildi.

🔰 Respublika tashxis markazi kanallariga obuna bo'lish:➡️➡️➡️
✈️
Telegram|Facebook|🌐Instagram|📹You Tube|🌐info-tashxis.uz
👫 2024-yil 20-fevral kuni USAIDning O‘zbekistondagi missiyasi direktori Devid Xofman tegishli hukumat hamkor tashkilotlari bilan birgalikda USAIDning besh yillik “Barcha bolalar muvaffaqiyatli” loyihasi Toshkentda ishga tushirildi.

🇺🇿 Oʻzbekiston hukumati nogironligi boʻlgan bolalar huquqlarini himoya qilish boʻyicha qat’iy choralar koʻrdi. USAIDning “Barcha bolalar muvaffaqiyatli” loyihasi inklyuziv ta’lim bilan bog‘liq uchta muhim yo‘nalishni qo‘llab-quvvatlanishni taklif etdi: inklyuziv ta’lim uchun qulay o‘quv-metodik materiallar, o‘qituvchilar uchun amaliyot va maktab muhitini yaratish, shu bilan birga asosiy manfaatdor tomonlar, ya’ni o‘qituvchilar va nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan birgalikda ishlab chiqilgan barqaror siyosatni rivojlantirish.

🤝 Tadbir yakunida Creative Associates International, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirliklari tomonidan sifatli inklyuziv ta’limni tashkil etish va O‘zbekistondagi barcha bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida hamkorlikda ish olib borish nazarda tutilgan Hamkorlik Kelishuvi imzolandi.

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
25 mln. AQSH dollari miqdorida mablag' ajratilgan loyiha.

muxbir: Hilola Muhammadjonova

#Toshkent shahri

@hududtv
Forwarded from Xushnudbek.uz
Creative Associates International Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan O‘zbekistondagi barcha bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida hamkorlikda ish olib boradi

Toshkentda USAIDning besh yillik “Barcha bolalar muvaffaqiyatli” loyihasi ishga tushirildi. Loyiha inklyuziv ta’lim bilan bog‘liq uchta muhim yo‘nalishni qo‘llab-quvvatlaydi: inklyuziv ta’lim uchun qulay o‘quv-metodik materiallar, o‘qituvchilar uchun amaliyot va maktab muhitini yaratish, shu bilan birga asosiy manfaatdor tomonlar, ya’ni o‘qituvchilar va nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan birgalikda ishlab chiqilgan barqaror siyosatni rivojlantirish.

Tadbir yakunida Creative Associates International, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirliklari tomonidan sifatli inklyuziv ta’limni tashkil etish va O‘zbekistondagi barcha bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida hamkorlikda ish olib borish nazarda tutilgan hamkorlik kelishuvi imzolandi.


👉 @xushnudbek 👈