#yangi_nashr
“Galaktikada bir kun” — 2
Koinot javohiri
Kitobda Ahmad ismli yigitchaning o'zga sayyoralik do'stlari bilan koinotning olis maskanlarida boshdan kechirgan sarguzashtlari aks etgan.
Asar syujeti fizika va astrofizikaning nisbiylik nazariyasi, kvant mexanikasi, kvant chigalligi, umumiy maydon nazariyasi, torlar nazariyasi, atom fizikasi, gravitatsiya kabi ilmiy muammolari va gipotezalari asosiga qurilgan.
Shunday ekan, asar sizga maroqli mutolaa bilan birga ilm-fan yutuqlaridan zavqlanish va hayratlanish imkonini ham beradi.
👉 “Galaktikada bir kun” — 1
Muallif: Sa'dullo Quronov
Muqova: yumshoq
Hajmi: 216 bet
Narxi: 35 000 so‘m
Xarid: t.iss.one/akademsavdo
📮 O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beriladi.
📘 @akademnashr

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Cho’lpon, Harper Li, Jeyms Joys, Rauf Parfi — “Kotta” qizlarning qo’rqinchli bandasi :)
📘 @akademnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Galaktikada bir kun” deb nomlangan ilmiy-fantastik asarni oʻqib chiqqach, bildimki, millatimizga maʼrifiy dard ilashib, va nihoyat, dunyoni tanimoq tashvishiga tushibdi.
Saʼdullo Quronov bu asari orqali mening koʻz oʻngimda shunchaki ilmiy-fantastikaga qiziqqan ijodkor emas, balki qoʻli kelishib qolgan iqtidorli yozuvchi sifatida namoyon boʻldi.
Ahmadning tushi, tushdagi oʻzaro olishuvlar tasvirining realligi, 2036 yilda ham onaning ona sifatida, otaning ota sifatida oʻz oʻrnida boʻlishi, bola koʻplab muammolarini otasiga emas, onasiga aytishi kabi holatlar asarning oʻzimizning milliy ruhda bitilganidan darak beradi.
Qozoqboy Yo‘ldoshev,
Pedagogika fanlari doktori, professor
Xarid: t.iss.one/akademsavdo
📘 @akademnashr
Saʼdullo Quronov bu asari orqali mening koʻz oʻngimda shunchaki ilmiy-fantastikaga qiziqqan ijodkor emas, balki qoʻli kelishib qolgan iqtidorli yozuvchi sifatida namoyon boʻldi.
Ahmadning tushi, tushdagi oʻzaro olishuvlar tasvirining realligi, 2036 yilda ham onaning ona sifatida, otaning ota sifatida oʻz oʻrnida boʻlishi, bola koʻplab muammolarini otasiga emas, onasiga aytishi kabi holatlar asarning oʻzimizning milliy ruhda bitilganidan darak beradi.
Qozoqboy Yo‘ldoshev,
Pedagogika fanlari doktori, professor
Xarid: t.iss.one/akademsavdo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Sanjar Nazar
“Izlam”ning ikkinchi fasli ustida ishlayapmiz. Mazza. Taniqli va yangi nomlar. Anʼanaviy va yangicha qarashlar. Tirik adabiyot!
Bu safar mualliflar soni ko‘proq bo‘ladi, lekin avlodning hamma munosib vakillari sig‘may qoladi, baribir. Ayniqsa, nazmda. Bu safar nasr tosh bosyapti. Badiiy publitsistika va adabiyotshunoslik ham bor.
Noshirlikni sevaveraman...
Telegram | Instagram | Facebook
Bu safar mualliflar soni ko‘proq bo‘ladi, lekin avlodning hamma munosib vakillari sig‘may qoladi, baribir. Ayniqsa, nazmda. Bu safar nasr tosh bosyapti. Badiiy publitsistika va adabiyotshunoslik ham bor.
Noshirlikni sevaveraman...
Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Esimda. Maktab kutubxonasiga Nazar Eshonqulning "Yalpiz hidi" nomli yangi kitobi keladi. 9-sinf "Adabiyot" darsligining oxirida "Shamolni tutib bo‘lmaydi" nomli sirli hikoya haqida gap ketgan va bu nom o‘sha hikoya orqali yodda qolgandi.
Kitobda esa shu hikoya ham o‘rin olgan edi. Ammo "Urush odamlari" qissasi meni chinakamiga mahliyo qilgan, Biydi momoga nisbatan keskin nafrat uyg‘otgandi. Normat bilan Anziratga aniq bir munosabat shakllanmagan, oqlash-qoralash haqida o‘y bo‘lmagan. Normatning esa urushdan qaytib kelgach, xotini Anziratning homilador ekanini bilib qolib, xotinini kaltaklagani juda og‘ir hissiyatni bergan. Qani, rais yonimda bo‘lsayu, masalan, bo‘g‘ziga pichoq tortib yuborsam.
Shundan keyin qissa mening eng sevimli asarlarimdan biri bo‘lib qoladi. Asardagi o‘ziga xos til, sof o‘zbekona ifoda tarzi, samimiylik bunga asos bo‘lgan desam, to‘g‘ri bo‘ladi.
Xurshid Abdurashid
👉 To'liq maqola
👉 Nazar Eshonqul asarlari
Xarid: t.iss.one/akademsavdo
📘 @akademnashr
Kitobda esa shu hikoya ham o‘rin olgan edi. Ammo "Urush odamlari" qissasi meni chinakamiga mahliyo qilgan, Biydi momoga nisbatan keskin nafrat uyg‘otgandi. Normat bilan Anziratga aniq bir munosabat shakllanmagan, oqlash-qoralash haqida o‘y bo‘lmagan. Normatning esa urushdan qaytib kelgach, xotini Anziratning homilador ekanini bilib qolib, xotinini kaltaklagani juda og‘ir hissiyatni bergan. Qani, rais yonimda bo‘lsayu, masalan, bo‘g‘ziga pichoq tortib yuborsam.
Shundan keyin qissa mening eng sevimli asarlarimdan biri bo‘lib qoladi. Asardagi o‘ziga xos til, sof o‘zbekona ifoda tarzi, samimiylik bunga asos bo‘lgan desam, to‘g‘ri bo‘ladi.
Xurshid Abdurashid
👉 To'liq maqola
Xarid: t.iss.one/akademsavdo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tez kunda!
▪️ O‘tkirjonning o‘nta o‘rdak ukasi (fantastik qissa)
▪️ Tolqon botir yoxud paqir kiygan ritsar (ertak-qissa)
Muallif: Qobiljon Shermatov
📘 @akademnashr | #yangi_nashr

#taqdimot
Ertaga, 7-dekabr soat 15:00 da shoir Faxriyorning "Izlam" kitobi taqdimoti bo'lib o'tadi.
Barcha she'riyat muxlislarini mazkur taqdimotga taklif etamiz.
Manzil: Yoshlar ishlari agentligi press klubi

#iqtibos
«Axloqli kishi o‘g‘rilik bulog‘idan suv ichmagay deb eshitganman, vijdoni pok kishi tahqiromuz xayr-sadaqani qabul qilmas, ayniqsa, qanday qilib o‘zgalarning yo‘qolgan narsalarini topib olsa, o‘zlashtirib olib o‘z nomini bulg‘asin?»
📘 Sariq ajdar o'gitlari
📘 @akademnashr | #yangi_nashr
«Axloqli kishi o‘g‘rilik bulog‘idan suv ichmagay deb eshitganman, vijdoni pok kishi tahqiromuz xayr-sadaqani qabul qilmas, ayniqsa, qanday qilib o‘zgalarning yo‘qolgan narsalarini topib olsa, o‘zlashtirib olib o‘z nomini bulg‘asin?»
📘 Sariq ajdar o'gitlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangi_nashr
📘 Turkistonda jadidchilik
📝 8-dekabr — Konstitutsiya kuni munosabati bilan kitobxonlarimizga yangi tuhfa
Kitobda XX asr boshlarida shakllana boshlagan jadidchilik harakati, chor hukumatining ushbu harakat rivojiga qo‘ygan to‘siqlari, inkor etish va ruslashtirish siyosatining jadidchilik va uning vakillariga ko‘rsatgan ta’siri hamda jadidchilikning yetuk namoyandalari faoliyati bilan bog‘liq faktik materiallar tahlil qilingan.
Kitob quyidagi 7 bobni o'z ichiga olgan:
▪️Ta’lim uchun kurash: turkiston ma’muriyatining inkor etish siyosati, ruslashtirish va jadidchilik
▪️Jadid maktablari – buyuk kelajak poydevori
▪️Milliy g‘oya va jadidchilik
▪️«Tarjimon»ning Turkistonda milliy
matbuot shakllanishiga ta’siri
▪️Jadidlar va Turkiston tarixi masalasi
▪️Ismoil Gasprinskiy va Turkiston
▪️Turkiston jadidchiligining «manifesti»ni
yaratgan jadid: Abdurauf Fitrat
Muallif: Zaynobiddin Abdirashidov
Hajmi: 264 bet
Muqova: yumshoq
Narxi: 50 000 so‘m
Xarid: t.iss.one/akademsavdo
📘 @akademnashr | #sotuvda

🐜 Chumolilar bola tarbiyasiga nihoyatda e'tiborli ekan. Ular: “Hayotda bir yil maza qilib yashayman desang, dehqonchilik qil, o'n yil maza qilish uchun bog'bonchilik qil, yuz yil va undan ham ko'proq maza qilib yashayman desang, bolalar tarbiyasi bilan mashg'ul bo'l” degan shiorga amal qilisharkan. Ha, ular uchun bola tarbiyasi hamma narsadan muhim, hamma narsadan ustun ekan.
📘 CHUMOLILAR SALTANATI
Muallif: Erkin Malik
Muqova: yumshoq
Hajmi: 160 bet, rangli
Narxi: 45 000 so‘m

PUANKARE MAVJUDOTLARI
O‘tgan hafta “Toshkent” TV kanalida “Puankare” filmi qo‘yildi. “Puankare” haqda yozmaslik yaxshi emas.
Yozuvchi Abduqayum Yo‘ldosh 2010 yillar atrofida “Puankare” qissasini e’lon qilgandi. Zo‘r asar. Bir nafasda, nafas chiqarmasdan o‘qiladi. Yozuvchi ham bir nafasda yozgan, shunday tuyuladi.
“Puankare” O‘zbekiston sharoiti uchun zo‘r film. Film texnik saviyasi qanday darajada ekani, masalan, kamina uchun qiziq emas, lekin O‘zbekiston sharoitida bu film boshqa filmlarga qattiq tarsaki urgan. Bu tarsakini, albatta, “Puankare” qissasi syujeti va ma’nosi qo‘llab-quvvatlagan.
Jamiyat pulga sig‘inuvchilardan iborat ekaniga film oyna tutadi. Qadriyatni pulga almashadigan to‘dalar guruhini faqat och yurgan idrok egasi ko‘rishi mumkin. Bo‘m-bo‘sh qorin egasi ma’naviy durbin sohibi bo‘lish imkoniyati bor.
Qadriyat manipulyatsiya qilinadi. Hayotning ma’nosi pul topish. Yirik biznesmenlar bilan intervyularda, shu narsa qadriyat manipulyatsiyasi panasida ko‘rinib turardi. Pul topib zerikishmaydimi? Qandaydir boshqa olam bordir degan savolni ham qo‘yishmaydi. “Faqat o‘lganimizdan keyin” degan nigilistik ruhdagi ichki kayfiyat butun jamiyatda hukmron. Olim Puankare gipotezasi.
“Puankare” filmini ko‘rish kerak. O‘qimaganlar, “Puankare” asarini o‘qing. Durbin sohibi bo‘laman desangiz, bir necha yil och va pulsiz yurishni ham mashq qiling.
Murod Chovush

Yoshlar ishlari ishlari agentligida bo‘lib o‘tgan Faxriyorning “Izlam” kitobi taqdimotidan olingan suratlar.
📘 @akademnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM