YURIDIK TEXNIKUMLAR
2.01K subscribers
12.4K photos
821 videos
45 files
4.63K links
🇺🇿 Yuridik texnikumlarning rasmiy kanali

📞 71-233-66-36

Facebook: www.fb.com/Yuridiktexnikum
Instagram: https://www.instagram.com/yuridiktexnikum/

Murojaat uchun: @yuridiktexnikumlar_bot
Download Telegram
🏛Samarqand viloyati yuridik texnikumi yoshlar bilan ishlash bo'yicha direktor o'rinbosari J.Otaqulov tomonidan yangi tahrirda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi mazmun-mohiyatiga bag'ishlangan ochiq dars mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

🔰Ochiq dars davomida yangi tahrirda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasiga kiritilgan yangi normalarning mazmun mohiyati atroflicha tushuntirildi.

Shuningdek, texnikum axborot-resurs markazida O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasiga bag‘ishlangan burchak ham tashkil etildi.

Batafsil...

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | • Instagram
⚡️Qoraqalpog‘iston Respublikasi yuridik texnikumida Qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan sana munosabati bilan "Ona tilim mangu ardoqlanadi" mavzusida adabiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tdi.

🔹Unda faol ishtirok etgan o‘quvchilar qoraqalpoq tilini madh etuvchi sahna ko‘rinishlari kuy va qo‘shiqlarni xirgoya qilib milliy raqslarni ijro etishdi.

🔸Shuningdek, tadbirda o‘quvchilar tomonidan qoraqalpoq tili turkiy tillarning qipchoq guruhiga mansub tillardan ekanligi, qozoq va noʻgʻay tillari bilan birgalikda qipchoq tillarining qipchoqnoʻgʻay guruhchasini tashkil etishi, bugungi kunda qoraqalpoq tilida gaplashuvchilar soni 1 mlnga yaqin va ayni damda Qoraqalpogʻiston Respublikasida istiqomat qiluvchi qoraqalpoq xalqining ona tili ekanligi ta'kidlab o'tildi.

Batafsil...

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | • Instagram
Forwarded from Manaviyat.edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Konstitutsiya_muloqot_soati

📹Sirdaryo viloyati yuridik texnikumida 8-dekabr "O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun" munosabati bilan Sirdaryo viloyati sudi tomonidan Konstitutsiya normalarini toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻllash masalalari xususida muloqot soati bo‘lib o‘tdi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | • Instagram
Forwarded from Huquqiy axborot
#Диққат_танлов

🔰“Huquq maktabi” танловида иштирок этишга қизиқиш кутилганидан кўра юқорилиги сабабли ҳамда кўплаб иштирокчиларнинг сўровини инобатга олган ҳолда танлов муддати 2024 йил 25 декабрь кунига қадар узайтирилди!

❗️Эслатиб ўтамиз, танловда иштирок этиш орқали iPhone 16 Pro ютиб олиш имкониятини қўлга киритасиз.

📌 Танловга оид батафсил маълумот билан мазкур ҳавола орқали танишишингиз мумкин.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
📝 #ochiq_dars

🏛 Jizzax viloyati yuridik texnikumi "Mutaxasislik fanlar" kafedrasining Fuqarolik protsessual huquqi moduli o‘qituvchisi Z.Mamedova  tomonidan "Alohida tartibda ish yuritish" mavzusida ochiq dars bo‘lib o‘tdi.

🔹Dars mashg‘uloti zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda "Sirli sandiqcha, ochiq test, kichik axborotli maʼruza"  metodlari asosida olib borildi.

🔸 Dars davomida o‘quvchilar  guruhlarga bo‘lingan holda mavzuga oid ma'lumotlarni ochib berdi hamda o‘zlari uchun kerakli bo‘lgan yangi bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lishdi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | • Instagram
⚡️Navoiy viloyati yuridik texnikumida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligini keng nishonlash maqsadida tadbir tashkil etildi.

🔹Mazkur tadbir TDYU ning "Yangi O'zbekistonni birgalikda quramiz!" shiori ostidagi "Targ'ibot poyezdi" loyihasining "Konstitusiyam- faxrim mening!" mavzusida o'tkazildi.

🔸Tadbirda, TDYUning o'qituvchi va iqtidorli talabalari tomonidan yangilangan konstitutsiyaning mazmun-mohiyatiga bag'ishlangan ommabop ma'ruzalar qilinib, viktorinalar uyushtirildi.

🔺Shunindek, texnikum o‘quvchilari o‘rtasida kahoot dasturi orqali “Konstitutsiya bilimdoni” onlayn tanlovi o‘tkazildi.

Bellashuvlarning faol ishtirokchilariga TDYU "Targ'ibot poyezdi" a'zolari tomonidan esdalik sovg'alari va tashakkurnomalar topshirildi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | • Instagram
Forwarded from TDYU_Ma'naviyat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Andijon viloyat yuridik texnikumida “Konstitutsiya - xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot uchun asos” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

🔹Viloyat adliya boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari tomonidan yangi tahrirdagi Konstitutsiyada belgilangan asosiy prinsiplar, inson va fuqaroning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari hamda jamiyat va shaxs masalalari, davlat hokimiyatining tashkil etilishi, saylov tizimidagi fundamental vazifalar kabi mavzular yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

🔸Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyatini aholi, ayniqsa, yoshlar orasida keng targ‘ib qilish, fuqarolarimizning Konstitutsiyaga oid va huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan.

Tadbir doirasida yoshlarning Konstitutsiya borasidagi bilimlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan viktorina tashkil etilib, savollarga to‘g‘ri javob bergan ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

@Adliya_yuridik_texnikum