YURIDIK TEXNIKUMLAR
2.01K subscribers
12.4K photos
821 videos
45 files
4.63K links
🇺🇿 Yuridik texnikumlarning rasmiy kanali

📞 71-233-66-36

Facebook: www.fb.com/Yuridiktexnikum
Instagram: https://www.instagram.com/yuridiktexnikum/

Murojaat uchun: @yuridiktexnikumlar_bot
Download Telegram
📝 #ochiq_dars

🏛 Jizzax viloyati yuridik texnikumi "Mutaxasislik fanlar" kafedrasining Fuqarolik protsessual huquqi moduli o‘qituvchisi Z.Mamedova  tomonidan "Alohida tartibda ish yuritish" mavzusida ochiq dars bo‘lib o‘tdi.

🔹Dars mashg‘uloti zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda "Sirli sandiqcha, ochiq test, kichik axborotli maʼruza"  metodlari asosida olib borildi.

🔸 Dars davomida o‘quvchilar  guruhlarga bo‘lingan holda mavzuga oid ma'lumotlarni ochib berdi hamda o‘zlari uchun kerakli bo‘lgan yangi bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lishdi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | • Instagram
⚡️Navoiy viloyati yuridik texnikumida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligini keng nishonlash maqsadida tadbir tashkil etildi.

🔹Mazkur tadbir TDYU ning "Yangi O'zbekistonni birgalikda quramiz!" shiori ostidagi "Targ'ibot poyezdi" loyihasining "Konstitusiyam- faxrim mening!" mavzusida o'tkazildi.

🔸Tadbirda, TDYUning o'qituvchi va iqtidorli talabalari tomonidan yangilangan konstitutsiyaning mazmun-mohiyatiga bag'ishlangan ommabop ma'ruzalar qilinib, viktorinalar uyushtirildi.

🔺Shunindek, texnikum o‘quvchilari o‘rtasida kahoot dasturi orqali “Konstitutsiya bilimdoni” onlayn tanlovi o‘tkazildi.

Bellashuvlarning faol ishtirokchilariga TDYU "Targ'ibot poyezdi" a'zolari tomonidan esdalik sovg'alari va tashakkurnomalar topshirildi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | • Instagram
Forwarded from TDYU_Ma'naviyat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Andijon viloyat yuridik texnikumida “Konstitutsiya - xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot uchun asos” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

🔹Viloyat adliya boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari tomonidan yangi tahrirdagi Konstitutsiyada belgilangan asosiy prinsiplar, inson va fuqaroning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari hamda jamiyat va shaxs masalalari, davlat hokimiyatining tashkil etilishi, saylov tizimidagi fundamental vazifalar kabi mavzular yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

🔸Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyatini aholi, ayniqsa, yoshlar orasida keng targ‘ib qilish, fuqarolarimizning Konstitutsiyaga oid va huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan.

Tadbir doirasida yoshlarning Konstitutsiya borasidagi bilimlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan viktorina tashkil etilib, savollarga to‘g‘ri javob bergan ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

@Adliya_yuridik_texnikum
⚡️Yoshlar o‘rtasida sog’lom turmush tarzini shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida sportning “Shaxmat” turi boʻyicha oʻquvchilari oʻrtasida “Sportni sev, sport bilan yasha” shiori ostida “Direktor kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada yuridik texnikumning 1- va 2- kurs o‘quvchilari faol ishtirok etdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar munosib taqdirlandi.

🔹"Qizg‘in bahslarga bo‘y bo‘lgan musobaqalarni o'tkazilishi texnikum yoshlari o'rtasida sog'lom turmush tarziga amal qilish va do'stona muhitni yanada mustahkamlashga hissa qo'shadi" - deya takidlab o'tdi: texnikumning sport murabbiysi Sh.Madaminov.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | • Instagram
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM