YURIDIK TEXNIKUMLAR
2.06K subscribers
12.3K photos
817 videos
45 files
4.61K links
🇺🇿 Yuridik texnikumlarning rasmiy kanali

📞 71-233-66-36

Facebook: www.fb.com/Yuridiktexnikum
Instagram: https://www.instagram.com/yuridiktexnikum/

Murojaat uchun: @yuridiktexnikumlar_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi tomonidan "Vatan kelajagi yoshlar qo‘lida!" loyihasi doirasida har yili an'anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan "Konstitutsiya bilimdoni" ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

1.
Buxoro viloyati yuridik texnikumi
2. Jizzax viloyati yuridik texnikumi
3. Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi
4.
Navoiy viloyati yuridik texnikumi
5. Namanagan viloyati yuridik texnikumi
6. Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi
7. Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi
8. Xorazm viloyati yuridik teYoshlar

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | • Instagram
⚡️Surxondaryo viloyati yuridik texnikumida Termiz davlat universitetining  Yuridik fakulteti "Jinoyat huquqi va fuqarolik protsessi" kafedrasi o'qituvchisi K.Xoldorov texnikum “Mutaxassislik fanlari” kafedrasi mudiri J.Erniyazov hamda kadrlar bo’yicha inspektor G.Tagayeva ishtrokida  Yuridik xizmat yo’nalishi 2-24-guruhi o’quvchilari  uchun  “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida davra suhbati olib bordi.

Davra suhbati davomida, Korrupsiya har qanday davlat va jamiyat rivojiga jiddiy salbiy taʼsir koʻrsatuvchi xavfli omil, barcha mamlakatlarga tahdid soluvchi murakkab iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hodisa ekanligi haqida aytib o‘qildi.

❗️Shuningdek, respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimiga oid qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati va uning maqsad vazifalari haqida batafsil ma'lumotlar berib o‘tildi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | • Instagram
#Ochiq_dars

⚡️Ingliz tilini o'rganish bugungi taraqqiyotning asosiy shartlaridan biridir. Binobarin, yosh avlod o'rtasida ushbu fanga bo'lgan qiziqishni nafaqat oshirish pedagoglar zimmasiga ham mas'uliyat yuklaydi.

Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi o'qituvchisi Sh.Abdurasulova Yuristlar uchun ingliz tili fanidan "Health and fitness" mavzusida ochiq dars mashg'ulotini o'tkazdi.

Ochiq dars jarayoni zamonaviy pedagogik texnologiyalardan hamda interfaol metodlardan keng foydalangan xolda oʻtkazildi.

Batafsil...

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | • Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Toshkent shahar sudi sudyalari yuridik texnikum o‘quvchilari bilan muloqot o‘tkazdi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | • Instagram
🏛Samarqand viloyati yuridik texnikumi yoshlar bilan ishlash bo'yicha direktor o'rinbosari J.Otaqulov tomonidan yangi tahrirda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi mazmun-mohiyatiga bag'ishlangan ochiq dars mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

🔰Ochiq dars davomida yangi tahrirda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasiga kiritilgan yangi normalarning mazmun mohiyati atroflicha tushuntirildi.

Shuningdek, texnikum axborot-resurs markazida O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasiga bag‘ishlangan burchak ham tashkil etildi.

Batafsil...

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | • Instagram
⚡️Qoraqalpog‘iston Respublikasi yuridik texnikumida Qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan sana munosabati bilan "Ona tilim mangu ardoqlanadi" mavzusida adabiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tdi.

🔹Unda faol ishtirok etgan o‘quvchilar qoraqalpoq tilini madh etuvchi sahna ko‘rinishlari kuy va qo‘shiqlarni xirgoya qilib milliy raqslarni ijro etishdi.

🔸Shuningdek, tadbirda o‘quvchilar tomonidan qoraqalpoq tili turkiy tillarning qipchoq guruhiga mansub tillardan ekanligi, qozoq va noʻgʻay tillari bilan birgalikda qipchoq tillarining qipchoqnoʻgʻay guruhchasini tashkil etishi, bugungi kunda qoraqalpoq tilida gaplashuvchilar soni 1 mlnga yaqin va ayni damda Qoraqalpogʻiston Respublikasida istiqomat qiluvchi qoraqalpoq xalqining ona tili ekanligi ta'kidlab o'tildi.

Batafsil...

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | • Instagram
Forwarded from Manaviyat.edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Konstitutsiya_muloqot_soati

📹Sirdaryo viloyati yuridik texnikumida 8-dekabr "O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun" munosabati bilan Sirdaryo viloyati sudi tomonidan Konstitutsiya normalarini toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻllash masalalari xususida muloqot soati bo‘lib o‘tdi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | • Instagram
Forwarded from Huquqiy axborot
#Диққат_танлов

🔰“Huquq maktabi” танловида иштирок этишга қизиқиш кутилганидан кўра юқорилиги сабабли ҳамда кўплаб иштирокчиларнинг сўровини инобатга олган ҳолда танлов муддати 2024 йил 25 декабрь кунига қадар узайтирилди!

❗️Эслатиб ўтамиз, танловда иштирок этиш орқали iPhone 16 Pro ютиб олиш имкониятини қўлга киритасиз.

📌 Танловга оид батафсил маълумот билан мазкур ҳавола орқали танишишингиз мумкин.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
📝 #ochiq_dars

🏛 Jizzax viloyati yuridik texnikumi "Mutaxasislik fanlar" kafedrasining Fuqarolik protsessual huquqi moduli o‘qituvchisi Z.Mamedova  tomonidan "Alohida tartibda ish yuritish" mavzusida ochiq dars bo‘lib o‘tdi.

🔹Dars mashg‘uloti zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda "Sirli sandiqcha, ochiq test, kichik axborotli maʼruza"  metodlari asosida olib borildi.

🔸 Dars davomida o‘quvchilar  guruhlarga bo‘lingan holda mavzuga oid ma'lumotlarni ochib berdi hamda o‘zlari uchun kerakli bo‘lgan yangi bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lishdi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | • Instagram
⚡️Navoiy viloyati yuridik texnikumida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligini keng nishonlash maqsadida tadbir tashkil etildi.

🔹Mazkur tadbir TDYU ning "Yangi O'zbekistonni birgalikda quramiz!" shiori ostidagi "Targ'ibot poyezdi" loyihasining "Konstitusiyam- faxrim mening!" mavzusida o'tkazildi.

🔸Tadbirda, TDYUning o'qituvchi va iqtidorli talabalari tomonidan yangilangan konstitutsiyaning mazmun-mohiyatiga bag'ishlangan ommabop ma'ruzalar qilinib, viktorinalar uyushtirildi.

🔺Shunindek, texnikum o‘quvchilari o‘rtasida kahoot dasturi orqali “Konstitutsiya bilimdoni” onlayn tanlovi o‘tkazildi.

Bellashuvlarning faol ishtirokchilariga TDYU "Targ'ibot poyezdi" a'zolari tomonidan esdalik sovg'alari va tashakkurnomalar topshirildi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | • Instagram
Forwarded from TDYU_Ma'naviyat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Andijon viloyat yuridik texnikumida “Konstitutsiya - xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot uchun asos” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

🔹Viloyat adliya boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari tomonidan yangi tahrirdagi Konstitutsiyada belgilangan asosiy prinsiplar, inson va fuqaroning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari hamda jamiyat va shaxs masalalari, davlat hokimiyatining tashkil etilishi, saylov tizimidagi fundamental vazifalar kabi mavzular yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

🔸Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyatini aholi, ayniqsa, yoshlar orasida keng targ‘ib qilish, fuqarolarimizning Konstitutsiyaga oid va huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan.

Tadbir doirasida yoshlarning Konstitutsiya borasidagi bilimlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan viktorina tashkil etilib, savollarga to‘g‘ri javob bergan ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

@Adliya_yuridik_texnikum