YURIDIK TEXNIKUMLAR
2.06K subscribers
12.3K photos
817 videos
45 files
4.61K links
🇺🇿 Yuridik texnikumlarning rasmiy kanali

📞 71-233-66-36

Facebook: www.fb.com/Yuridiktexnikum
Instagram: https://www.instagram.com/yuridiktexnikum/

Murojaat uchun: @yuridiktexnikumlar_bot
Download Telegram
Jizzax viloyati yuridik texnikumida “Men tavsiya qilaman - 2024” chellenji g‘oliblari taqdirlandi.

📚 Toshkent davlat yuridik universiteti Axborot-resurs markazi tomonidan yoshlarimizning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida “Men tavsiya qilaman - 2024!” shiori ostida o‘tkazilgan kitob chellenjida faol ishtirok etgan o‘quvchilar taqdirlandi.

✔️Mazkur chellenjda faol ushtirok etgan o'quvchilar bilan tanishing:

🔺Esonova Sitora Berdiboy qizi I-darajali diplom;
🔺Qo‘chqorova Laylo Bahrom qizi II-darajali diplom;
🔺Abduraxmonov Sultonbek Kamoljon o‘g‘li tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.

Tadbir davomida TDYU tomonidan Jizzax viloyati yuridik texnikumi Axborot-resurs markaziga yetkazib berilgan "Yangi avlod darsliklari" taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
• Telegram | • Instagram
⚡️ Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi pedagog-xodimlari S.Jalilova va Sh.Qo'ldosheva tomonidan Qarshi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi o'quvchilari uchun o'quv-seminari tashkil etildi.

Seminarda "Tibbiyot xodimlarining mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o'ziga xos xususiyatlari va ularning huquqiy javobgarligi" mavzusida so'z yuritildi.

Bugungi kunda mamlakatimizda inson qadrini ulug'lashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Yurtimizda majburiy mehnatning bekor qilinishi, har bir soha xodimlarining huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan qator qonunlar, normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinayotganligini ta'kidlashimiz lozim.

Mazkur seminar o'quvchi-yoshlarning huquqiy jihatdan bilim va ko'nikmalarini rivojlantirishga, ish hamda o'qish jarayonida yuzaga kelayotgan muammoli vaziyatlarga yechim topishga xizmat qiladi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
• Telegram | • Instagram
#Yangilik

⚡️Mamalakatimizda yoshlarning huquqiy bilimlarini turli interaktiv usullarda egallashini ta'minlash maqsadida "Huquq maktabi" onlayn iinovatsion ta'lim platformasi yaratildi.

Endilikda ushbu platforma orqali huquqiy savodxonligingizni oshirish imkoniga ega bo‘lasiz.

Quyidagi havola orqali ilovani yuklab olib istagan vaqtingizda foydalaning:

📌 Huquq maktab android telefonlar uchun 👉 https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.jasurkholiqulov.huquqmaktabi&hl=en_US

📌 Huquq maktab IOS telefonlar uchun
👉https://apps.apple.com/uz/app/huquq-maktabi-mobile/id6544800269

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
• Telegram | • Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

⚡️So’nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda Yuridik ta’lim sohasiga berilayotgan e'tibor haqida Navoiy viloyatining markaziy televideniyasi “Yuksalish yo’lida” ko’rsatuvi orqali keng yoritildi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
• Telegram | • Instagram
#Bilasizmi

⚡️ Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ta'limni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda.

Bu borada qator loyihalar amalga oshirildi. Ulardan biri respublikadagi huquq fani o‘qituvchilariga ko‘maklashish maqsadida Telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali doimiy faoliyat olib boruvchi "Huquq ta'limi" sahifasi yaratildi.

Mazkur sahifada sohaga oid qonunchilikdagi yangiliklar, darsliklar, o‘quv dasturlari va qo‘llanmalar shu bilan birga sohaga oid munozaralarni o‘tkazish bo‘yicha ma'lumotlarni olish mumkin.

📌 Quyida siz havola orqali sahifani kuzatib boring 👉 https://t.iss.one/huquq_talimi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
• Telegram | • Instagram
#OCHIQ_DARS

⚡️Farg‘ona viloyati yuridik texnikumining “Mutaxassislik fanlari” kafedrasi o‘qituvchisi O.Usmonova tomonidan “Sud-huquqiy faoliyat” yo‘nalishi 43-24 guruh o‘quvchilari uchun "Davlat funksiyalari" mavzusida ochiq dars bo‘lib o‘tdi.

🔹 Ochiq dars davomida interfaol usullar, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan keng foydalanildi.

🔹 Shuningdek, darsga oid taqdimot asosida mavzu atroflicha bayon qilindi. Kichik guruhlar ishi musobaqa shaklida tashkil etildi.

🔹 Darsni texnikumning tajribali hamda yosh o‘qituvchilari kuzatib bordi va ijobiy baho berishdi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
• Telegram | • Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#adliya_rahbar_va_yoshlar

⚡️Navoiy viloyat adliya boshqarmasida "Ochiq eshiklar kuni" tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Unda yuridik texnikum o'quvchilari faol ishtirok etdi.

Tadbir ishtirokchilari uchun boshqarma binosida shahar Davlat xizmatlari markazida adliya organlarining maxsus ko'rgazmasi tashkil etildi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
• Telegram | • Instagram
⚡️Adliya vazirligi yuridik texnikumlari pedagog xodimlariga o‘quv-metodik ko‘maklashish va o‘quvchilar bilimini baholash bo‘yicha seminar-treninglar haftaligi boshlandi.

Mazkur haftalik doirasida TDYUning professor-o‘qituvchilari tomonidan yuridik texnikumlarning pedagog xodimlari uchun o‘quvchilar bilimini baholash bo‘yicha tushuntirish berib boriladi.

Seminar-treninglarda, fanning o‘quv dasturi (sillabus) bo‘yicha belgilangan muddatlarda ushbu fanlarga mas'ul pedagog xodimlar hamda o‘quv-metodik bo‘limlar ishtirok etishlari nazarda tutilgan.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
• Telegram | • Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Foydali

"Huquq maktabi" — huquqni oʻrganishda sizning shaxsiy yordamchingiz

Bugun biz ushbu ilovaga qanday oson va tez roʻyxatdan oʻtish haqida aytib beramiz.

Avvalo, smartfoningizdagi App Store yoki Play Market-ni oching. Qidiruv qatoriga "Huquq maktabi" deb yozing va ilovani yuklab oling.

Oʻrnatgandan soʻng, ilovani ishga tushiring va "Akkaunt yaratish" tugmasini bosing. Telefon raqamingizni kiriting va "Davom etish" tugmasini bosing. Sizga SMS orqali tasdiqlash kodi yuboriladi — uni tegishli maydonchaga kiriting.

Endi shaxsiy maʼlumotlaringizni toʻldiring. Faoliyat sohasini va maʼlumotingizni koʻrsating. Keyin ishonchli parol oʻylab toping va "Roʻyxatdan oʻtish" tugmasini bosing.

Tabriklaymiz! Sizning roʻyxatdan oʻtishingiz muvaffaqiyatli yakunlandi. Endi siz "Huquq maktabi" ilovasining barcha imkoniyatlaridan foydalanishingiz va mavjud oʻquv kurslarini koʻrib chiqishingiz mumkin.

"Huquq maktabi"ga bugunoq qoʻshiling va huquqiy bilimlar dunyosini oʻzingiz uchun kashf eting!
______________

«Huquq maktabi» — ваш персональный помощник в изучении права

Расскажем, как легко и быстро зарегистрироваться в приложении.

Для начала откройте App Store или Play Market на вашем смартфоне. В поисковой строке введите «Huquq maktabi» и скачайте приложение.

После установки запустите приложение и нажмите на кнопку «Создать аккаунт». Введите свой номер телефона и нажмите «Продолжить». Вам придёт СМС с кодом подтверждения — введите его в соответствующее поле.

Теперь заполните свои личные данные. Укажите сферу деятельности и уровень образования. Затем придумайте надёжный пароль и нажмите кнопку «Зарегистрироваться».

Поздравляем! Ваша регистрация успешно завершена. Теперь вы можете пользоваться всеми возможностями приложения «Huquq maktabi» и ознакомиться с доступными курсами обучения.

Присоединяйтесь к «Huquq maktabi» уже сегодня и откройте для себя мир правовых знаний!

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Adliya vazirligi yuridik texnikumlari pedagog xodimlari uchun tashkil etilgan seminar-treninglar davom etmoqda.

TDYUning Fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi kafedrasi
professori v.b. O.Pirmatov hamda Fuqarolik huquqi kafedrasi o‘qituvchisi D.Imomniyozovlar tomonidan yuridik texnikum o‘quvchilarining bilimini baholash tartibi bo‘yicha tushuntirish berib borishdi.

Seminar-treningda, texnikum pedagog xodimlari o‘quv jarayoni va baholash tartibiga oid o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
• Telegram | • Instagram