YURIDIK TEXNIKUMLAR
1.76K subscribers
12.6K photos
836 videos
45 files
4.68K links
🇺🇿 Yuridik texnikumlarning rasmiy kanali

📞 71-233-66-36

Facebook: https://www.facebook.com/profile.php?id=61573439667679
Instagram: https://www.instagram.com/yuridiktexnikum/

Murojaat uchun: @yuridiktexnikumlar_bot
Download Telegram
⚡️Toshkent shahar yuridik texnikumi o‘quvchilari "Ochiq eshiklar" kunida ishtirok etdi.

🔹Tadbir davomida Yuridik texnikum o‘quvchilari TDYU tarkibiy tuzilmalari faoliyati jumladan, Talabalarga xizmat ko‘rsatish markazi, Axborot-resurs markazi, Ma'naviyat va ma'rifat markazi, universitet muzeyi, sport va sog‘lomlashtirish kabi klub va to‘garaklar faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

O‘quvchilar universitetda Talabalarga xizmat ko‘rsatish markazidagi barcha xizmatlarning raqamlashtirilganligidan xayratlangan bo‘lsa, yuridik texnikum o'quvchilari uchun Axborot-resurs markazidagi adabiyotlardan foydalana olish imkoniyati, shuningdek, sport to‘garaklarida faol ishtirok etish imkoniyati mavjud ekaligidan mamnun bo‘lishdi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
• Telegram | • Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Navoiy viloyatida


Adliya vaziri Akbar Toshqulov Navoiy viloyatida boʻlib turibdi. Hududdagi dastlabki manzil viloyat yuridik texnikumi. Adliya vaziri oʻquv manzilida yoshlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, oʻquvchilar bilan muloqot oʻtkazdi.

Bugungi kunda viloyat yuridik texnikumida 350 nafarga yaqin yoshlar tahsil olishmoqda. Oʻquvchilarga TDYU va yurisprudensiya yoʻnalishi mavjud boʻlgan oliy taʼlim muassasalariga suhbat asosida oʻqishga qabul qilish, dual taʼlim imkoniyatlari taqdim etiladi.

Muloqot davomida yoshlarga shu haqida maʼlumot berilib, huquqshunoslik kasbining jozibadorligi, xalqaro huquq sohasi tushuntirildi hamda bilim olish va vaqtni toʻgʻri taqsimlash boʻyicha tavsiyalar berildi. Samimiy ruhda kechgan muloqot davomida yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Jizzax viloyati yuridik texnikumida “Men tavsiya qilaman - 2024” chellenji g‘oliblari taqdirlandi.

📚 Toshkent davlat yuridik universiteti Axborot-resurs markazi tomonidan yoshlarimizning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida “Men tavsiya qilaman - 2024!” shiori ostida o‘tkazilgan kitob chellenjida faol ishtirok etgan o‘quvchilar taqdirlandi.

✔️Mazkur chellenjda faol ushtirok etgan o'quvchilar bilan tanishing:

🔺Esonova Sitora Berdiboy qizi I-darajali diplom;
🔺Qo‘chqorova Laylo Bahrom qizi II-darajali diplom;
🔺Abduraxmonov Sultonbek Kamoljon o‘g‘li tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.

Tadbir davomida TDYU tomonidan Jizzax viloyati yuridik texnikumi Axborot-resurs markaziga yetkazib berilgan "Yangi avlod darsliklari" taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
• Telegram | • Instagram
⚡️ Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi pedagog-xodimlari S.Jalilova va Sh.Qo'ldosheva tomonidan Qarshi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi o'quvchilari uchun o'quv-seminari tashkil etildi.

Seminarda "Tibbiyot xodimlarining mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o'ziga xos xususiyatlari va ularning huquqiy javobgarligi" mavzusida so'z yuritildi.

Bugungi kunda mamlakatimizda inson qadrini ulug'lashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Yurtimizda majburiy mehnatning bekor qilinishi, har bir soha xodimlarining huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan qator qonunlar, normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinayotganligini ta'kidlashimiz lozim.

Mazkur seminar o'quvchi-yoshlarning huquqiy jihatdan bilim va ko'nikmalarini rivojlantirishga, ish hamda o'qish jarayonida yuzaga kelayotgan muammoli vaziyatlarga yechim topishga xizmat qiladi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
• Telegram | • Instagram
#Yangilik

⚡️Mamalakatimizda yoshlarning huquqiy bilimlarini turli interaktiv usullarda egallashini ta'minlash maqsadida "Huquq maktabi" onlayn iinovatsion ta'lim platformasi yaratildi.

Endilikda ushbu platforma orqali huquqiy savodxonligingizni oshirish imkoniga ega bo‘lasiz.

Quyidagi havola orqali ilovani yuklab olib istagan vaqtingizda foydalaning:

📌 Huquq maktab android telefonlar uchun 👉 https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.jasurkholiqulov.huquqmaktabi&hl=en_US

📌 Huquq maktab IOS telefonlar uchun
👉https://apps.apple.com/uz/app/huquq-maktabi-mobile/id6544800269

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
• Telegram | • Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

⚡️So’nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda Yuridik ta’lim sohasiga berilayotgan e'tibor haqida Navoiy viloyatining markaziy televideniyasi “Yuksalish yo’lida” ko’rsatuvi orqali keng yoritildi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
• Telegram | • Instagram
#Bilasizmi

⚡️ Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ta'limni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda.

Bu borada qator loyihalar amalga oshirildi. Ulardan biri respublikadagi huquq fani o‘qituvchilariga ko‘maklashish maqsadida Telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali doimiy faoliyat olib boruvchi "Huquq ta'limi" sahifasi yaratildi.

Mazkur sahifada sohaga oid qonunchilikdagi yangiliklar, darsliklar, o‘quv dasturlari va qo‘llanmalar shu bilan birga sohaga oid munozaralarni o‘tkazish bo‘yicha ma'lumotlarni olish mumkin.

📌 Quyida siz havola orqali sahifani kuzatib boring 👉 https://t.iss.one/huquq_talimi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
• Telegram | • Instagram
#OCHIQ_DARS

⚡️Farg‘ona viloyati yuridik texnikumining “Mutaxassislik fanlari” kafedrasi o‘qituvchisi O.Usmonova tomonidan “Sud-huquqiy faoliyat” yo‘nalishi 43-24 guruh o‘quvchilari uchun "Davlat funksiyalari" mavzusida ochiq dars bo‘lib o‘tdi.

🔹 Ochiq dars davomida interfaol usullar, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan keng foydalanildi.

🔹 Shuningdek, darsga oid taqdimot asosida mavzu atroflicha bayon qilindi. Kichik guruhlar ishi musobaqa shaklida tashkil etildi.

🔹 Darsni texnikumning tajribali hamda yosh o‘qituvchilari kuzatib bordi va ijobiy baho berishdi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
• Telegram | • Instagram