🇺🇿 O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari
2.11K subscribers
12.3K photos
814 videos
45 files
4.59K links
🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
yuridik texnikumlarining rasmiy kanali

📞 71-207-04-50
71-233-66-36

Facebook: www.fb.com/Yuridiktexnikum
Instagram: https://www.instagram.com/yuridiktexnikum/

Murojaat uchun: @yuridiktexnikumlar_bot
Download Telegram
⚡️ Xorazm viloyati yuridik texnikumida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.

Xorazm viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari R.Sabirov texnikum o‘quvchi-yoshlari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda, mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, qonunchilikdagi imtiyozlar, shuningdek ularni qiynayotgan muammolarni o'rganish va bartaraf etish borasida keng ko'lamli ishlar olib borilayotganligini ta'kidlab o‘tildi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | • Instagram
#OCHIQ_DARS

⚡️ Toshkent shahar yuridik texnikumida “Mutaxassislik fanlari” kafedrasi o‘qituvchisi L.Raximova tomonidan 2-bosqich 01-05 guruh o‘quvchilariga Jinoyat huquqi fanidan “Tamom bo’lmagan jinoyatlar» mavzusida ochiq dars mashg'uloti bo‘lib o‘tdi.

Ochiq dars jarayonida o’qituvchi jinoyatga tayyorgarlik ko’rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish, jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish, ishtirokchilik bilan sodir etiladigan jinoyatlar, uning turlari va shakllari hamda javobgarlik haqida tushuntirish berib, tergov va sud amaliyotidan misollar keltirdi.

Dars jarayonida o'quvchilar «Menyu», «Ugaday slovo», keys yechish kabi zamonaviy pedagogik texnologiyalardan keng foydalangan holda mavzuga oid tayyorlagan video-rolik, jamoa bo’lib ishlash, tezkor fikrlash, tahlil qilish kabi qobiliyatlarini namoyish etdilar.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | • Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

⚡️Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumida bo'lib o'tgan "Davlat xizmatlari ko'rsatish sohasi istiqbollari" mavzusida davra suhbati "Qashqadaryo MTRK" orqali efirga uzatildi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | • Instagram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari maktabda tashkil etilgan “Huquq sinfi” sharoitlari bilan tanishdi

Adliya vaziri oʻrinbosari Alisher Karimov Namanganga amalga oshirgan xizmat safari davomida viloyat yuridik texnikumi negizidagi TDYU qoshidagi akademik litseyda boʻldi. U yerdagi talabalar uchun mavjud sharoitlar, maxsus fanlarni oʻqitish jarayonlari bilan tanishib, ular boʻyicha uslubiy koʻmak berdi.

Ayni vaqtda litsey talablariga zarur boʻlgan qoʻshimcha imkoniyatlar xususida fikr bildirilib, oʻquv ishlarini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar koʻrib chiqildi.

Navbatdagi manzil Namangan shahridagi 24-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi boʻldi. Ushbu taʼlim muassasasida vazirlik koʻmagi bilan “Huquq sinfi” tashkil etilgan. Adliya vaziri oʻrinbosari sinfdagi sharoitlar, huquq fanini oʻqitish metodikasi va dars jarayonlarini koʻzdan kechirdi. Maktab darsliklarini yanada soddalashtirish va oʻquvchilarga zamonaviy metodikalar yordamida tushuntirishga doir taklif va fikr-mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, A.Karimov Toʻraqoʻrgʻon tumanida adliya boʻlimi faoliyati bilan tanishdi. U yerda Vazirlar Mahkamasining “Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi, bu borada olib borilayotgan amaliy tadbirlar va targʻibot ishlarining holatini oʻrgandi.

Adliya vaziri oʻrinbosari FHDY boʻlimining ish hajmi, xizmat koʻrsatish sifati yuzasidan xodimlar bilan suhbatlashdi hamda boʻlim xodimlarning sohaga doir takliflari tingladi.

📌 Каналга уланиш
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM