"HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
12.1K subscribers
12.1K photos
3.77K videos
26 files
8.04K links
"HUDUDGAZTA'MINOT" AJ

🏢 Muqimiy 98 Toshkent sh.
🌐 hududgaz.uz
☎️ (71)202 1104; 1104
📧 [email protected]

Ijtimoiy tarmoqlar:
https://t.iss.one/AO_Hududgaztaminot
https://www.instagram.com/hududgaztaminot/
https://www.facebook.com/Hududgaztaminot/
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев тадбиркорлар билан очиқ мулоқот ўтказди, бизнесни қўллаб-қувватлашнинг бешта асосий йўналишини кўрсатиб ўтиб, уларнинг ҳар бири бўйича кўплаб ташаббусларни илгари сурди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел открытый диалог с предпринимателями, определил пять ключевых направлений поддержки бизнеса и выдвинул ряд инициатив по каждому из них.

#Mirziyoyev #muloqot #tadbirkorlar #tashabbuslar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
YUNUSOBOD TUMANINING BA’ZI JOYLARIDA GAZ TA’MINOTI VAQTINCHALIK TO’XTATILADI

https://hududgaz.uz/news?id=2518
‼️‼️YASHNOBOD TUMANINING 2 TA KO’CHASIDA GAZ TA’MINOTI VAQTINCHALIK TO’XTATILADI

2022-2023-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko’rish, aniqlangan kamchiliklarni vaqtida bartaraf qilish maqsadida Yashnobod tumani, Sokin, Go’zal ko’chalaridan o’tgan gaz quvurlarida ta’mirlash ishlari olib borilishi kutilmoqda.

Shu sababli, bugun soat 10:00 dan 17:00 gacha “Go’zal” mahallasidagi 300 ta hovli xonadonlarda, 180 ta ko’p qavatli xonadonlarda hamda 15 ta ulgurji tashkilotlarda gaz ta’minoti vaqtinchalik to’xtatiladi.

🔥Tabiiy gaz oʻchirilishi munosabati bilan xonadoningizdagi gaz jihozlarini nazoratsiz qoldirmang!

🛠🔧Ta‘mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta‘minoti qayta tiklanadi.


✍️ “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati
O‘TGAN 7 OY DAVOMIDA ISTE’MOLCHILARGA 8 MING TONNADAN ORTIQ SUYULTIRILGAN GAZ MAHSULOTLARI YETKAZIB BERILDI.

“Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filiali Jizzax viloyatining 199 ta mahallalardagi 108 891 aholi va 126 ta (ijtimoiy soha ob'ektlari)ga xizmat koʼrsatadi.

➡️
BATAFSIL:⬅️

"Hududgaz Jizzax" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💥💥💥 Buxoroda gaz ta'minotini o'z vaqtida yetkazib berish maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda. Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, maishiy gaz ballonlarining vaqtida yetkazilishi hamda gaz jihozlarida texnik ko'riklarning tashkil etilishi soha xodimlarining doimiy e'tiborida.

📺 Jarayonlar "Buxoro" telekanalining "Maxsus reportaj" ko'rsatuvi orqali yoritildi.

✍️ "Hududgaz Buxoro" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
“Hududgaz Poytaxt” gaz ta'minoti filiali rasmiy munosabati

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida gaz to'ldirish shoxobchalarida tirbandliklar yuzaga kelgani haqida
xabar tarqaldi.

Ushbu xabar yuzasidan "Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati shuni ma'lum qiladiki, bugun 2022-yil 23-avgust kuni Toshkent shahrida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Avval
xabar berganimizdek Yunusobod tumanidagi 6 ta gaz to'ldirish shoxobchalarida gaz ta’minoti vaqtinchalik to’xtatilgan.

Ta'mirlash ishlari tugatilgunga qadar iste'molchilardan boshqa gaz to'ldirish shoxobchalaridan foydalanishini iltimos qilamiz.

“Hududgaz Poytaxt” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

https://t.iss.one/AO_Hududgaztaminot
📌📌XATIRCHI TUMANINING BA’ZI HUDUDLARIDA TABIIY GAZ TA'MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI

Gaz taqsimlash stansiyalarida o'rnatilgan toraytiruvchi qurilmalarni ochib yopish, impuls naychalarni tozalash, ochish va yopish qurilmalarining ishlash holatini hamda gaz hisoblash uskunalarini kalibrator yordamida tekshirish uchun 2022-yil 24-avgust kuni soat 08:00 dan 19:00 gacha “Xatirchi-3” GTS orqali tumanning 9629 ta aholi va 256 ta ulgurji iste’molchilariga, 26-avgust kuni 08:00 dan 19:00 gacha kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ta’mirlash-profilaktika ishlari bajarilishi uchun “Paxtachi-2” GTS orqali 4350 ta aholi xonadonlari va 28 ta ulgurji iste’molchilarga tabiiy gaz ta'minoti vaqtincha to'xtatiladi.

"Hududgaz Navoiy" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
DIQQAT! TAʼMIRLASH ISHLARI TUFAYLI BEKOBOD SHAHRIDA GAZ TAʼMINOTI TOʻXTATILADI

Bekobod shahrida 2022-2023 yillar kuz-qish mavsumi davrida aholi va ulgurji isteʼmolchilarga tabiiy gazni bir maromda yetkazib berishni taʼminlash maqsadida, 2022-yil 24-avgust soat 14:00 dan 17-00 ga qadar “Sementchi”, “Istiqlol”, “Muqimiy” va “Metallurg” MFY laridagi 3221 ta aholi isteʼmolchilari hamda 25 ta ulgurji isteʼmolchilarda tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi.

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

“Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali taʼmirlash ishlari tufayli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholimiz va gaz isteʼmolchilaridan uzr soʻraydi.

“Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati
DIQQAT! TA’MIRLASH ISHLARI TUFAYLI JARQO'RG'ON TUMANIDA GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO’XTATILADI

✍️ Jarqo'rg'on tumanida gaz quvurlarini ta‘mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli 2022-yilning 24-avgust kuni soat 11:00 dan 17:00 ga qadar 3930 ta aholi xonadonlari va 91 ulgurji iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi.

🔥Tabiiy gaz oʻchirilishi munosabati bilan xonadoningizdagi gaz jihozlarini nazoratsiz qoldirmang.

🔥 Ta‘mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta‘minoti qayta tiklanadi.

⚡️ “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta‘minoti filiali ta‘mirlash ishlari tufayli yetkazilgan noqulayliklar uchun tabiiy gaz iste’molchilaridan uzr so‘raydi.

“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta‘minoti filiali matbuot xizmati
https://kknews.uz/kk/112642.html
Мәмлекетлик бағдарлама ҳәрекетте

Каналымызға қосылың👇
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAERIzOESrE0olZr7Ng
🔥 NARPAY TUMANIDAGI TABIIY GAZ ISTE'MOLCHILARI DIQQATIGA!

"O'zTransGaz" AJ "Zirabuloq" magistral quvurlar boshqarmasi va "Hududgaz Samarqand " gaz ta’minoti filiali tomonidan 2022-2023- yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish hamda "Oqtosh-1" va "Oqtosh-2" gaz taqsimlash stansiyasida ta’mirlash ishlarining olib borilishi munosabati bilan Narpay tumani hududida 2022-yil 25 avgust soat 9:00 dan 18:00 gacha tabiiy gaz ta’minoti to‘xtatilishini ma’lum qiladi.

Mazkur GTSdan tabiiy gaz oladigan barcha iste’molchilaridan gaz jihozlarini o‘chirib qo‘yishlari va ehtiyot choralarini ko‘rishlari so‘raladi.


✍️"Hududgaz Samarqand" gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati
📌📌NAVOIY SHAHRI, KARMANA VA NAVBAHOR TUMANLARIDAGI 11 TA AVTOMOBILLARGA GAZ TO’LDIRISH SHOXOBCHASIDA GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO’XTATILDI

"O'zTransGaz" AJ "Kogon" magistral gaz quvurlari boshqarmasining joriy yil 24-avgustdagi 49-01-31/2-1316-sonli xatiga asosan, “Navoiy-1” gaz taqsimlash stansiyasining bosim rostlash tugunida gaz sizib chiqish holati yuzaga kelgani sababli, ta’mirlash ishlarini bajarish maqsadida Navoiy shahridagi QK “Navoiy ASKOMJ-1”, OOO “Zarafshon Fayz Oil”, OOO “Sputnik Karmana Invest”, OOO “Nurota Zamini”, OOO “Navoi Metan Servis”, “Ibrohim ota”, “Navoiy Agro Invest”, “Bog’i Eram mevalari”, “Karmana Texno Gaz”, Navbahor tumanidagi OOO “Sputnik avto servis”, Karmana tumanidagi “Navoiy-Karmana LYuKS” AGTSHlarda gaz ta’minoti vaqtincha to’xtatildi.
Ta’mirlash ishlari yakuniga yetgach gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

"Hududgaz Navoiy" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
❗️BULUNG‘UR TUMANIDAGI TABIIY GAZ ISTE’MOCHILARI DIQQATIGA!

‘O’zTransGaz” AJ Samarqand  magistral gaz quvurlari boshqarmasi “Djarqoq-Buxoro-Samarqand- Toshkent"  magistral gaz quvurlarining  289-kilometrida ta’mirlash ishlarining amalga oshirilishi munosabati bilan 2022-yil 25-avgust soat 8:00 dan 26-avgust soat 19:00 ga qadar "G‘o‘bdin" gaz taqsimlash shоxobchasidan tabiiy  gaz bilan ta’minlanuvchi Bulung‘ur tumanidagi G‘o‘bdin, Lalmikor, Olmazor mahallalarida tabiiy gazdan uzilishlar kuzatiladi.

“Bulung‘urtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi keltirilgan noqulaylik uchun iste’molchilardan uzr so‘raydi va ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishga chaqiradi.

🔥"Hududgaz Samarqand"  gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔥Isteʼmolchilarga sifatli servis xizmatlari koʻrsatilmoqda

“Hududgaz Namangan” gaz taʼminoti filialining Servis xizmatlarini rivojlantirish boʻlimining shahar va tuman boʻlimlaridagi aholiga gaz jihozlaridan foydalanish va taʼmirlash xizmati chilangarlari tomonidan aholiga sifatli xizmat ko‘rsatilmoqda.

🔥 “Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali