AOKB TOSHKENT vil
300 subscribers
2.48K photos
895 videos
2 files
1.95K links
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar Agentligi Toshkent  viloyati hududiy boshqarmasi rasmiy kanali
Download Telegram
Ўзбекистон “GSP+” тизимига қўшилганига бир йилдан ошди. Европа бозорида сотиладиган тайёр маҳсулотлар учун транспорт харажатларига 70 фоизгача субсидия берилмоқда.

Лекин, “GSP+”га кирадиган 6 минг 200 та божсиз маҳсулотнинг бор-йўғи 325 тури экспорт қилинаётгани кўрсатиб ўтилди.

Сабаби - корхоналаримиз йирик етказиб бериш занжирларига қўшила олмаяпти, халқаро сертификати йўқ. Сифати яхши бўлса ҳам, маҳсулотини сота олмаяпти.

Шу муносабат билан мутасаддиларга Европага келгуси йилда саноат экспортини 600 та маҳсулотга, экспорт ҳажмини 700 миллион долларга етказиш вазифаси қўйилди.

Facebook|Instagram|Twitter
Joriy yilning 10-11 noyabr kunlari Samarqandda Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammiti o‘tkaziladi.

Sammitda yeroosiyoning muhim strategik hududlarida joylashgan turkiy dunyo mamlakatlari rahbarlari ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston tashkilotning muhim a'zolaridan biri hisoblanadi. Shu paytga qadar davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan 30 dan ortiq tashabbusning aksariyati amaliyotga joriy etilgan.

TDT Samarqand sammiti a'zo mamlakatlar o‘rtasidagi barcha yo‘nalishlardagi hamkorlikni yangi bosqichga ko‘taradi. https://t.iss.one/AOKBToshvil
⚡️⚡️«O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi» esdalik nishoni taʼsis etildi

Mazkur nishon O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan taʼsis etilgan.

Nishon bilan O‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, maʼnaviy salohiyatini yuksaltirish, mudofaa qudratini oshirish, davlatimiz sarhadlarining daxlsizligini taʼminlash, tinchlik va barqarorlikni, millatlararo do‘stlik va totuvlikni asrash kabi sharafli vazifalarni amalga oshirib kelayotgan barcha soha vakillari, mehnat faxriylari, harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamda boshqa shaxslar mukofotlanishi mumkin.

«O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi» esdalik nishoni bilan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.

https://t.iss.one/AOKBToshvil
⚡️⚡️Қрим ва Севастопол ҳудудларидаги талабалар ҳам истисно тариқасида ўқишини кўчириши мумкин

Қрим федерал университети тиббиёт академиясининг ўзбек талабалари ижтимоий тармоқлар орқали Президентимиз Шавкат Мирзиёевга мурожаат қилиб, “ҳозирда Қрим ҳудуди уруш туфайли хавфли ҳудудлар сирасига кираётгани боис” уларнинг ҳам ўқишини Ўзбекистон ОТМларига кўчиришда амалий ёрдам сўраган.

Давлатимиз раҳбарининг топшириқларига асосан, давлат олий таълим муассасаларига ўқишга кабул килиш жараёнларини мувофиклаштириш бўйича Давлат комиссиясининг тегишли баёни билан Қрим ва Севастопол ҳудудларидаги ОТМда таҳсил олаётган Ўзбекистон фуқароларининг ҳам ўқишини Ўзбекистондаги давлат ОТМга истисно тариқасида кўчиришга рухсат берилди.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yilning 10-11 noyabr kunlari Samarqandda Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammiti o‘tkaziladi.

Xo‘sh, bu qanday tashkilot va asosiy maqsadlari nimalardan iborat? Bu haqda ushbu videorolikda batafsil tanishishingiz mumkin.

https://t.iss.one/AOKBToshvil
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM

📍Ish beruvchi ish haqini, ta’til to‘lovlarini, mehnat shartnomasi bekor qilingandagi to‘lovlarni va (yoki) xodimga to‘lanishi lozim bo‘lgan boshqa to‘lovlarni to‘lash muddatini buzgan taqdirda, ularni to‘lov muddatidan keyingi kundan e’tiboran to haqiqatda hisob-kitob qilingan kunni o‘z ichiga olgan muddatgacha har bir kechiktirilgan kun uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining o‘sha vaqtda amalda bo‘lgan qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda foizlar (pulli kompensatsiya) bilan birga to‘lashi shart.

➡️BATAFSIL⬅️

https://t.iss.one/AOKBToshvil

📋Yangi Mehnat kodeksiga mehnat shartnomasi quyidagi shartlarning kiritilishi o‘z-o‘zidan haqiqiy hisoblanmaydi.

Majburiy mehnatni ta'qiqlash haqidagi talablarni buzadigan;

Mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitishni ta'qiqlash talablarini buzadigan;

Xodimning holatini mehnat qonunchiligiga va mehnat haqidagi boshqa hujjatlarga nisbatan yomonlashtiradigan;

Xodimni qonunga xilof harakatlarni, boshqalarning yoki xodim o‘zining huquqlarini buzadigan, hayoti va sog‘lig‘iga tahdid soladigan, sha’niga, qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obro‘siga putur yetkazadigan harakatlarni amalga oshirishga majburlaydigan shartlar.

❗️ Mehnat shartnomasi ayrim shartlarining haqiqiy emasligi mehnat shartnomasining umuman haqiqiy emasligiga sabab bo‘lmaydi.

Yangi tahrirdagi mehnat kodeksi ➡️Batafsil⬅️

https://t.iss.one/AOKBToshvil
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_tahrirdagi_mehnat_kodeksi

❗️Ish beruvchi homilador ayollarga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida antenatal (tug‘ruq davrigacha) parvarishlash (perinatal skrining va tashxis, majburiy tibbiy ko‘riklar va boshqa majburiy tibbiy muolajalar) uchun o‘rtacha ish haqi saqlangan holda qo‘shimcha bo‘sh kunlar berishi shart. Homilador ayollarni antenatal (tug‘ruq davrigacha) parvarishlash tartibi va muddatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

https://t.iss.one/AOKBToshvil
Shavkat Mirziyoev Olimpiya shaharchasi qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimida ishtirok etdi

Ushbu loyihaning qiymati 289 million dollardan ziyod. Shaharcha maydoni 100 gektar. Bu yerda 10 ming o‘rinli yengil atletika va futbol stadioni, 6 ta yopiq va 7 ta ochiq sport inshootlari, suv sporti saroyi, velotrek, yakkakurash, jamoaviy sport majmualari barpo etiladi

https://t.iss.one/AOKBToshvil
10-11 ноябрь кунлари Самарқанд шаҳрида Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев раислигида Туркий давлатлар ташкилотига аъзо мамлакатлар раҳбарларининг йиғилиши бўлиб ўтади.

10-11 ноября в городе Самарканде под председательством Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева состоится заседание глав стран-участниц Организации тюркских государств.

#Mirziyoyev #sammit #TDT #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter