AOKB TOSHKENT vil
305 subscribers
2.49K photos
903 videos
2 files
1.97K links
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar Agentligi Toshkent  viloyati hududiy boshqarmasi rasmiy kanali
Download Telegram
Самарқандда Туркий давлатлар ташкилоти Давлат раҳбарлари кенгашининг йиғилиши бошланди. Тадбирдан аввал иштирокчилар биргаликда суратга тушдилар.

Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев раислик қилаётган йиғилишда Озарбайжон Президенти Илҳом Алиев, Қирғизистон Президенти Садир Жапаров, Қозоғистон Президенти Қасим-Жомарт Тоқаев, Туркия Президенти Режеп Таййип Эрдоған, кузатувчи мамлакат Венгрия Бош вазири Виктор Орбан саммитнинг фахрий меҳмони - Туркманистон Миллий Кенгаши Халқ Маслаҳати Раиси Гурбангули Бердимуҳамедов, шунингдек, ташкилот бош котиби Бағдод Амреев иштирок этмоқда.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
📄 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Туркий давлатлар ташкилоти Давлат раҳбарлари кенгаши йиғилишидаги нутқи

〰️〰️〰️
Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на заседании Совета глав государств Организации тюркских государств

〰️〰️〰️
Address by President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the meeting of the Council of Heads of State of the Organization of Turkic States

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishidagi nutqidan:

"Jahon xalqlari uchun do‘stlik va tinchlik timsoli, ilm-fan va ma'rifat o‘chog‘i bo‘lgan Samarqand shahrini “Turkiy sivilizatsiya poytaxti” deb e'lon qilish tashabbusini qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun sizlarga samimiy minnat-dorchilik bildiraman. Biz Turkiy dunyo buyuk tarixining yorqin sahifalari ulug‘ ajdodlarimiz tomonidan birgalikda yaratilgani bilan haqli ravishda faxrlanamiz.”

Ana shunday bebaho merosni saqlab qolish, uni chuqur o‘rganib, kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish barchamiz uchun eng asosiy vazifadir.”
https://t.iss.one/AOKBToshvil
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishidagi nutqidan:

“Bugungi sammitning yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, ko‘p mingyillik tariximiz davomida turkiy oilamiz mana shunday to‘liq shaklda yangilangan tashkilotimiz doirasida yig‘ilib turibdi. ”
https://t.iss.one/AOKBToshvil
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishidagi nutqidan:

“Bugungi kunda barchamiz keskin geosiyosiy ziddiyatlar, global iqtisodiy inqiroz va iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlari bilan bog‘liq murakkab sinovlarni boshimizdan kechirmoqdamiz.
Shu sababli hozirgi tahlikali vaziyatda eng dolzarb muammolar yechimi bo‘yicha davlatlarimiz umumiy yondashuvlarni belgilab olishi, sa'y-harakatlarni uyg‘unlashtirishi nihoyatda muhimdir.

Biz har qanday qiyinchiliklarni do‘stlik, hamkorlik va bir-birimizni qo‘llab-quvvatlash orqali yengib o‘tishga qodirmiz.

So‘nggi bir yil davomida Tashkilotimizga Turkiyaning raisligi chog‘ida turli yo‘nalishlar bo‘yicha ancha ishlar amalga oshirilgani, o‘zaro hamkorligimiz yanada faollashganini alohida e'tirof etmoqchiman.”
https://t.iss.one/AOKBToshvil
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Turkiy davlatlar tashkilotiga a'zo mamlakatlar sammitidagi nutqidan:

“Mamlakatlarimizning o‘zaro tovar aylanmasi umumiy tashqi savdomizning atigi 4 foizini tashkil etadi. Uning qolgani esa uchinchi davlatlar ulushiga to‘g‘ri kelmoqda. Albatta, bunday holat hyech birimizni qoniqtirmaydi. Biz qo‘shma investitsiya fondini ishga tushirish taklifini ham to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz.

Bundan tashqari, davlatlarimiz orasida ayrim import bojxona tariflari yuqori bo‘lib qolmoqda. Bu strategik yo‘nalishda vaziyatni tubdan o‘zgartirish, savdo, investitsiya va xizmatlarning erkin harakatini ta'minlash uchun, Tashkilotimiz doirasida “Yangi iqtisodiy imkoniyatlar hududi”ni barpo etish tashabbusini ilgari suramiz.”
https://t.iss.one/AOKBToshvil
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Turkiy davlatlar tashkilotiga a'zo mamlakatlar sammitidagi nutqidan:

“Biz Transkaspiy xalqaro koridori haqida ko‘p gapiryapmiz, ammo sezilarli natijalarga erishish uchun ancha ishlar qilishimiz kerak. Misol uchun: O‘zbekiston ushbu transport yo‘lagi orqali 10 foiz tashqi savdo yuklarini tashimoqda.

Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasida yaqinda joriy etilgan avtotransport elektron ruxsatnomalari almashish tizimiga Tashkilotimiz davlatlarini ham qo‘shilishga chaqiramiz.”
https://t.iss.one/AOKBToshvil
Самарқанда шаҳрида Туркий Давлатлар Ташкилоти Давлат раҳбарлари кенгаши йиғилиши бўлиб ўтмоқда.

Тадбирдан онлайн трансляцияни Президент матбуот хизматининг Facebook ижтимоий тармоғи, YouTube видеохостингидаги саҳифаларида томоша қилишингиз мумкин.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
Ижтимоий тармоқларда Ўзбекистон Қизил китобига киритилган тасқара овланганлиги ҳақида хабар эълон қилинган.

Мазкур ҳолат бўйича Бош прокуратура томонидан текширув амалга оширилмоқда.

Натижаси бўйича қўшимча маълумот берилади.

👉@uzbprokuratura
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Туркий давлатлар ташкилоти саммити якунлари бўйича ОАВ вакиллари учун брифинг ўтказдим. Унда бугун бўлиб ўтган асосий тадбирлар, йиғилиш якунида имзоланган ҳужжатлар ва қабул қилинган қарорлар юзасидан маълумот бердим.

Facebook|Instagram|Twitter
❗️11 ноябрь — Ўзбекистонда «Умумхалқ байрами» сифатида дам олиш куни деб эълон қилиниши мумкин

Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев Ўзбекистон касаба уюшмалари куни муносабати билан Ўзбекистон касаба уюшмалари ходимлари ва фаолларига табрик йўллади. Табрикда давлатимиз раҳбари 11 ноябрь — Ўзбекистон касаба уюшмалари кунини «Умумхалқ байрами» сифатида дам олиш куни, деб эълон қилиш тўғрисида таклиф билдирди.

https://t.iss.one/Rasmiy_xabarlar_Official
✍️ Йиғилиш иштирокчилари Туркий давлатлар ташкилоти Самарқанд саммити декларацияси ва бошқа ҳужжатларни имзоладилар.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM