O'zR FA | FAN - JAMIYAT TARAQQIYOTINI OLG'A SILJITUVCHI KUCH, VOSITA BO'LMOG'I LOZIM!
4.26K subscribers
14.9K photos
1.33K videos
642 files
7.8K links
O'zR Fanlar akademiyasi

Ishonch telefoni: 712335623

[email protected]

Murojaat: @faqaytaaloqabot

www.academy.uz
facebook.com/academy.uz
instagram.com/fanlar_akademiyasi
youtube.com/@Fanlar-akademiyasi

100047, Toshkent sh., Y.G'ulomov ko'chasi, 70-uy
Download Telegram
📚#Yangi_nashr

TEMURIYLAR TARIXI DAVLAT MUZEYI NUMIZMATIKA KOLLEKSIYASI


Ushbu albom-katalog O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Temuriylar tarixi davlat muzeyi ilmiy jamoasi tomonidan tayyorlandi. Unda muzey fondlarida jamlangan hamda ekspozitsiya zallarida namoyish etilayotgan tangalar kolleksiyasining eng yaxshi namunalari saralab olinib, ilmiy jamoatchilikka ilk bor taqdim etilmoqda. Temuriylar tarixi davlat muzeyi (1996-yil) mustaqillik davrida tashkil etilgan hamda go‘zal me’moriy yechimlari jihatidan jahonda yagona ilmiy-ma’rifiy maskandir. Uning ekspozitsiya zallarida hamda xazinasida miloddan avvalgi II ming yillikdan boshlab yaratilgan noyob san’at va hunarmandchilik namunalari mavjud. Xazinadagi numizmatika kolleksiyasi eng boy kolleksiyalardan biri bo‘lib, mamlakatimiz tarixini o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
Albom-katalogda har bir bo‘lim avvalida tanga zarb qilingan davr haqida qisqa ma’lumot, tanganing tarixiy va ilmiy ahamiyatini ko‘rsatuvchi tafsilotlar berilgan.
#OCHIQ MULOQOT

📌 Bugun – 26-dekabr kuni FA prezidenti, akademik Sh.A.Ayupovning tizimda faoliyat yuritayotgan yosh olimlar bilan ochiq muloqoti tashkil etildi.
❗️ Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad – yosh olimlar o‘rtasida zamonaviy bilimlarni egallash, ilm olishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, ularga ilmiy motivatsiya berish, yosh olimlarning ilmiy faoliyatlari va bu jarayonda ularni qiynayotgan masalalar borasida o‘zaro fikr almashish.
📎Shuningdek, tadbirda yil davomida samarali faoliyat yuritgan yosh olimlar turli nomanatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Bizni kuzatishda davom eting 👉🏼 https://t.iss.one/ANRUz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
https://uztv.tv/channels/uzbekiston-tarix

🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤

"O‘zbekiston tarixi" telekanali faoliyati haqida qisqacha...

👉Do‘stlaringizga ham ulashing. t.iss.one/uzbtariximtrk

Rasmiy sahifamiz👇
Telegram
🌐 Instagram
Facebook
📹You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#KUN TARIXI

🗓 27-dekabr


1795-yil Katta Polsha (Poznan) qo‘zg‘oloni bo‘lgan.
1886-yil dunyoda mashhur Coca-Cola ichimligi resepti yaratilgan.
1932-yil SSSRda yagona pasport tizimining joriy etilgan.
1945-yil Xalqaro valyuta fondi tashkil topgan.
1974-yil Mariner 10 nomli Amerika kosmik apparati Merkuriy sayyorasini suratga olgan.
2002-yil Grozniydagi Checheniston hukumati uyiga xudkush-terrorchilar hujumi uyushtirilgan. Terakt oqibatida jami 640 kishi tan jarohati olgan, 48 kishi voqea joyida, yana 23 kishi shifoxonalarda vafot etgan.
2007-yil Pokistonning sobiq bosh vaziri Benazir Butto saylov oldi tashviqotlari doirasida Ravalpindi shahriga safarida suiqast qurboni bo‘lgan.
2018-yil O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarori bilan MXX nomi Davlat xavfsizlik xizmati deb o‘zgartirilgan.
2020-yildan BMT Bosh Assambleyasi tomonidan COVID-19 pandemiyasiga javoban taʼsis etilgan Xalqaro epidemiyaga tayyorgarlik kuni sifatida nishonlanadi.

Bizni kuzatishda davom eting 👉🏼 https://t.iss.one/ANRUz
"Развитие науки начинается сегодня" - Шавкат Аюпов, президент АН РУз, академик.
1-4.pdf
1.3 MB
НАРОДНОЕ СЛОВО - "Развитие науки начинается сегодня" - Шавкат Аюпов, президент АН, академик.
#Monitoring

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2020-yil 8-iyundagi 366-sonli "O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarini moliyalashtirish
tizimini takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
"gi qaroriga asosan  ilmiy tashkilotlarda  Davlat dasturlari doirasida amalga oshirilgan ilmiy natijalarni monitoringini o‘tkazish belgilangan. 

Qaror ijrosini taʼminlash maqsadida 24-dekabr kuni Tarix institutining 2024-yildagi faoliyati bo‘yicha monitoring o‘tkazildi. Monitoring yakuniy xulosasiga koʻra Tarix institutining yillik faoliyati ijobiy baholandi va 2025-yildagi rejalari bilan tanishtirildi.

Bizni kuzatishda davom eting 👉🏼 https://t.iss.one/ANRUz