O'zR FA | FAN - JAMIYAT TARAQQIYOTINI OLG'A SILJITUVCHI KUCH, VOSITA BO'LMOG'I LOZIM!
3.46K subscribers
13.3K photos
1.22K videos
594 files
7.02K links
O'zR Fanlar akademiyasi

Ishonch telefoni: 712335623

[email protected]

Murojaat: @faqaytaaloqabot

www.academy.uz
facebook.com/academy.uz
instagram.com/fanlar_akademiyasi
youtube.com/@Fanlar-akademiyasi

100047, Toshkent sh., Y.G'ulomov ko'chasi, 70-uy
Download Telegram
ILM-FAN YO‘LIDAGI SUHBATLAR

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoniga muvofiq, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademiklari ishtirokida dars o‘tish va “Yosh akademiklar” klublarini tashkil etish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.

🔭 Shu doirada, Shayxontohur tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabda O'zFA Astronomiya Instituti Nazariy astrofizika bo‘limi mudiri, fizika-matematika fanlari doktori, akademik Bobomurot Jo'rayevich Ahmedov bilan mahorat darslari tashkil qilindi.

👨‍🏫 Akademik Ahmedov O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, “Mehnat Shuhrati” ordeni sohibi va ilm-fanga katta hissa qo‘shgan olim sifatida tanilgan.

🎓 10-11-sinf o‘quvchilari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ilm-fan va ishlab chiqarishdagi yangiliklar, ilmiy izlanishlar, shuningdek, iqtidorli yoshlarni ilmiy kashfiyotlarga yo‘naltirish haqida so‘z bordi. Ustoz-shogird an’analarining ahamiyati ham ta'kidlandi.

⁉️ O‘quvchilar fizika va astronomiya sohasidagi yangiliklar bilan tanishib, qiziqqan savollariga javob olishdi. Bunday suhbatlar kelajakka dadil qadam qo‘yayotgan yoshlarimiz uchun katta ahamiyatga ega bo‘ladi.
O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida ilmiy seminar bo'lib o‘tadi

Ma'ruzachi:
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi katta ilmiy xodimi, tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori - Mashhura Adiljon qizi Darmonova

Mavzu:
Arxiv hujjatlarini kataloglashtirish

Zoom
havolasi: https://us06web.zoom.us/j/84557498202?pwd=7nw3olgs1u8Wckzna7iubT461aXlLl.1

🌐 history-museum.uz

Instagram \ Facebook \ Telegram \
website
"O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi restavratsiya faoliyati" mavzusida seminar!

Ma'ruzachi:
O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi San’atshunoslik instituti bo‘lim boshlig‘i, arxitеktura fanlari bo‘yicha PhD - O‘lmasov Akmal Foziljonovich

Manzil
: O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi filiali Toshkent muzeyi

Zoom havolasi: https://us06web.zoom.us/j/84557498202?pwd=7nw3olgs1u8Wckzna7iubT461aXlLl.1
🌐 history-museum.uz

Instagram \ Facebook \ Telegram \
website
Forwarded from Gazetalar sharhi
✍️ Иқтибос

📖 БИР ИБОРА ТАРЖИМАСИ ҲАҚИДА

❗️ Социолингвистика Америкада ҳам, Европа ва Шарқ давлатларида ҳам жуда ривожланган. Социолингвистиканинг асосий вазифаси шахснинг шахсга муносабатини ўрганишдир.

Масалан, «не даёт читать», деган русча сўз бирикмасида русча тафаккур тарзи бор. Бу иборани «ўқишга бермаяпти», деб таржима қилишади. Аслида, «ўқишга қўймаяпти», дея таржима қилиниши керак.

❇️ Яъни ҳар бир иборада, матнда, гапда ўзбекнинг ўзига хос тафаккур тарзи акс этиши керак.

©️ Низомиддин МАҲМУДОВ, Ўзбекистон Фанлар академияси Ўзбек тили, адабиёти ва фольклори институти директори.

📰 «Янги Ўзбекистон» газетасининг 2022 йил 20 октябрь кунги сонидан.

〰️〰️〰️〰️〰️
Kanalga ulanish👇👇
https://t.iss.one/gazetalar_sharhi
Forwarded from OʻzR FA Ilm-fan targʻiboti markazi/FAN VA TURMUSH (ShaKhzodbek...)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#art&science #erkin #komilov

🎙O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Ilm-fan targ‘iboti markazining ART&SCIENCE elektron jurnali 2-son 2-qismi O'zbekiston xalq artisti, aktyor Erkin Komilov bilan bo'lib o'tgan suhbatga bag'ishlandi. Intervyu davomida aktyorning teatr sohasidagi bugungi kundagi kamchiliklar, yutuqlar va aktyorlik faoliyatining muhim bosqichlari xususida toʻxtalib oʻtgan. Shu bilan birga Maqsud Shayxzodaning “Mirzo Ulugʻbek” tragediyasidagi M.Ulugʻbek obrazini yaratishdagi holatlarga alohida urgʻu berib oʻtilgan.

Intervyuning to'liq qismini YouTube kanalimizda tomosha qiling.

Telegram | Facebook | YouTube
#Bugunning hikmati

Taklif et, hayratlantlantir, afv et, tavba qil, ammo sotma, xiyonat qilma! Sotqin bo'lma!!!


Bizni kuzatishda davom eting!


📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtubehttpshttp
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Akademik bilan uchrashuv

ILM-FAN YO‘LIDAGI SUHBATLAR

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonida ta'lim muassasalarining o‘quvchilari oʻrtasida “Yosh akademiklar” klublari tashkil etilishi alohida belgilab oʻtilgan.

❗️Mazkur farmon ijrosiga muvofiq, Shayxontohur tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabda O'zFA Astronomiya Instituti Nazariy astrofizika bo‘limi mudiri, fizika-matematika fanlari doktori, akademik Bobomurot Jo‘rayevich Ahmedov bilan mahorat darslari tashkil qilindi.

👨‍🏫 Bobomurod Ahmedov — O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, “Mehnat Shuhrati” ordeni sohibi, ilm-fan uchun katta hissa qo‘shgan fizik-astronom olimdir.

Bizni kuzatishda davom eting!


📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtubehttpshttp
Forwarded from АОКА media kontent
Меҳрожиддин Умурзаков.JPG
2.6 MB
17.09.2024

Мавзу: Ўзбекистон тарихи давлат музейида олиб борилаётган реконструкция жараёнлари

● Фото: Меҳрожиддин Умурзаков, Ўзбекистон тарихи давлат музейи ахборот хизмати раҳбари (брифинг)

📹
Видео | Аудио

https://t.iss.one/aokamediakontent
Forwarded from 67 studio
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон тарихи давлат музейи ахборот хизмати раҳбари Меҳрожиддин Умурзаков иштирокида брифинг

Ўзбекистон тарихи давлат музейида олиб борилаётган реконструкция жараёнлари бўйича маълумот.

TelegramFacebookInstagramYouTube
#Xalqaro hamkorlik

“Qozog‘iston mintaqaviy florasi: xilma-xillik, genetika va tabiatni muhofaza qilish” xalqaro simpoziumi va unda ishtirok etgan o‘zbek olimasining muvaffaqiyati xususida

Toshkent Botanika bog‘i xodimlari 2024-yilning 12-13-sentabr kunlari Qozog‘iston Respublikasining Milliy biotexnologiya markazining 30 yilligiga bag'ishlangan Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan “Astana Biotech 2024” xalqaro konferensiyasida, shuningdek, “Qozog‘iston mintaqaviy florasi: xilma-xillik, genetika va tabiatni muhofaza qilish” xalqaro simpoziumida ishtirok etdi.
Anjumanda Germaniya, AQSh, Niderlandiya, Pokiston, Rossiya Federatsiyasi, Vengriya, O‘zbekiston, Qozog‘iston kabi mamlakatlarning ilmiy markaz va institutlari, oliy ta’lim muassasalarining taniqli olim va mutaxassislari ishtirok etdi.
“Astana Biotech 2024” konferensiyasi nufuzli forum boʻlib, uning doirasida fan, biznes va taʼlim, shuningdek, davlat organlari vakillari ham Qozogʻistonda, ham xorijda biotexnologiya sohasidagi ilg'or ilmiy ishlanmalar bilan tanishishlari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot formatida hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan kompleks yechimlarni ishlab chiqish mumkin bo‘ldi. Konferensiya dasturidan plenar va seksiyalar, poster sessiyalari, davra suhbatlari bo‘lib, unda olimlar biologiya, biotexnologiya va biomeditsina yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy loyihalarini taqdim etdilar. Xalqaro ilmiy konferensiya doirasida “Qozog‘istonning mintaqaviy florasi: xilma-xillik, genetika va tabiatni muhofaza qilish” simpoziumi bo‘lib o‘tdi, unda yetakchi biologlar, botaniklar va genetiklar ishtirok etdi. Anjumanda biotexnologiya sohasida yetakchi kompaniyalarning uskunalari, texnologiyalari, xizmatlari va imkoniyatlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
“Eng yaxshi og‘zaki taqdimot” va “Eng yaxshi stend taqdimoti” ko‘rik-tanlovlarini o‘tkazish ushbu tadbirning muhim qismi bo‘ldi. Akademik F.N. Rusanov nomidagi Botanika bog‘i biotexnologiya laboratoriyasi mudiri Feruza Mustafina “Ungernia Bunge (U. sewertzowii (REGEL) B.FEDTSCH. va U. victoris VVED. EX ARTJUSH.) ikkita dorivor o‘simlik turinini biologik faol komponentlar manbalari sifatida mikroko‘paytirish” ma’ruzasi bilan ushbu tanlovda birinchi o‘rinni egalladi. Ularni ushbu e’tirof bilan muborakbod etamiz! Olimaning ilmiy yutuqlari bardavom bo‘lsin!

Bizni kuzatishda davom eting!


📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtubehttpshttp
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏛 Ўзбекистон тарихи давлат музейи ўзбек халқининг 3 минг йиллик давлатчилик тарихи, анъаналари ва маданиятини тўлиқ ўзида намоён этувчи ягона музей ҳисобланади

Бу ҳақда АОКАда ўтказилган брифингда Ўзбекистон тарихи давлат музейи ахборот хизмати раҳбари Меҳрожиддин Умурзаков маълум қилди.

🔅 Музей ходимларининг кўп йиллик меҳнати ва илмий тадқиқотлари туфайли бугунги кунда музей фондида 350 мингдан ортиқ осори-атиқалар тўпланган.

🔅 Музейнинг асосий биноси 1970 йилда қурилган бўлиб, модернизм даврига оид архитектура ёдгорлиги сифатида моддий, маданий мероснинг кўчмас мулк объектлари миллий рўйхатига киритилган.

🔅 Жорий йил бошида бинонинг фасад қисмидаги мармардан ишланган бадиий безак намуналари ўрнидан кўчиб таъмирталаб аҳволга келиб қолган. Ўтган давр мобайнида таъмирлаш ишлари амалга оширилганлигига қарамасдан музейнинг иситиш-совутиш тизими маънан ва жисмонан эскирганлиги тарихий экспонатларни сақлаш ҳолатига салбий таъсир кўрсатмоқда.

🔅Шунингдек, бинода имконияти чекланган шахсларга етарлича шарт-шароит яратилмаганлигини ҳам айтиш жоиз.

🔅 Музей экспозицияси сўнгги бор 200 -йилда янгиланган. Қарийб 20 йил давомида янги тарихий тадқиқотлар, топилмалар ва ташриф буюрувчиларнинг билдирган инновацион лойиҳаларни музейга жалб қилиш ҳамда замонавий стандартлар асосида музейни қайта лойиҳалаш заруратини келтириб чиқарди.

🔅 Таъмирлаш ишлари якунланиши биланоқ ижтимоий тармоқларимизда ва веб-саҳифамизда расмий маълумот берилади.

🔅 Айни вақтда Ўзбекистон тарихи давлат музейининг филиали – Тошкент тарихи музейи доимий тартибда ишламоқда ва сайёҳларни қабул қилмоқда.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
 🇺🇿 🇨🇳 #Ilmiy_hamkorlik

 Tarix instituti direktori, akademik Azamat Ziyo Sharqiy-Xitoy pedagogika institutining Markaziy Osiyo markazi direktori o‘rinbosari Van Xaydunni qabul qildi.

Uchrashuv davomida:

✓ Tarix instituti va xitoylik tarixchi olimlar o‘rtasida ilmiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish;
✓ Ikki tomonlama manfaatli nashrlarni amalga oshirish;
✓ O‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixiga oid xitoy tilidagi birlamchi manbalarni aniqlash, ularni oʻzbek tiliga tarjima qilib nashr qilish;
✓Institut yosh xitoyshunoslarining qadimgi xitoy tilini o‘rganishlari bo‘yicha hamkorlik qilish va boshqa masalalar muhokama qilindi.

https://t.iss.one/tarixchivijdoni