O'zR FA | FAN - JAMIYAT TARAQQIYOTINI OLG'A SILJITUVCHI KUCH, VOSITA BO'LMOG'I LOZIM!
3.45K subscribers
13.2K photos
1.22K videos
594 files
7K links
O'zR Fanlar akademiyasi

Ishonch telefoni: 712335623

[email protected]

Murojaat: @faqaytaaloqabot

www.academy.uz
facebook.com/academy.uz
instagram.com/fanlar_akademiyasi
youtube.com/@Fanlar-akademiyasi

100047, Toshkent sh., Y.G'ulomov ko'chasi, 70-uy
Download Telegram
Samarqandda “Buyuk ajdodlar merosi – III Renessan poydevori” Xalqaro kongressida dunyoning 300 ga yaqin olimlari, muzey ва kutubxona rahbarlari, xalqaro va xorijiy tashkilotlar vakillari O'zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash ва ommalashtirishga oid loyihalar taqdimoti bilan tanishib, muhokamalar o‘tkazmoqda. Unda Sharqshunoslik institutining bir qator olimlari ham ishtirok etmoqda. Kongressda O'zbekiston islom sivilizatsiyasi markazining muzey ekspozitsiyalarining bo'limlari muhokamasi ham bo'lib o'tmoqda.

Kongressda Sharqshunoslik instituti direktori o'rinbosari, tarix fanlari doktori, professor Surayyo Karimova ISM muzeyining Ilm-fan bo'limining loyihasi taqdimotini xorijlik olimlarga taqdim etdi. Bundan ko'zlangan maqsad, bo'lim ekspozitsiyasini shakllantirishda ularning fikr-mulohazalarini eshitish.

@sharqinstituti
#Bugunning hikmati

Umrimning yarmi keyingi yarmini kutish bilan, keyingi yarmi esa avvalgi yarmini sogʻinish bilan oʻtdi.

Najib  FOZIL

Bizni kuzatishda davom eting!


📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtubehttpshttp
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔎O‘zbekiston va Xitoy olimlari Orol dengizi tubini hamkorlikda o‘rganishga kirishdi

Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o’rganish universitetida (“Green University”) Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Shinjon ekologiya va geografiya instituti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan hamkorlikda Orol dengizi qurigan tubining ekologiyasi va atrof-muhitiga oid kompleks ilmiy ekspeditsiyaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
https://gov.uz/eco/news/view/19609

🔎Ученые из Узбекистана и Китая начали совместное изучение осушенного дна Аральского моря

В Центрально-Азиатском университете изучения окружающей среды и изменения климата (Green University) состоялась Церемония открытия комплексной научной экспедиции по экологии и окружающей среде осушенного дна Аральского моря, организованной Министерством экологии, охраны окружающей среды и изменения климата, Синьцзянским институтом экологии и географии Китайской академии наук совместно с Академией наук Республики Узбекистан.
https://gov.uz/eco/news/view/19609

🔎Scientists from Uzbekistan and China have begun a joint study of the drained bottom of the Aral Sea

The Central Asian University of Environmental and Climate Change Studies (Green University) hosted the opening ceremony of a comprehensive scientific expedition on ecology and the environment of the drained bottom of the Aral Sea, organized by the Ministry of Ecology, Environmental Protection, and Climate Change, the Xinjiang Institute of Ecology and Geography of the Chinese Academy of Sciences, and the Academy of Sciences of the Republic of Uzbekistan.
https://gov.uz/eco/news/view/19609

📷Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook | X |🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from OYINA.UZ
Oʻzbekiston yosh tarixchilar uyushmasi tuziladi

Tarix instituti hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida "Yosh tarixchilarning 3-yozgi oʻqishlari" tashkil qilindi.

Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/2966

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | X | Instagram
Forwarded from Baxtiyor Yusupov
🕧Zamonaviy algebra fanining yetakchi olimlari yana Algebraning Vatanida jamlandi

26-27 avgust kunlari Urganch davlat uiversiteti tasvirlar nazariyasi bo’yicha Xitoy-O’zbekiston olimlarining Birinchi ilmiy anjumaniga mezbonlik qilmoqda. Urganch davlat universiteti, Yangi O’zbekiston universiteti hamda O’z.FAning Matematika instituti tomonidan tashkil etilgan ushbu anjumanda Xitoy va O’zbekiston olimlari bilan birga Kanada, Avstraliya, AQSH, Koreya, Yaponiya kabi rivojlangan davlatlarning yetakchi ilmiy markazlaridan tashrif buyurgan 20 dan ortiq eng kuchli mutaxassislar qatnashmoqda.

Anjumanning ochilish marosimida universitet rektori B.Abdullayev soʻzga chiqib, Xitoy oliy taʼlim muassasalari bilan yoʻlga qoʻyilgan hamkorlik aloqalari hamda matematika sohasi boʻyicha xorijlik olimlar bilan muntazam oʻtkazilib kelinayotgan xalqaro konferensiyalar haqida toʻxtaldi va navbatdagi anjuman ishiga rivoj tiladi. Shuningdek, ochilish marosimida Yangi O’zbekiston universiteti professori F.Eshmatov, Xitoyning Pekin universiteti professori Jiping Zhang tabrik nutqini soʻzladilar.
Shundan soʻng, xalqaro ilmiy anjuman olimlarning maʼruzalari bilan davom etdi.

🟢Ma’lumot uchun, ushbu yirik ilmiy tadbir 20-30 avgust kunlari yurtimizning turli hududlarida bo’lib o’tmoqda. Ishtirokchilar Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Nukus shaharlarida bo’lib, yurtimizning diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurishlari rejalashtirilgan.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube
#Astronomiya_yangiliklari

Xitoyga
navbatdagi ilmiy safar🌏

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti xodimlari, akademik Bobomurod Ahmedov va yosh professor Ahmadjon Abdujabbarovlar Xitoyning Pekin va Harbin shaharlaridagi xizmat safarini muvaffaqiyatli yakunlab, Toshkentga qaytishdi. 2024-yilning 7-11-avgust kunlari davomida olimlar Pekin shahridagi Milliy astronomik observatoriyalar, Xitoy Fanlar akademiyasi (NAOC) va Pekin universitetiga (#17, QS reytingida) tashrif buyurishdi. Ushbu tashrif doirasida bir qator muhim uchrashuvlar va ilmiy muloqotlar o‘tkazildi. O‘zbekiston va Xitoy olimlari o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladigan ushbu tashrif haqida batafsil ma’lumotlar bilan ham bo‘lishamiz. 🌠


Bizni kuzatishda davom eting! Jarayonlar bilan bo'lishamiz.


📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtubehttpshttp
https://uztv.tv/channels/uzbekiston-tarix

"Buyuk ajdodlar merosi - uchinchi uyg‘onish davri asosi" mavzusida o‘tkazilayotgan VIII Xalqaro kongress ishtirokchilari

👉Do‘stlaringizga ham ulashing. t.iss.one/uzbtariximtrk

Rasmiy sahifamiz👇
Telegram
🌐 Instagram
Facebook
📹You Tube
#Bugunning hikmati

Har koʻngil bir minorligin.
Chin soʻz ulugʻ meʼmorligin,
Chin podshoning bedorligin.
Chin davlatmandning zorligin,
Odam mangu bemorligin.
Koʻngling dunyoday torligin,
Dunyo koʻnglingda borligin.
Hammasining bekorligin,
Bilganing yoʻqqa oʻxshaydi,
Bilganing YOʻQqa oʻxshaydi.

Shodmonqul SALOM

Bizni kuzatishda davom eting!


📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtubehttpshttp