O'zR FA | FAN - JAMIYAT TARAQQIYOTINI OLG'A SILJITUVCHI KUCH, VOSITA BO'LMOG'I LOZIM!
3.45K subscribers
13.2K photos
1.22K videos
594 files
7K links
O'zR Fanlar akademiyasi

Ishonch telefoni: 712335623

[email protected]

Murojaat: @faqaytaaloqabot

www.academy.uz
facebook.com/academy.uz
instagram.com/fanlar_akademiyasi
youtube.com/@Fanlar-akademiyasi

100047, Toshkent sh., Y.G'ulomov ko'chasi, 70-uy
Download Telegram
#Akademik_bilan_uchrashuv

Bugun Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a'zosi, Tarix instituti direktori Azamat Ziyo Termiz shahrida joylashgan 12-umumiy oʻrta taʼlim maktabida mahalla fuqarolar yigʻini faollari, oʻqituvchilar, oʻquvchilar va ota-onalar bilan uchrashdi.
Suhbat chogʻida akademik Azamat Ziyo Oʻzbek davlatchiligi tarixi va uning bosqichlari, Turondagi mustamlakachilik siyosati, unga qarshi milliy ozodlik uchun kurashlari, tarixiy tafakkurni rivojlantirish va yoshlarni tarix faniga qiziqtirish, Yangi Oʻzbekistonda ilm-fanga boʻlgan eʼtibor haqida fikr bildirdi.
Uchrashuv davomida akademik Azamat Ziyoga ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar berib, kerakli javoblarni oldilar.

https://t.iss.one/tarixchivijdoni
#Xotira_muqaddas_9_may

Bugun Fanlar akademiyasi O'zbekiston tarixi davlat muzeyida "O'chmas u kunlar shuhrati" arxiv hujjatlari va muzey ashyolari koʻrgazmasining ochilish marosimi bo'ldi.

Bizni  ijtimoiy tarmoqlarda  kuzatib boring
👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
Taklifnoma Unutmoq osonmas sizlarni.pdf
11.6 MB
#Xotira_muqaddas_9_may

Fanlar akademiyasida faoliyat yuritgan, o'z umrini ilm-fan rivojiga bag'ishlagan olimlar xotirasiga 2024-yil 7-may kuni soat 16:00 da O'zbekiston davlat konservatoriyasining
“Organ zali”da “UNUTMOQ OSONMAS SIZLARNI” nomli konsert dasturi tashkil etilmoqda. Konsertda xalqaro tanlovlar laureati, sanʼashunoslik fanlari doktori, professor Marfua Xamidova hamdaOʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiyi, dotsent Munira Aminova ijodlaridan bahramand bo'lasiz.
Tadbirni Baxtishod G'aybullayev olib boradi.


Manzil: Oʻzbekiston davlat
konservatoriyasining “Organ zali.

Bizni  ijtimoiy tarmoqlarda  kuzatib boring
👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bugunning hikmati

Yomg’ir –
bosilmagan isyon,
olinmagan erk,
Milyon yil o’tsa ham o’lmagan istak.
Taqdirga zarracha keltirmasdan shirk,
Qabargan ko’ngildir, yemrilgan yurak.

✍️MehrNoz

P/S: Gohida dardlaringdek to'kila olmay qiynalar yomg'ir. Kuningiz shirin dardu-tashvishlarga yo'g'rilsin!
#Online                                                                                                              

Ayni daqiqalarda O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining prezidiumi katta majlislar zalida Fanlar akademiyasi Yosh olimlar kengashi tomonidan “Uchinchi Renessans yosh olimlari: zamonaviy vazifalar, innovatsiya va istiqbol” mavzusidagi Xalqaro ilmiy – amaliy anjumani o'z ishini boshladi.

Bizni  ijtimoiy tarmoqlarda  kuzatib boring
👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#Matbuot erkinligi

Bugun - Jahon matbuoti erkinligi kuni! 📰💡

So‘z, axborot va fikr erkinligi doim muhimligini eslatuvchi kun! 💬

Erkin jamiyat poydevori bo‘lgan bu so‘z erkinligi ne’matini e’zozlaylik va qadrlaylik. 🌍📝

Bayramingiz muborak bo'lsin, aziz matbuot xodimlari!🎉🗞

Bizni  ijtimoiy tarmoqlarda  kuzatib boring
👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Akademiya yoshlari

O'zbekiston telekanalining “Xulosa oʻzingizdan” teleloyihasining “Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni taʼminlashda Yangi O'zbekiston tashabbuslari” ga bag'ishlangan sonida O'zFA Davlat va huquq instituti bo'lim boshlig'i, yuridik fanlar bo'yicha falsafa doktori Akbarshoh Teshaboyev ekspert sifatida ishtirok etdi.

Bizni  ijtimoiy tarmoqlarda  kuzatib boring
👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
Joriy yilning 3-5 may kunlari Buxoro shahrida II  Xalqaro  zardo‘zlik va zargarlik   festivali doirasida bugun OAV uchun matbuot anjumani tashkil etildi.  Anjumanda  ko‘p asrlik an’analani saqlash, qayta tiklash va targ‘ib qilish borasida fikrlar bayon etildi. Anjumada  O‘zbekiston  Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi,  Ilm-fan targ’iboti markazi direktori, san’atshunoslik fanlari professori,  Akbar Hakimov ishtirok etmoqda.  Anjumanda  festivalga Avstraliya, Vetnam, Tayvan, Rossiya Turkiya, Qirg‘iziston  kabi xorijiy  mamlakatlar va mahalliy ekspertlar tashrif buyurgan bo‘lib, konferensiya doirasida 80 nafar mehmonlar umumiy tarkibidan  10 nafari ma’ruza qilishini ma’lum qildi. 4-may kuni “An’anaviy zardo‘zlik va zargarlik san’atini rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi konferensiya Buxoro davlat universiteti Anjumanlar saroyida bo’lib o’tadi.

Bizni  ijtimoiy tarmoqlarda  kuzatib boring
👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#Online

Fanlar akademiyasi Materialshunoslik instituti tomonidan Yangi materiallar bo'yicha O'zbekiston-Xitoy forumi Fanlar akademiyasi Fizika-texnika institutida boshlandi. Forum tafsilotlarini yoritib boramiz. Xalqaro forum ertaga Parkentda Fanlar akademiyasi Materialshunoslik institutida davom etadi.

Bizni  ijtimoiy tarmoqlarda  kuzatib boring
👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtube