O'zR FA | FAN - JAMIYAT TARAQQIYOTINI OLG'A SILJITUVCHI KUCH, VOSITA BO'LMOG'I LOZIM!
3.39K subscribers
13K photos
1.2K videos
586 files
6.89K links
O'zR Fanlar akademiyasi

Ishonch telefoni: 712335623

[email protected]

Murojaat: @faqaytaaloqabot

www.academy.uz
facebook.com/academy.uz
instagram.com/fanlar_akademiyasi
youtube.com/@Fanlar-akademiyasi

100047, Toshkent sh., Y.G'ulomov ko'chasi, 70-uy
Download Telegram
#Muassasalarda taqdimotlar

Fanlar akademiyasi institutlarida monitoring jarayonlari davom etmoqda. Kecha Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Astronomiya institutida –Markaziy Osiyodagi koʻhna ilm dargohida 2023-yil sarhisobi va yangi loyihalarga bag'ishlangan taqdimot boʻlib oʻtdi. Institut 1873-yilda Toshkent Astronomiya observatoriyasi sifatida tashkil etilgan va 1966-yilda Astronomiya institutiga aylantirilgan. Institut 94 nafar xodimdan tashkil topgan 5 ta ilmiy laboratoriya mavjud. Taqdimotlarda 2023-yilda olingan eng muhim ilmiy natijalar va institut faoliyatiga oid masalalar muhokama qilindi va 2024-yil rejalari kelishib olindi.

Bizni  ijtimoiy tarmoqlarda  kuzatib boring
👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
Forwarded from Тошкент Бугун | Toshkent Bugun
#Диққат #Тезкор
Яқин кунларда интернет ва электрсиз қолишимиз мумкин😳

️ - Қуёшдаги чақнаш Австралия ва Осиёда электр узилишларига олиб келади: яқин кунларда алоқа узилиши эҳтимоли 45%.

📍Огоҳлантириш ҳаво ва давлат хизматлари, шунингдек об - ҳаво станциялари томонидан ишлатиладиган частоталарга тегишли.

👉 @TOSHKENT_BUGUN
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan quyoshdagi chaqnash sabab elektrsiz qolishimiz mumkinligi to‘g‘risidagi xabarlarga
Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti olimlarining

ilmiy munosabati


Olingan ma‘lumotlarga ko'ra, yaqin 3 kun ichida bizning kenglamalarda aloqa tizimlari va elektr ta‘minotida uzilishlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan o‘rta va kuchli darajadagi geomagnit bo‘ronlar kutilmaydi. Quyosh shamolining kuchayishi ham kuzatilmaydi. Biroq, 7 fevraldan 9 fevralgacha davr oralig‘ida Quyoshning faol (dog‘ kuzatiladigan) sohalarida kuchsiz va o‘rtacha intensivlikdagi chaqnashlar sodir bo‘lish ehtimoli bor. O‘rtacha quvvatli chaqnashlar shimoliy mintaqalarda radioaloqani qisqa vaqt uzilishiga olib kelishi mumkin. Bizning ma‘lumotlarga ko‘ra, sutka davomida geomagnit vaziyat tinch holatdan biroz kuchsiz g‘alayonlanishga o‘zgaradi.

Bizni  ijtimoiy tarmoqlarda  kuzatib boring
👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#Fan va tarix #Navoiyshunoslik ilmi Bugun 21:30 da "O'zbekiston tarixi" telekanalida "Fan va tarix" ko'rsatuvining Alisher Navoiyning buyuk adabiy merosini o'zbek olimlari tomonidan ilmiy tadqiq etilishi tarixini yoritamiz. Ko'rsatuvlarimizni kuzatib boring!
📣TAKLIFNOMA

2024-yil 9-fevral (juma) kuni soat 10:00da Adiblar xiyobonidagi, soat 11:00da Davlat adabiyot muzeyi hamda Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetidagi shoir haykallari poyida Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan adabiy-maʼrifiy tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi, Adiblar xiyoboni, Alisher Navoiy haykali (Mo‘ljal: metroning "Milliy bog‘" bekati).

📍Manzil: Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi (Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi 69-uy).

📍Manzil: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti (Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Yusuf Xos Hojib ko‘chasi, 103-uy).

❗️ Hurmatli jurnalistlar va OAV vakillari, tadbirlarda qatnashib, tafsilotlari keng yoritilishida amaliy yordam berishingiz so‘raladi.

❗️ Tadbirlarda 35ta xorijiy mamlakatdan kelgan mehmonlar ham ishtirok etadi.

Tadbirlarga barcha qiziqqanlarni taklif etamiz.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
#Bugunning hikmati

Ilm, Navoiy senga maqsud bil, Emdiki, ilm o'ldi, amal aylagil.
Alisher Navoiy
#Online

"O'zbekiston olima ayollarining xalqaro maydondagi o'rni" mavzusi xalqaro forum boshlanish arafasida...
#Navoiyni_anglamoq_baxti

Bu dunyoda abadiy qolmoq mumkin emas, biroq yaxshi nom qoldirmoq katta saodatdir.

Alisher Navoiy