O'zR FA | FAN - JAMIYAT TARAQQIYOTINI OLG'A SILJITUVCHI KUCH, VOSITA BO'LMOG'I LOZIM!
3.39K subscribers
13K photos
1.2K videos
586 files
6.88K links
O'zR Fanlar akademiyasi

Ishonch telefoni: 712335623

[email protected]

Murojaat: @faqaytaaloqabot

www.academy.uz
facebook.com/academy.uz
instagram.com/fanlar_akademiyasi
youtube.com/@Fanlar-akademiyasi

100047, Toshkent sh., Y.G'ulomov ko'chasi, 70-uy
Download Telegram
#Online

Ayni daqiqalarda O'zbekiston Fanlar akademiyasi Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutida "Optika va lazer fizikasi muammolari va istiqbollari" mavzusida Fanlar akademiyasining 80 yilligiga bag'shlangan ilmiy-amaliy anjuman o'z ishini boshladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#Xalqaro anjuman


“Turkiy dunyo: kecha va bugun” xalqaro anjumanini haqida


Bugun Fanlar akademiyasi Tarix instituti Buxoro viloyati hokimligi va Buxoro davlat universiteti bilan birgalikda Turkiya Respublikasi tashkil topganligining 100 yilligiga bag’ishlangan “Turkiy dunyo: kecha va bugun” xalqaro anjumanini o’tkazmoqda. Anjumanni Tarix instituti direktori Azamat Ziyo, Buxoro viloyati hokimligi kotibiyati mudiri Maqsud Muhammedov va Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Hafizovich tabrik so’zi bilan ochib berdilar.
Ushbu ilmiy konferensiyada Tarix instituti, Turkiyaning Egey universiteti, Sivas Jumhuriyat universiteti va Buxoro davlat universiteti olimlarining ilmiy ma’ruzalari tinglanadi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
Qashqadaryo viloyati mutasaddilarining O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Astronomiya institutiga qarashli Maydanak astronomiya observatoriyasi to‘g‘risidagi fikrlariga O‘zbekiston Fanlar akademiyasining
Rasmiy munosabati


“O‘zbekiston 24” telekanali orqali efirga uzatilgan lavhada Qashqadaryo viloyatining mutasaddilari intervyu berib, unda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Astronomiya institutiga qarashli Maydanak astronomiya observatoriyasi haqida “ko‘p yillardan buyon faoliyat yuritmayotgan Maydanak observatoriyasi o‘rnida sihatgoh quriladi” deya bildirilgan fikrlarga O‘zbekiston Fanlar akademiyasi o‘zining quyidagi munosabatini bildiradi.
Maydanak baland tog‘ida ikkita obyekt joylashgan. Birinchisi – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Astronomiya institutiga qarashli Maydanak astronomiya observatoriyasi – respublikamizdagi eng ilg‘or ilmiy texnik inshootlardan biri hisoblanadi. Maydanak observatoriyasi Fanlar akademiyasining faxri bo‘lib, bugungi kunda o‘zining noyob astroiqlimi bilan jahonning eng yetakchi beshta observatoriyalaridan biri hisoblanadi. Bu joyda olib borilayotgan tadqiqotlar asosida har yili dunyoning eng nufuzli va yuqori impakt faktorga ega bo‘lgan ilmiy nashrlarida 50 dan ortiq maqolalar chop etiladi, shuningdek bir nechta dissertasiyalar yoqlanadi. Astronomiya instituti va unga qarashli Maydanak observatoriyasi 30 dan ziyod xalqaro loyihalarda faol ishtirok etadi. Qisqa qilib aytganda, Maydanak observatoriyasi bugungi kunda o‘zining 80 yillik yubileyini nishonlayotgan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining eng faol noyob obyektlardan biridir.
Bu noyob obyekt Prezidentimizning doimiy nazoratida bo‘lib, Maydanak observatoriyasini rivojlantirish va uning infratuzilmasini yaxshilashga jiddiy e’tibor berib kelinmoqda. So‘nggi yillarda observatoriyaga olib boriladigan yo‘llarni ta’mirlash va optik tolali internet tarmog‘ini o‘tkazish ishlari shular jumlasidandir.
Ikkinchisi esa, yaqingacha O‘zbekiston respublikasi Mudofaa vazirligiga tegishli bo‘lgan «Maydanak» o‘lchash majmuasi (Izmeritelniy kompleks «Maydanak») bo‘lib, ushbu obyekt haqiqatdan ham so‘nggi yillarda faoliyat olib bormagan. Ushbu tepalik Maydanak Observatoriyasidan 4 km sharqda joylashgan. Hozirda aynan shu joyda turistik zona qurilishi mo‘ljallangan.
Mutasaddilardan bu ikki obyektni nomlaridan foydalanishda aniqlikka amal qilishlarini so‘raymiz!

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Axborot xizmati
#Fanlar akademiyasi 80 yoshda

"Fan va tarix" turkum ko'rsatuvlarimizning Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutiga bag'ishlangan soni bugun 21:30 da efirga uzatiladi. Efirlarimizni kuzatib boring!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Все новорожденные в Узбекистане будут проходить исследование еще на одно наследственное заболевание

Речь идет о муковисцидозе (кистозный фиброз), неонатальный скрининг этой болезни начнется с уже со следующего года. Об этом заявила на проходящем в эти дни в Ташкенте форуме «Содружество без границ» главный педиатр Минздрава Узбекистана Дилором Ахмедова.

На сегодняшний день в республике скрининг новорожденных проводится для раннего выявления детей с фенилкетонурией и врожденным гипотиреозом.

@SputnikUzbekistan
#Bugunning hikmati

Odam bolasi dunyodagi jonli mavjudotlar ichida eng ko'nikuvchani.
Menimcha, bu unga berilgan eng to'g'ri, aniq ta'rif... Ko'p narsaga ko'nikib qolishimiz yomon aslida.

Fyodor Dostoyevskiy