O'zR FA | FAN - JAMIYAT TARAQQIYOTINI OLG'A SILJITUVCHI KUCH, VOSITA BO'LMOG'I LOZIM!
3.83K subscribers
14.1K photos
1.27K videos
617 files
7.43K links
O'zR Fanlar akademiyasi

Ishonch telefoni: 712335623

[email protected]

Murojaat: @faqaytaaloqabot

www.academy.uz
facebook.com/academy.uz
instagram.com/fanlar_akademiyasi
youtube.com/@Fanlar-akademiyasi

100047, Toshkent sh., Y.G'ulomov ko'chasi, 70-uy
Download Telegram
Fanlar akademiyasi jamosi g'olib!

56-ta jamoa ishtirok etayotgan, vazirlik va idoralar o'rtasida bo'lib o'tayotgan "Zakovat" intellektual o'yinida Fanlar akademiyasi yoshlari jamoasi faxrli I-o'rinni qo'lga kiritdi.

G'alaba barchamizga muborak bo'lsin!



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
Vazirlik va idoralar o‘rtasidagi Mustaqillik kubogi yakuniga yetdi!

Ilk bor o‘tkazilgan Mustaqillik kubogi keskin kurashlarga boy o‘tdi. Buni har uchala sovrinli o‘rin egalarining qo‘shimcha savollar orqali aniqlanganidan ham ko‘rish mumkin.

Ellikka yaqin jamoa qatnashgan musobaqada quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:

🥇1-o‘rin: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi;
🥈2-o‘rin: AOKA Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha markazi;
🥉3-o‘rin: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi.

🎁 G‘olib jamoalar diplom va medallar hamda smart televizorlar bilan taqdirlandi!

🏆Shuningdek, musobaqada 1-o‘rinni egallagan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi jamoasiga maxsus tayyorlangan Mustaqillik kubogi topshirildi!

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ўзбекистон Математиклари (G'olibjon Botirov)
академик Т.А. Саримсоқов.pdf
297 KB
1915 йил 10 сентябр куни машҳур математик олим, Ўзбекистон Республикаси Фанлар академияси академиги Т.А. Саримсоқов таваллуд топган.
#bugun #Xotira                                                                                                                                              📌 
10-Sentabr. Matematik olim,  O‘zbekiston fan arbobi, akademik Toshmuhammad Sarimsoqov tavallud topgan kun.                                                                                                                                                                                                                                                                                    🎤Respondent-Uning shogirdi, O‘zbekiston qahramoni, akademik Shavkat Ayupov                                                📻 "O'zbekiston-24" radiokanali Fm 87.9да har kuni soat 20:35 da "Bugun" dasturi.                                                                             📆Muallif- Durdona Ma'diyeva .
@DurdonaDilshod
Audio
#bugun #Xotira 📌
10-Sentabr. Matematik olim, O‘zbekiston fan arbobi, akademik Toshmuhammad Sarimsoqov tavallud topgan kun. 🎤Respondent-Uning shogirdi, O‘zbekiston qahramoni, akademik Shavkat Ayupov 📻 "O'zbekiston-24" radiokanali Fm 87.9да har kuni soat 20:35 da "Bugun" dasturi. 📆Muallif- Durdona Ma'diyeva .
@DurdonaDilshod
#Jarayon


Fanlar akademiyasi oʼz tizimdagi tashkilotlarning moddiy texnik bazasini takomillashtirish borasida oʼrganish ishlarini davom ettirmoqda. Joriy yil 9- sentabr kuni Fanlar akademiyasi ishchi guruhi vakillari Jizzax viloyati, Zomin tumanida joylashgan Suffa yassi togʼida joylashgan RT-70 Radioastronomik observatoriyasi maydonlarida olib borilayotgan taʼmirlash ishlari holati bilan tanishdilar. Unda «Zomin» turistik-rekreatsion zona direktsiyasi vakillari kelajakda olimlar tomonidan amalga oshiriladigan ishlar bilan tanishtirildi va loyihalar muhokama qilindi. Qisqa to'lqinlar oralig'ida kosmosdan signallarni qabul qiluvchi noyob tadqiqot asbobi Oʻzbekiston va Rossiyaning ilm-fan yo’lidagi hamkorligi, xalqaro observatoriya doirasida qurib bitkaziladi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
E'lon!

Ertadan “XVII Xalqaro seysmologiya maktabi” o'z ishini boshlaydi

So‘nggi yillarda dunyoda yuz bergan turli ofatlar seysmologiya sohasini har bir mamlakat uchun naqadar muhim ekanligini anglatdi.
O‘zbekistonda ham seysmologiya yo‘nalishiga alohida e’tibor qaratilib, soha vakillari, olimlar bu yo‘nalishlarda qator ilmiy izlanishlarni, yangi loyihalarni boshlashdi.
Ulkan loyihalardan yana biriga O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti mezbonlik qilmoqda.
Toshkent shahrida 11-15 sentabr kunlari “XVII Xalqaro seysmologiya maktabi”, MDH davlatlarining yosh seysmologlari maktabining xalqaro anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

Anjumanning ochilish marosimi: 2023-yil 11-sentabr kuni soat 10:00 da O‘zbekiston Fanlar akademiyasining 1-qavat anjumanlar zalida bo’lib o‘tadi. Manzil: Toshkent shahri, Yahyo Gulyamov ko‘chasi, 70-uy.

11–14 sentabr kunlari plenar majlislar, ilmiy sessiyalar, amaliy va uslubiy mashg‘ulotlar “O‘zbekiston” mehmonxonasining anjumanlar zalida bo‘lib o‘tadi.
#Bugunning hikmati

Insonning qadr-qimmati nimaga erishganiga qarab emas, nima berganiga qarab belgilanishi kerak. Muvaffaqiyatli emas, balki qimmatli odam bo'lishga harakat qiling.

Albert Eynshteyn
Forwarded from Huquqiy axborot
#Қонунчиликдаги_янгиликлар

❗️Фанлар академиясининг 80 йиллиги юбилейи ўтказилади

“Ўзбекистон Республикаси Фанлар академияси ташкил топганлигининг 80 йиллигига бағишланган юбилей тадбирларини ўтказишнинг ташкилий чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент қарори (ПҚ–298-сон, 09.09.2023 й.) қабул қилинди

🗓 Қарорга кўра, Фанлар академиясининг юбилей тадбирлари 2023 йил 12–14 декабрь кунлари Тошкент шаҳрида ўтказилади.

🔘 Шунга кўра, қуйидагилар ташкил этилади:

🔹“Илм-фан – Янги Ўзбекистон пойдевори” мавзусида халқаро конференция;

🔹Инновацион ишланмалар кўргазмаси;

🔹Фанлар академиясининг ҳақиқий аъзолигига (академикликка) танлов;

🔹“Ўзбекистон Республикаси Фанлар академиясининг тарихи” экспозицияси.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
#Online
Loyiha-kelajakning homaki rejasi. Barcha yuksalishlar loyihalardan boshlanadi!

Bugun 11-15 sentabr kunlari bo’lib o’tishi kutilayotgan “XVII Xalqaro seysmologiya maktabi”, MDH davlatlarining yosh seysmologlari maktabining xalqaro anjumani O’zbekiston Fanlar akademiyasida soha vakillari, yosh olimlarning birdamligi bilan yuksak ruhiyatda o’z ishini boshladi.
Ushbu maktabda ehtimoliy usullardan foydalangan holda seysmik xavfni baholashning zamonaviy usullari va texnologiyalari bilan tanishish, zilzilani bashorat qilish, seysmik manbalarning turli modellaridan foydalangan holda seysmik xavfni, seysmik xavfni ehtimoliy baholashga qo’yiladigan asosiy talablar, har xil turdagi seysmik manbalarni aniqlash tamoyillari, seysmik manbalarni tahlil qilish, seysmik tebranishlarni susaytirish tenglamalarini tanlash, seysmik ta’sirlarni hisoblash bo’yicha amaliy mashg’ulotlar bo’lib o’tadi.
Anjumandan kutilayotgan natijalari shundan iboratki:
MDH ishtirokchi davlatlarining yosh olimlari tomonidan seysmik xavfni baholashning zamonaviy usullari, zilzilalar prognozi, seysmik xavfning asosiy asoslari, O’zbekiston Respublikasida bunday ishlarni amalga oshirish tajribasi bilan tanishish to’g’risida nazariy bilimlar olish, seysmik xavfning nazariy va amaliy asoslarini, hududlar va yirik qurilish obektlari uchun seysmik xavfni baholashning zamonaviy usullari o’rganiladi. Bir so’z bilan aytganda ushbu “XVII Xalqaro seysmologiya maktabi” yosh olimlarning bilim, tajriba va yangiliklarni almashishlari uchun asos bo’lib xizmat qiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtube