O'zR FA | FAN - JAMIYAT TARAQQIYOTINI OLG'A SILJITUVCHI KUCH, VOSITA BO'LMOG'I LOZIM!
4.25K subscribers
14.7K photos
1.31K videos
636 files
7.7K links
O'zR Fanlar akademiyasi

Ishonch telefoni: 712335623

[email protected]

Murojaat: @faqaytaaloqabot

www.academy.uz
facebook.com/academy.uz
instagram.com/fanlar_akademiyasi
youtube.com/@Fanlar-akademiyasi

100047, Toshkent sh., Y.G'ulomov ko'chasi, 70-uy
Download Telegram
#ONLAYN

“Fizika - 2022” xalqaro fiziklar Forumi

Xabar berganimizdek, Namanganda "Fizika-2022" xalqaro forumi o’tkazilmoqda. Forumda dunyoning koʼplab mamlakatlaridan tashrif buyurgan olimlar mazkur sohadagi muammolarga ilmiy tomondan yechim topishga qaratilgan ma’ruzalari bilan ishtirok etmoqda.
Forum davom etmoqda.
#ILM-FAN VA TA’LIM INTEGRATSIYASI

✍🏻 Namangan muhandislik-texnologiya instituti hamda Oʼzbekiston Fanlar akademiyasi Yadro-fizika instituti o’rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

"Fizika-2022" xalqaro Forumi doirasida hamkorlik shartnomalari imzolanmoqda. Jumladan, Namangan muhandislik-texnologiya instituti hamda Oʼzbekiston Fanlar akademiyasi Yadro-fizika instituti o’rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Shartnomaga koʼra, ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini birgalikda oʼrganish va yana boshqa bir qancha loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
“Fizika-2022” xalqaro forumi o’z ishini yakunladi

Ikki kun davomida Namanganda "Fizika-2022" xalqaro forumi oʼtkazildi.
Ushbu forumda ilm-fan namoyondalari, akademiklar, professorlar, dunyoning 15 dan ortiq mamlakatlaridan 100 dan ortiq xorijiy mehmonlar ishtirok etishdi. Ikki kun davomida olimlar fizika fanini yanada rivojlantirish masalalarini faol muhokama qilishdi. Bugun forumning rasmiy tadbirlari yakunlandi.
Forum yakunida Oʼzbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik Behzod Yuldashev mezbonlik uchun viloyat hokimligi va Namangan muhandislik-texnologiya institutiga, namanganlik olimlarga samimiy minnatdorlik bildirdi.
ARXEOGENETIKLAR NOBEL QOZONDI !!!

Arxeo-genetiklar Neandertal odami genomining to'liq ketma-ketligini (sequencing) qadimiy DNKni o'rganish natijasida ochib bergani va

Sibirdagi Denisov unguridan topilgan tarixoldi odami barmoq suyagidan uning genomini o'rganish natijasida So'nggi Paleolit davrida Yevrosiyo qit'asida Neandertallardan tashqari yana bir nasli tugab ketgan odam turi - Denisov odami - yashaganligini aniqlagani hamda

bugungi Yevropa va O'rta Osiyo aholisida 1-2% Neandertal geni, Osiyo aholisida esa 1-6% Denisov odami geni mavjudligini kashf qilgani uchun Nobel mukofotini qozondilar!!!

Bu izlanishlarning yetakchisi Shvetsiyalik arxeo-genetik, professor Svante Pääbo 10 million Shved kronasi (chamasi bir million AQSH dollari) miqdorida Nobel mukofotini qo'lga kiritdi.


https://bigthink.com/the-past/neanderthal-denisovans-paabo-nobel-prize-2022/?utm_medium=Social&utm_source=Facebook&fbclid=IwAR1ekSUg4g-XrLdZhAXZFOXQpeenLaa1W400328nVnG_G0eZOvTekhvVBRc#Echobox=1664898553-1
⚡️Очиқ осмон остидаги Ахсикент музейи меҳмонларнинг катта қизиқишига сабаб бўлди

Наманган вилоятида ташкил этилган "Физика-2022" халқаро форумида иштирок этиш учун Наманган вилоятига ташриф буюрган хорижий меҳмонлар учун диққатга сазовор манзиллар бўйлаб саёҳат ташкил этилди.
Меҳмонлар Тўрақўрғон туманидаги Ахсикент дирекцияси бўлишди. Қадим тарихга эга ушбу мажмуада олиб борилаётган қазилмалар, тарихий манбалар юртимиз меҳмонларининг катта қизиқишига сабаб бўлди.
#XALQARO HAMKORLIK

OʻzR FA Botanika instituti direktor oʻrinbosari, b.f.d. F.I. Karimov Tojikistonda oʻtkazilgan Norvegiya va Yevroosiyo mamlakatlari hamkorligidagi “Kick-starting the biodiversity data publication process for Tajikistan” (ID:CESP2022-001) loyihasi doirasidagi “Tojikiston GBIF boʻgʻini uchun GBIF ma’lumotlarini yigʻish va nashr qilish” kursida ishtirok etdi.
Ushbu tadbirdan koʻzlangan maqsad – biologik xilma-xillik ma’lumotlarini boshqarish boʻyicha tajriba almashish va bu borada koʻnikmalarni oshirishdan iborat.
Tadbirda ekologiya, botanika va bioxilma-xillikni asrash sohasidagi soʻnggi yutuq va materiallar bilan tanishish, tajriba almashish maqsadida olimlar, mahalliy va xorijiy ekspertlar, yosh mutaxassislar qatnashishdi.
Seminarda F.Karimov tomonidan O‘zbekistondagi bioxilma-xillik to‘g‘risidagi ma’lumotlarni elektron shaklga o‘tkazish va xalqaro ma’lumotlar bazasiga joylashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’ruza bilan ishtirok etib, o‘zaro tajriba almashildi.