O'zR FA | FAN - JAMIYAT TARAQQIYOTINI OLG'A SILJITUVCHI KUCH, VOSITA BO'LMOG'I LOZIM!
4.25K subscribers
14.7K photos
1.32K videos
636 files
7.71K links
O'zR Fanlar akademiyasi

Ishonch telefoni: 712335623

[email protected]

Murojaat: @faqaytaaloqabot

www.academy.uz
facebook.com/academy.uz
instagram.com/fanlar_akademiyasi
youtube.com/@Fanlar-akademiyasi

100047, Toshkent sh., Y.G'ulomov ko'chasi, 70-uy
Download Telegram
📝 Наманган шаҳрида 4-5 октябрь кунлари “Физика-2022” халқаро форуми бўлиб ўтмоқда

Ўзбекистон Фанлар академияси, Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги, Наманган муҳандислик-қурилиш институти ва Наманган давлат университети ҳамкорлигида “Фарғона водийсида физика илм-фанининг бугунги куни ва янги йўналишларини ривожлантириш истиқболлари” муҳокамасига бағишланган “Физика - 2022” иккинчи Халқаро Форуми ўз ишини бошлади.

Форумда маҳаллий ва хорижий академиклар, профессорлар, физика фани бўйича илмий тадқиқот ишларини олиб бораётган 200 дан ортиқ илм-фан намоёндаси иштирок этмоқда.

Форум якунларига кўра, Ўзбекистон ва хорижий мамлакатлардаги илмий текшириш институтлари, олий таълим муассасалари ўртасида ўзаро ҳамкорлик шартномлари имзоланиб, илмий-инновацион йўналишларда фаол ҳамкорлик ишларини олиб бориш, жумладан, стажировкалар ташкил этиш, магистратура ва докторантура босқичлари учун қўшма таълим йўналиши фаолиятини ташкил этиш, фундаментал ва амалий қўшма лойиҳалари бўйича халқаро танловларда иштирок этиш, илмий амалий анжуманлар ташкил этиш, хорижий илмий институтлар билан дўстона алоқаларни янада кенгайтириш мақсад қилинган.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Fanlar akademiyasi prezidenti vodiy viloyatlari yosh olimlari bilan uchrashdi

Xabar berganimizdek, bugun Namanganda Xalqaro fiziklar forum oʼz ishini boshladi. Unda dunyoning 15 dan ortiq mamlakatlaridan kelgan olimlar fizika fanini yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilishmoqda.

Forum doirasida Oʼzbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik Bexzod Yuldashev vodiy viloyatlari yosh olimlari, iqtidorli talabalar bilan uchrashib, ochiq muloqot qildi.
Samimiy va doʼstona kayfiyatda oʼtkazilgan uchrashuvda yoshlar oʼzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Ilm fanni yanada rivojlantirishga qaratilgan takliflar bildirildi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#KUN TAFSILOTI

O'zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti Behzod Yuldashev "Fizika-2022" xalqaro Forumi doirasida vodiy yosh tadqiqotchilari bilan uchrashdi
#ONLAYN

“Fizika - 2022” xalqaro fiziklar Forumi

Xabar berganimizdek, Namanganda "Fizika-2022" xalqaro forumi o’tkazilmoqda. Forumda dunyoning koʼplab mamlakatlaridan tashrif buyurgan olimlar mazkur sohadagi muammolarga ilmiy tomondan yechim topishga qaratilgan ma’ruzalari bilan ishtirok etmoqda.
Forum davom etmoqda.
#ILM-FAN VA TA’LIM INTEGRATSIYASI

✍🏻 Namangan muhandislik-texnologiya instituti hamda Oʼzbekiston Fanlar akademiyasi Yadro-fizika instituti o’rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

"Fizika-2022" xalqaro Forumi doirasida hamkorlik shartnomalari imzolanmoqda. Jumladan, Namangan muhandislik-texnologiya instituti hamda Oʼzbekiston Fanlar akademiyasi Yadro-fizika instituti o’rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Shartnomaga koʼra, ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini birgalikda oʼrganish va yana boshqa bir qancha loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
“Fizika-2022” xalqaro forumi o’z ishini yakunladi

Ikki kun davomida Namanganda "Fizika-2022" xalqaro forumi oʼtkazildi.
Ushbu forumda ilm-fan namoyondalari, akademiklar, professorlar, dunyoning 15 dan ortiq mamlakatlaridan 100 dan ortiq xorijiy mehmonlar ishtirok etishdi. Ikki kun davomida olimlar fizika fanini yanada rivojlantirish masalalarini faol muhokama qilishdi. Bugun forumning rasmiy tadbirlari yakunlandi.
Forum yakunida Oʼzbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik Behzod Yuldashev mezbonlik uchun viloyat hokimligi va Namangan muhandislik-texnologiya institutiga, namanganlik olimlarga samimiy minnatdorlik bildirdi.