O'zR FA | FAN - JAMIYAT TARAQQIYOTINI OLG'A SILJITUVCHI KUCH, VOSITA BO'LMOG'I LOZIM!
4.21K subscribers
14.4K photos
1.3K videos
628 files
7.59K links
O'zR Fanlar akademiyasi

Ishonch telefoni: 712335623

[email protected]

Murojaat: @faqaytaaloqabot

www.academy.uz
facebook.com/academy.uz
instagram.com/fanlar_akademiyasi
youtube.com/@Fanlar-akademiyasi

100047, Toshkent sh., Y.G'ulomov ko'chasi, 70-uy
Download Telegram
❗️Rasmiy bayonot!
Toshkent Botanika bog'i tashrif buyuruvchilar uchun o'z faoliyatini vaqtinchalik to'xtatadi!

O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti huzuridagi akad. F.N. Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bog'ida 2022-2023-o'quv yilida oliy ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilish uchun test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rilishi va uning o'tkazilishi munosabati bilan joriy yil 5-avgustdan 20-avgustga qadar tashrif buyuruvchilar uchun o'z faoliyatini vaqtinchalik to'xtatadi.

O‘zR FA Axborot xizmati.
“Qadimiy yozma manbalarni saqlash va tadqiq etishning dolzarb masalalari” mavzusida akademik U.Karimov nomidagi yosh sharqshunoslarning XVIII xalqaro konferensiyasi

VIDEOLAVHA 👉🏻 https://www.youtube.com/watch?v=r0fdG3LlcvI
#YANGI QURILMA

Spectrum Two IK Furye spektrometri. U qanday imkoniyatlarga ega?

PerkinElmer (Buyuk Britaniya) tomonidan ishlab chiqarilgan Spectrum Two IK spektrometri yaqin infraqizil diapazonda tahlil qilish uchun mo’ljallangan va laboratoriyadan tashqarida namuna olish mumkin bo’lgan joylarda ham vazifalarni bajarish uchun ishlatilishi mumkin.
BATAFSIL 👉🏻 https://academy.uz/uz/news/spectrum-two-ik-furye-spektrometri-u-qanday-imkoniyatlarga-ega

BIZNI IJTIMOIY TARMOQLARDA KUZATIB BORING:
📍 Telegram:
https://t.iss.one/ANRUz
📍Facebook:
facebook.com/academy.uz
📍Instagram:
instagram.com/fanlar_akademiyasi
📍Youtube:
youtube.com/academy.uz
#XALQARO KONFERENSIYA

Yosh sharqshunoslar konferensiyasi oʼtkazildi

Konferensiya ishida qoʼlyozmalarni taʼmirlash, saqlash, restavratsiya jarayonlari, manba va matnlar tahliliga oid masalalar, Islom madaniyati, tarixi, buyuk allomalarimizning ilmiy merosini oʼrganish, Markaziy Osiyo tarixi va tarixshunosligi, meʼmoriy yodgorliklar tarixi, Sharq xalqlari adabiyotining ommalashuvi va maʼnaviy-badiiy qirralari, Sharq tillarining oʼziga xos jihatlari hamda oʼzbek tilshunosligidagi tadqiqotlar jarayoni, Oʼzbekistonning xorijiy Sharq mamlakatlari bilan munosabatlari, yetuk sharqshunos olimlar hayoti va ijodi hamda zamonaviy siyosiy va ijtimoiy masalalarga alohida eʼtibor qaratildi.
BATAFSIL 👉🏻 https://academy.uz/uz/news/qadimiy-yozma-manbalarni-saqlash-va-tadqiq-etishga-bagishlangan-xalqaro-konferensiya
​​📚#kitob_tavsiya
YANGI NASHR

“Amir Temur va Temuriylar davridagi cholg‘ular” nomli monografiya nashr etildi

Andijon viloyat hokimligi, Bobur nomli halqaro jamoat fondi, O‘zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyi, O‘zbekiston davlat madaniyat va san’at instituti, Andijon pedagogika instituti va “G‘ijjak Boburiy” oilaviy korxonasi hamkorligida nashr etilgan ushbu monografiya Amir Temur va Temuriylar davridagi musiqa madaniyati va musiqiy sozlar tarixi o‘tmish mutafakkirlari Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, G‘iyosiddin Xondamir va boshqa mualliflar asarlarida mavjud qimmatli ma’lumotlar asosida yoritilgan hamda zamonaviy tadqiqotlaridan ham foydalanilgan. O‘sha davrdan bugungi kungacha yetib kelgan mumtoz miniatyuralar noyob tasvirlarida mavjud muhim xususiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham o‘rganilgan. Amir Temur, Temuriylar davri musiqa madaniyatining Shimoliy Hindistonda Boburiylar davrida davom ettirilgani tadqiq etilgan. Bu davrda an’anaviy musiqa madaniyati yangi sharoitda o‘ziga xos tarzda qadimiy madaniyat bilan uyg‘un tarzda taraqqiy etgani ko‘rsatilgan. Asosiy manba sifatida noyob va mo‘’tabar qo‘lyozma kitoblar hamda ularga ishlangan mumtoz miniatyura namunalari xizmat qilgan.

Muallif: Abdumalik Madraimov
Nashr yili: 🗓 2022
Sahifa: 📖 124
Tili: 🇸🇱o‘zbek (kiril)

🏛@temurid_museum
#HAMKORLIK

"Uch tomonlama hamkorlik" kelishuvi

Bugun, O'zR FA Tarix instituti, Oʻzarxiv agentligi va Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi bilan birgalikda "Uch tomonlama hamkorlik" kelishuvi imzolandi.
Tarixchi olimlarning quroli bu manbadir. Aynan Oʻzarxiv agentligi tasarrufidagi barcha arxiv fondlarida hali oʻz egasini qoʻliga etib bormagan minglab tarixiy hujjatlar mavjud. Bu hujjatlarni OAV orqali sodda aniq va ravon qilib etqazish soha vakillarining vazifasidir.
Oʻylaymizki, bu kabi hamkorlik milliy tariximizni asl holiday xalqimizga bekam-u koʻst haqqoniy yetkazilishida asosiy maqsadlarimizdan biri boʻlib xizmat qiladi.