O'zR FA | FAN - JAMIYAT TARAQQIYOTINI OLG'A SILJITUVCHI KUCH, VOSITA BO'LMOG'I LOZIM!
3.41K subscribers
13.1K photos
1.21K videos
587 files
6.93K links
O'zR Fanlar akademiyasi

Ishonch telefoni: 712335623

[email protected]

Murojaat: @faqaytaaloqabot

www.academy.uz
facebook.com/academy.uz
instagram.com/fanlar_akademiyasi
youtube.com/@Fanlar-akademiyasi

100047, Toshkent sh., Y.G'ulomov ko'chasi, 70-uy
Download Telegram
#rasmiy_mehmonlar_tashrifi

⚡️Joriy yilning 7 mayidan 25 mayigacha O‘zbekiston Respublikasida rasmiy tashrifda bo‘lib turgan Butunjahon mo‘g‘ullar kelib chiqishi markazi raisi, professor O.Nyamdavaa boshchiligidagi Mo‘g‘iliston delegatsiyasi Temuriylar tarixi davlat muzeyida mehmon bo‘ldi. Delegatsiya tashrifining asosiy maqsadi “O‘rta Osiyoda Mo‘g‘iliston madaniy merosi” loyihasiga ko‘ra Chig‘atoy ulusi madaniy merosini o‘rganishdan iborat.

🏛@temurid_museum
Toshkentda zarb qilingan tanga. XVI asr.

Mis. Vazni – 4.23 gr. Diametri – 23-25 mm.
Tanganing old tomoni: qavariq shaklda atrofi bezalgan halqa ichiga arab
harflarida “zarb Toshk (ضرب تاشك)” – deb yozilgan.

Tanganing orqa tomoni: qavariq shaklda bezak va dumi orqaga qayrilgan
barsga o‘xshash jonzotning chap yon tomonidan ko‘rinishi tasvirlangan.
"Yangi Sanganak" xazinasidan

Temuriylar tarixi davlat muzeyi ilmiy xodimi, PhD. Dilmurod Normurodov
.

🏛@temurid_museum
#ONLINE

Ayni daqiqalarda FA Umumiy noorganik kimyo institutida "Kimyo, metallurgiya, neft-kimyo sanoatining mineral va texnogen xom-ashyolarini qayta ishlash va qurilish materiallari ishlab chiqarishning innotvatsion texnologiyalari" nomli respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o'z ishini boshladi.
#rasmiy_mehmonlar_tashrifi

Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan 56-Xalqaro Mendeleev kimyo olimpiadasi ishtirokchilarining tashrifi

Xalqaro Mendeelev olimpiadasi – yuqori sinf o‘quvchilarining dunyodagi eng katta bellashuvlaridan biri bo‘lib, turli davlatlar milliy olimpiadalari g‘oliblarini birlashtiradi. Bu UNESCO tomonidan kimyo bo‘yicha maktab o‘quvchilari uchun xalqaro olimpiadaga tenglashtirilgan yagona fan olimpiadasidir. Ushbu olimpiadada Avstriya, BAA, Rossiya, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Vengriya, Xorvatiya, Suriya, Qirg‘iziston, Belarus, Qozog‘iston, Tojikiston, Isroil, Ozarbayjon, Armaniston kabi 20 ga yaqin davlat vakillari ishtirok etishmoqda. Bugun olimpiada ishtirokchilari Temuriylar tarixi davlat muzeyida mehmon bo‘lishdi. Muzey ekspozitsiyasidan joy olgan Amir Temur va Temuriylar davriga oid noyob eksponatlar olimpiada ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

🏛@temurid_museum
#ONLINE

Ayni daqiqalarda Navoiy shahrida Fanlar akademiyasi Tarix instituti hamda Navoiy kon-metallurgiya kombinati hamkorligida ilmiy seminar o'tkazilmoqda