O'zR FA | FAN - JAMIYAT TARAQQIYOTINI OLG'A SILJITUVCHI KUCH, VOSITA BO'LMOG'I LOZIM!
4.22K subscribers
14.4K photos
1.3K videos
628 files
7.6K links
O'zR Fanlar akademiyasi

Ishonch telefoni: 712335623

[email protected]

Murojaat: @faqaytaaloqabot

www.academy.uz
facebook.com/academy.uz
instagram.com/fanlar_akademiyasi
youtube.com/@Fanlar-akademiyasi

100047, Toshkent sh., Y.G'ulomov ko'chasi, 70-uy
Download Telegram
Ayni daqiqalarda Fanlar akademiyasi Immunologiya va inson genomikasi instituti tomonidan "Allergologiya va immunologiya muammolari" nomli xalqaro konferensiya o'tkazilmoqda
Forwarded from Ўзбекистон Математиклари (Anvar Imomkulov)
#PREMYERA
👆Matematika instituti katta ilmiy xodimi (PhD) Otabek Hakimov online tarzda Funksiyalar nazariyasi va funksional analiz elementlari kursidan dars o'tdi. Mavzu: Han-Banah teoremasi va tatbiqi.

Ushbu videoni YouTube kanalimiz va mathnet.uz – Milliy matematika online platformasida 2022 yil 7 may soat 17:00 dagi premyerasini o'tkazib yubormang.

YouTube kanalimizdagi SUBSCRIBE va 🔔 qo'ng'iroqcha tugmasini bosib qo'yish esdan chiqmasin.

Bizni kuzatishda davom eting, yaqin kunlarda Sizlar uchun yangi loyihalarni amalga oshiramiz!

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | YouTube
#KO’RGAZMA

Bugun, O'zbekiston tarixi davlat muzeyida ikkinchi jahon urushi qatnashchilarning vatan oldida ko'rsatgan jasoratiga bag'ishlangan “Hech qachon hech nima unutilmaydi” nomli ko'rgazma ochildi.
Koʼrgazmada muzey fondlarida saqlanayotgan Ikkinchi jahon urushi yillariga tegishli materiallardan iborat plakatlar, fotolavhalar, eskizlar, kartina va general mayorlarning shaxsiy buyumlaridan tashkil topgan eksponatlari namoyish etildi.
Koʼrgazma joriy yil iyun oyiga qadar davom etadi.
Shunigdek, O'zbekiston tarixi davlat muzeyi filiali Toshkent muzeyida ham “Xotira va qadrlash” kuni munosabati bilan “Har bir inson qadri uchun” mavzusida tadbir ham o’tkazildi.
Tadbirda Olmazor tumani Respublika Nuroniylar jamgarmasi raisi a'zolari va Shayxontohur tumani 84-umumta'lim maktab o'quvchilari mehmon bo'lishdi.
Халқаро илмий-амалий конференция

Россия Фанлар академияси ва Россия тиббиёт Фанлари академияси академиги Хаитов Рахим Мусаевич хотирасига багишланган “Аллергология ва иммунология муаммолари” номли халқаро илмий-амалий конференция ташкил этилди
Унда 250 га яқин мутахассислар иштирок этди.

ВИДЕОЛАВҲА 👉🏻 https://www.youtube.com/watch?v=2eUrUgd_STc
XOTIRA - MUQADDAS!

TEMURSHUNOS OLIMLARIMIZNING O‘CHMAS XOTIRASIGA BAG‘ISHLANADI!
ALIXONTO‘RA SOG‘UNIY. 1885-1976.

Alixonto‘ra Shokirxonto‘ra o‘g‘li Sog‘uniy Turkistonning atoqli olimi va adibi, ulkan davlat arbobi va sarkardasi, Sharqiy Turkiston islom jumhuriyatining birinchi prezidenti va marshali. 1885 yili Sharqiy Turkiston o‘lkasining To‘qmoq shahrida tug‘ilgan. Tafsir, hadis, fiqh ilmlari bilimdoni, ma’rifatparvar temurshunos olim. Umrining katta qismini Sharqiy Turkistonda milliy-ozodlik harakatini boshqarish ishiga sarfladi, Turkiston qayg‘usi va millat dardi bilan yashadi. “Temur tuzuklari”ning fors tilidan hozirgi o‘zbek tiliga dastlabki tarjimasini amalga oshirgan bo‘lib, mazkur kitob ko‘plab nusxalarda qayta-qayta chop bo‘lgan. Bundan tashqari uning payg‘ambarimiz siyratlariga bag‘ishlangan “Tarixi Muhammadiy” asari sovetlar zulmidan xalos bo‘lgan xalqimizga Islomni tanitgan ilk kitob bo‘ldi. Alixonto‘ra Sog‘uniyning “Turkiston qayg‘usi” xotiralar kitobi, she’r va dostonlari, tabobatga oid “Shifo ul-ilal” asarlari ham chop etilgan. U Ahmad Donishning “Nodir voqealar”, Herman Vamberining “Movarounnahr yoki Buxoro tarixi” va boshqa asarlarni ham o‘zbek tiliga o‘girgan. Alixonto‘ra Sog‘uniy 1976 yil 29 fevralda Toshkentda vafot etgan.

🏛@temurid_museum
⚡️“Аllergologiya va immunologiya muammolari” nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʼtkazildi

Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Immunologiya va inson genomikasi instituti tomonidan Rossiya Fanlar akademiyasi va Rossiya tibbiyot Fanlari akademiyasi akademigi Xaitov Raxim Musayevich xotirasiga bag’ishlangan “Аllergologiya va immunologiya muammolari” nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʼtkazildi.
Rahim Musayevich tashabbusi bilan 1985-yil Toshkent shahrida Immunologiya instituti tashkil etilgan (ilgari - Immunologiya institutining filiali). R.M.Xaitov umrining oxirigacha Immunologiya va inson genomikasi institutiga amaliy yordam berdi.
Mazkur konferensiyada 250 ga yaqin soha mutaxassislari ishtirok etdi.
Konferensiyadan koʼzlangan maqsad zamonaviy immunologiya va allergologiya sohasidagi yetakchi olim va amaliyot xodimlarining eng yangi tadqiqotlari va ilgʼor ilmiy-amaliy tajribalari hamda sohani rivojlantirish istiqbollari bilan fikr almashishdan iborat.