O'zR FA | FAN - JAMIYAT TARAQQIYOTINI OLG'A SILJITUVCHI KUCH, VOSITA BO'LMOG'I LOZIM!
4.26K subscribers
14.8K photos
1.32K videos
639 files
7.72K links
O'zR Fanlar akademiyasi

Ishonch telefoni: 712335623

[email protected]

Murojaat: @faqaytaaloqabot

www.academy.uz
facebook.com/academy.uz
instagram.com/fanlar_akademiyasi
youtube.com/@Fanlar-akademiyasi

100047, Toshkent sh., Y.G'ulomov ko'chasi, 70-uy
Download Telegram
#ИЛМ-ФАН ВА ЁШЛАР

Жорий йил 6 май куни Ўзбекистон ФА Тарих институти илмий ходими Феруз Бобоев Бухоро вилояти Вобкент туманидаги 28-мактабга ташриф буюрди ҳамда мактаб ўқувчилари ва ўқитувчилари билан учрашув ўтказди.
Учрашувда олим республикада олиб борилаётган ислоҳотларнинг мазмун-моҳияти тўхталар экан, Ўзбекистон Фанлар академияси, хусусан, Тарих институтининг фаолияти, бу муассасада олиб борилаётган илмий ишлар тўғрисида батафсил маълумот берди.
Учрашувда ўқувчи ва ўқитувчилар ўзларини қизиқтирган саволлларига жавоблар берилди. Илмий фаолиятга қизиқадиган, келажакда илмий иш қилишни истаган ўқувчиларга маслаҳатлар берилди.
⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi "Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-5040-sonli qaroriga ko‘ra Temuriylar tarixi davlat muzeyi ilmiy xodimi, Xalqaro Chingiz Aytmatov mukofoti sohibi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, adib To‘lqin Hayit umumta’lim muassasasida ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi sifatida samarali faoliyat yuritib kelmoqda.
Bugun Shayxontohur tumanidagi 192-maktabda bo‘lib o‘tgan "Yoshlar bilan uchrashuv" tadbirida To‘lqin Hayit ishtirok etib, yoshlarni tarixga, adabiyotga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otishga qaratilgan ilmiy-adabiy kitoblarning ahamiyati haqida o‘z fikr mulohazalarini bildirdi.

🏛@temurid_museum
#bugunxotira 6-May📌 Botanik olim, O‘zFA akademigi Nina Vlasova tavallud topgan kun.

📻 "O'zbekiston-24" radiokanali Fm 87.9да soat 08:35, 20:35 da "Bugun" dasturi.
📆Muallif-Durdona Ma'diyeva.
@DurdonaDilshod
Audio
#bugunxotira 6-May📌 Botanik olim, O‘zFA akademigi Nina Vlasova tavallud topgan kun.

🎤Respondent-Uning hamkasbi, 95 yoshni qarshilagan, akademik Abdulla Mavlonov

📻 "O'zbekiston-24" radiokanali Fm 87.9да soat 08:35, 20:35 da "Bugun" dasturi.
📆Muallif-Durdona Ma'diyeva.
@DurdonaDilshod
❗️NOYOB ILMIY OBYEKT
O'zR FA Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyidagi "O'zbekiston yozuvchilari arxivi fondi"

Ushbu fond o'z turi va mohiyatiga ko'ra unikal hisoblanadi. Unda XIX asrning oxiridan hozirgi kunga qadar yashab ijod qilgan O'zbekistonlik ko'plab adib, shoir, olim va madaniyat namoyandalarining arxiv materiallari o'rin olgan. 70.000 ga yaqin bu arxiv hujjatlari asosan mualliflarning asarlari va asarlariga yig'ilgan material hamda qo'lyozmalardan iborat.
Arxivni uzoq yillardan buyon malakali arxivarius Rahima opa Sharafudddinova yuritib kelmoqda.
Muzey mutaxassislari mazkur hujjatlarni ilmiy o'rganib kataloglarinini hozirlashadi. Shu kunga qadar 20 dan ortiq katalog nashr etildi.
Shuningdek, muzey tayanch doktorantlari va boshqa tadqiqotchilar arxiv hujjarlari asosida dissertasiya ishlarini olib borishmoqda.
#YANGI ISHLANMA

YANGI BIOSTIMULYATOR YARATILDI

Xorazm Ma’mun akademiyasi olimlari tamonidan Fizik kimyoviy tadqiqotlar labOratoriyasida yangi biostimulyator yaratildi. Uning tarkibi para-nitrobenzoy kislota, mis(II)xlorid tuzi va trietanolamindan iborat bo‘lib, strukturasi rentgenstrukturaviy analiz yordamida tekshirilganda misning biyadroli kompleks birikmasi hosil bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi.
Unga BKM deb nom qo‘yilib, bug‘doy va makkajo‘xorida sinab ko‘rilganda, unib chiqishini 3-4 kunga, barcha fazalarda nazoratga nisbatan rivojlanishi tezlashishi, hosil shakllanishi va yetilishi 3-5 kunga erta bo‘lishi va hosildorlikni 8-10 sentnerga oshirish imkonini berdi.
Ayni daqiqalarda Fanlar akademiyasi Immunologiya va inson genomikasi instituti tomonidan "Allergologiya va immunologiya muammolari" nomli xalqaro konferensiya o'tkazilmoqda
Forwarded from Ўзбекистон Математиклари (Anvar Imomkulov)
#PREMYERA
👆Matematika instituti katta ilmiy xodimi (PhD) Otabek Hakimov online tarzda Funksiyalar nazariyasi va funksional analiz elementlari kursidan dars o'tdi. Mavzu: Han-Banah teoremasi va tatbiqi.

Ushbu videoni YouTube kanalimiz va mathnet.uz – Milliy matematika online platformasida 2022 yil 7 may soat 17:00 dagi premyerasini o'tkazib yubormang.

YouTube kanalimizdagi SUBSCRIBE va 🔔 qo'ng'iroqcha tugmasini bosib qo'yish esdan chiqmasin.

Bizni kuzatishda davom eting, yaqin kunlarda Sizlar uchun yangi loyihalarni amalga oshiramiz!

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | YouTube
#KO’RGAZMA

Bugun, O'zbekiston tarixi davlat muzeyida ikkinchi jahon urushi qatnashchilarning vatan oldida ko'rsatgan jasoratiga bag'ishlangan “Hech qachon hech nima unutilmaydi” nomli ko'rgazma ochildi.
Koʼrgazmada muzey fondlarida saqlanayotgan Ikkinchi jahon urushi yillariga tegishli materiallardan iborat plakatlar, fotolavhalar, eskizlar, kartina va general mayorlarning shaxsiy buyumlaridan tashkil topgan eksponatlari namoyish etildi.
Koʼrgazma joriy yil iyun oyiga qadar davom etadi.
Shunigdek, O'zbekiston tarixi davlat muzeyi filiali Toshkent muzeyida ham “Xotira va qadrlash” kuni munosabati bilan “Har bir inson qadri uchun” mavzusida tadbir ham o’tkazildi.
Tadbirda Olmazor tumani Respublika Nuroniylar jamgarmasi raisi a'zolari va Shayxontohur tumani 84-umumta'lim maktab o'quvchilari mehmon bo'lishdi.