O'zR FA | FAN - JAMIYAT TARAQQIYOTINI OLG'A SILJITUVCHI KUCH, VOSITA BO'LMOG'I LOZIM!
4.18K subscribers
14.3K photos
1.29K videos
625 files
7.55K links
O'zR Fanlar akademiyasi

Ishonch telefoni: 712335623

[email protected]

Murojaat: @faqaytaaloqabot

www.academy.uz
facebook.com/academy.uz
instagram.com/fanlar_akademiyasi
youtube.com/@Fanlar-akademiyasi

100047, Toshkent sh., Y.G'ulomov ko'chasi, 70-uy
Download Telegram
#TADBIR
27 aprel kuni O'zR FA Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyida atoqli matnshunos va navoiyshunos olim, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi Porsoxon Shamsiyev tavalludining 125 yilligiga bag'ishlangan ilmiy amaliy anjuman bo'iib o'tdi. Uni O'zbek tili, adabiyoti va folklori institutining Mumtoz adabiyot bo'limi va Davlat adabiyot muzeyi hamkorlikda tashkil qilishgan. Anjumanda Respublikamizning taniqli mutaxassislari P.Shamsiyevning ilmiy va hayotiy faoliyati haqida qiziqarli ma'ruzalar qilishdi. Bu anjumanni har yili o'tkazish zarurati haqida kelishib olindi.
#HASHAR

30-апрель «Маҳалла ободлиги – юрт фаровонлиги» шиори остида ўтказилаётган умумхалқ хайрия хашарига ЎзРФА Қорақалпоғистон бўлими жамоаси фаол иштирок этишмоқда.
Соғлом турмуш тарзини тарғиб қилиш, аҳолининг ижтимоий ҳимояга муҳтож қатламларини қўллаб-қувватлаш мақсадида ўтказилаётган мазкур ҳашарда иштирок этаётган барча инсонларга бу каби эзгу, савобли ишларига муваффақиятлар тилаймиз.

ФА Қорақалпоғистон бўлими.
#HASHAR

30-апрель «Маҳалла ободлиги – юрт фаровонлиги» шиори остида ўтказилаётган умумхалқ хайрия ҳашарига ЎзР ФА Навоий бўлими жамоаси фаол иштирок этишмоқда.
#KONFERENSIYA

"Vobkent tarixi: o‘tmishdan bugungacha" mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi

Vobkent tuman hokimligi tomonidan Buxoro davlat universiteti, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Vobkent tuman bo‘linmasi, O’zbekiston Fanlar akademiyasi hamda “Umrboqiy meros” O‘zbekiston madaniyati va san’ati targ‘ibot markazi bilan hamkorlikda “Vobkent tarixi: o‘tmishdan bugungacha” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil qilindi.
BATAFSIL 👉🏻 https://academy.uz/uz/news/vobkent-tarixi-otmishdan-bugungacha-mavzusida-respublika-ilmiy-amaliy-konferensiya-otkazildi
#KONFERENSIYA

“Ikkinchi jahon urushida erishilgan gʼalabaga oʼzbekistonliklarning qoʼshgan hissasi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya oʼtkazildi

Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʼmitasi, Oʼzbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi huzuridagi “Gʼalaba bogʼi” yodgorlik majmuasi, Oʼzbekiston Fanlar akademiyasi hamkorligida “Ikkinchi jahon urushida erishilgan gʼalabaga oʼzbekistonliklarning qoʼshgan hissasi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʼtkazildi.
Ilmiy-amaliy konferensiya “Gʼalaba bogʼi” yodgorlik majmuasi tarkibidagi “Shon-sharaf” Davlat muzeyida tashkil etildi.
Konferensiyada 10 ga yaqin ma’ruzalar tinglandi. Taqdim etilgan ma’ruzalarda ikkinchi jahon urushida oʼzbekistonliklarning qoʼshgan hissasi, mard va olijanob xalqimizning jasorati haqida ilmiy mulohazalar bayon etdilar. Shuningdek, xalqaro konferensiyada Rossiya, Qozogʼiston, Qirgʼiziston davlatlaridan ham nufuzli olimlar ishtirok etishdi.
#RASMAN: 2-MAY RAMAZON HAYITINING ILK KUNI ETIB BELGILANDI

O'zbekistonda 2-may Ramazon hayiti nishonlanishi to'g'risida Prezident qarori e'lon qilindi.
Unga ko'ra, 2-may kuni Ramazon hayiti bayrami sifatida nishonlanishi, 3-4-may esa qo'shimcha dam olish kunlari etib belgilandi.
Qaror matni👉https://uza.uz/uz/posts/ramazon-hayitini-nishonlash-togrisida_369140