O'zR FA | FAN - JAMIYAT TARAQQIYOTINI OLG'A SILJITUVCHI KUCH, VOSITA BO'LMOG'I LOZIM!
4.26K subscribers
14.8K photos
1.32K videos
639 files
7.73K links
O'zR Fanlar akademiyasi

Ishonch telefoni: 712335623

[email protected]

Murojaat: @faqaytaaloqabot

www.academy.uz
facebook.com/academy.uz
instagram.com/fanlar_akademiyasi
youtube.com/@Fanlar-akademiyasi

100047, Toshkent sh., Y.G'ulomov ko'chasi, 70-uy
Download Telegram
Abdulla Qodiriy — millat oydini (+video)

"Jadidlar — millat qahramonlari" loyihasining ilk soni Abdulla Qodiriy hayoti va faoliyatiga bagʻishlanadi.

Tarix instituti katta ilmiy xodimi Gulmira Ochilova

📽 https://youtu.be/09fTj2je3Eo

Batafsil:
https://uza.uz/posts/698419
Навоий асарларини рақамли кўринишда тайёрлаш таклифи берилди

Рақамли технологиялар вазирлигида Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг Давлат тилини ривожлантириш департаменти ва бир қанча ҳамкор ташкилотлар билан биргаликда 4 жилдлик “Алишер Навоий энциклопедияси”нинг тақдимоти ўтказилди.

Батафсил: https://uza.uz/posts/698358


😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mirzo_Ulug‘bek_tavalludining_631_yilligi
#Ko‘chma_ko‘rgazma

🏫 Bugun Temuriylar tarixi davlat muzeyi tomonidan Toshkent shahar Uchtepa tumani 75-sonli umumta’lim maktabida ko‘chma ko‘rgazma tashkil etildi.

🖼 Ko‘rgazma buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek tavalludining 631 yilligini nishonlash hamda Amir Temur va temuriylar davrining boy madaniy merosini keng targ‘ib qilishga qaratildi.

Muzey ekskursovodi Isxaqova Laylo tomonidan tashkil etilgan qiziqarli ekskursiya o'quvchilarda katta taassurot qoldirdi. Shuningdek о‘qivuchilarga Temuriylar tarixi davlat muzeyi ekspozitsiyasi bо‘ylab virtual sayohat namoyish etildi.

Telegram
| Facebook | Instagram | Youtube | Web-site
🌷Navro‘z - bu uyg‘onish, yangi fasldan darak. Asrlar davomida xalqimiz tomonidan nishonlanib kelinadigan eng qadimiy va bahoriy bayramlardan biri. Uning zamirida xalqimizning qadimiy urf-odatlari, milliy an’analari, qadriyatlari mujassam.

🌺“Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” shiori ostida 2025-yil 18-mart kuni soat 10-00 da bo‘lib o‘tadigan bayram tadbiriga taklif etamiz.

🖥Tadbir davomida

🕓10:00
►O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalarining badiiy chiqishlari;
►Shayxontohur tuman 491-maktabgacha ta'lim tashkilotining shirintoy tarbiyalanuvchilari ijrosida raqslar;
►O‘zbekiston davlat akademik rus drama teatri aktyorlari Dilbar G’aniyeva va Denis Sotnikov ijrosidagi musiqiy chiqishlar;
🕓14:00
►O‘zbekiston davlat akademik rus drama teatri aktrisasi Aleksandra Andreyeva konsert dasturi;

🏛Barchangizni Adiblar xiyobonida joylashgan Toshkent muzeyida kutib qolamiz!

📍Mo'ljal: Milliy bog‘ metrosi,

📷Instagram \ 🔵Facebook \ 🚀Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#AKADEMIK VA YOSHLAR UCHRASHUVI

▶️ O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Rossiya Fanlar akademiyasining akademigi, fan arbobi Shavkat Karimov Chinoz tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabga tashrif buyurdi va yoshlar bilan o‘quvchilar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda akademik o‘zining hayotiy tajribalari, sog‘lom turmush tarzi haqidagi qimmatli maslahatlari bilan o‘rtoqlashdi. Ko‘p kitob o‘qish, xorijiy tillarni mukammal o‘rganish orqali yetuk mutaxassis bo‘lish, bilim va mehnat orqali yuksak marralarga erishish mumkinligini ta’kidladi.

➡️ Shuningdek, akademik Shavkat Karimov to‘g‘ri ovqatlanishning ahamiyatiga alohida urg‘u berdi. U yoshligidan boshlab zararli ovqatlardan voz kechib, asosan tabiiy mahsulotlarni iste’mol qilishga odatlanganini ta’kidladi.
Bundan tashqari, akademik maktab sport zalidagi chaqqon harakati va o’quvchilar shahmat o‘ynagani katta taassurot qoldirdi.

🔖 Muloqot yakunida o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar. Bu kabi uchrashuv va ochiq muloqotlarning tashkil etilishi yoshlarni so'nggi ilm-fan yangiliklari bilan tanishtirishda, ularni ilm-fan sohasiga qiziqtirishga xizmat qiladi.

😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌸#Qadriyatlaring_boqiy_bо‘lsin_Navrо‘z
📚#kitob_tavsiya

Manbashunos olim Omonulla Bо‘riyevning “Navrо‘z tarixidan lavhalar” risolasini о‘qishni tavsiya etamiz
❗️

⚜️Xalqning necha-necha  ming yilliklar mobaynida shakllanib qaror topgan bir qator an’analari borki, ular har qanday tо‘siqlarga qaramay, yangidan-yangi avlodlar turmush tarziga tobora mustahkamroq singib bordi. Ushbu risolada xalqning ana shunday mangu barhayot an’analaridan bо‘lmish Navrо‘z bayrami tarixidan lavhalar yoritilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Web-site
НАВБАҲОР ТУМАНИ ОҚТОШ МАЙДОНИДА ГЕОЛОГИК ТАДҚИҚОТЛАР ВА ТАДБИРКОРЛАРНИНГ МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ

Хабарингиз бор, Фанлар академияси Навоий бўлимининг геологларидан иборат ишчи гуруҳ 10 март куни Биран майдонида геологик тадқиқот ишларини олиб бориш ҳамда ушбу ҳудудда фаолият юритаётган тадбиркорларнинг муаммоларини ўрганиш юзасидан геологик дала экспедициясида бўлган эди.

Бугун эса Оқтош майдонида худди шу мақсадда кенг қамровли геологик тадқиқотлар олиб борилиб, ҳудуднинг геологик тузилиши, қазиб олиш салоҳияти ва инфратузилмаси чуқур таҳлил қилинди. Шунингдек, бу ерда фаолият юритаётган тадбиркорларнинг ишлаб чиқариш жараёнида учраётган муаммолари ўрганилиб, уларни бартараф этиш юзасидан тегишли амалий тавсиялар берилди. Келгусида Оқтош майдонида қазиб олиш жараёнларини янада ривожлантириш, ишлаб чиқариш ҳажмини ошириш ва янги иш ўринлари яратиш бўйича дастурлар амалга оширилиши режалаштирилган.


😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM