O'zR FA | FAN - JAMIYAT TARAQQIYOTINI OLG'A SILJITUVCHI KUCH, VOSITA BO'LMOG'I LOZIM!
4.18K subscribers
14.3K photos
1.29K videos
625 files
7.54K links
O'zR Fanlar akademiyasi

Ishonch telefoni: 712335623

[email protected]

Murojaat: @faqaytaaloqabot

www.academy.uz
facebook.com/academy.uz
instagram.com/fanlar_akademiyasi
youtube.com/@Fanlar-akademiyasi

100047, Toshkent sh., Y.G'ulomov ko'chasi, 70-uy
Download Telegram
#AKADEMIK VA TALABALAR MULOQOTI

📌 O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti direktori oʻrinbosari, akademik O'tkir Roziqov SamDU matematika fakulteti talabalari bilan uchrashdi.

➡️ Uchrashuv samimiy va ilmiy ruhda oʻtib, unda akademik yoshlarni ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ilmiy tadqiqotlar olib borishning dolzarb yo‘nalishlari hamda matematik tadqiqotlarning amaliy ahamiyati haqida fikr yuritdi.
✔️ Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, akademikdan qimmatli maslahatlar oldilar.



😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💖 O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti "Navro‘z-xalq qadriyatlari ko‘zgusi" mavzusidagi adabiy-ma’rifiy davra suhbatiga taklif etadi‼️

▶️ Unda navro‘z, xalq qadriyatlari, shuningdek, ko‘klam faslida dunyoga kelgan ulug‘ vatandoshlarimiz Abduxoliq G‘ijduvoniy, Mahmud Zamaxshariy, Mirzo Ulug‘bek, Alixon to‘ra Sog‘uniy, Hoji Muin, Zulfiya, Ozod Sharafiddinov, Shukur Xolmirzayev, Abdulla Oripovlarning ilmiy, adabiy merosi haqida bahs yuritiladi.

🎙Shuningdek, baxshilar tomonidan xalq dostonlaridan namunalar kuylanadi🎼

💖 O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Matbuot xizmati.

😎 Bizni kuzatib boring🎯
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#KUN TARIXI
17-mart bilan bog‘liq ayrim tarixiy hodisalar


1825-yil — Dominikan Respublikasi tuzilganligi e’lon qilindi.
1845-yil — angliyalik Stiven Perri kanselyariya o‘chirg‘ichiga patent oldi.
1861-yil — Italiya qirolligi tuzildi.
1999-yil — dengizdagi halokat haqidagi birinchi radiosignal uzatildi.
1999-yil — amerikalik astronom Uilyam Pikering Saturinning yo‘ldoshi Febuni kashf qildi.
1948-yil — G‘arbiy harbiy-siyosiy ittifoq tuzish to‘g‘risidagi Bryussel akti imzolandi.
1950-yil — AQShda 98-kimyoviy element - kaliforniy kashf qilindi.
1958-yil — “Avangard-1” yoʻldoshi orbitaga chiqdi.
1980-yil — Angliya parlamenti Moskva olimpiadasini boykot qilish uchun ovoz berdi.
1991-yil — SSSRni saqlab qolish haqidagi referendum boʻldi. Ovoz berganlarning 3/4 qismi SSSRni saqlab qolish uchun ovoz berishgandi.
1992-yil — Oʻzbekiston Ispaniya va Gretsiya davlatlari bilan diplomatik aloqalar oʻrnatdi.
2001-yil — uzunligi 224 kilometr bo‘lgan "Miskin - Uchquduq" temiryo'li qurilishi yakunlandi.
2004-yil — “O‘zbekkino” Milliy agentligi tashkil etildi.
2021-yil — Hindistondan koronavirusga emlash uchun vaksina olib kelindi.


😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Abdulla Qodiriy — millat oydini (+video)

"Jadidlar — millat qahramonlari" loyihasining ilk soni Abdulla Qodiriy hayoti va faoliyatiga bagʻishlanadi.

Tarix instituti katta ilmiy xodimi Gulmira Ochilova

📽 https://youtu.be/09fTj2je3Eo

Batafsil:
https://uza.uz/posts/698419
Навоий асарларини рақамли кўринишда тайёрлаш таклифи берилди

Рақамли технологиялар вазирлигида Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг Давлат тилини ривожлантириш департаменти ва бир қанча ҳамкор ташкилотлар билан биргаликда 4 жилдлик “Алишер Навоий энциклопедияси”нинг тақдимоти ўтказилди.

Батафсил: https://uza.uz/posts/698358


😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mirzo_Ulug‘bek_tavalludining_631_yilligi
#Ko‘chma_ko‘rgazma

🏫 Bugun Temuriylar tarixi davlat muzeyi tomonidan Toshkent shahar Uchtepa tumani 75-sonli umumta’lim maktabida ko‘chma ko‘rgazma tashkil etildi.

🖼 Ko‘rgazma buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek tavalludining 631 yilligini nishonlash hamda Amir Temur va temuriylar davrining boy madaniy merosini keng targ‘ib qilishga qaratildi.

Muzey ekskursovodi Isxaqova Laylo tomonidan tashkil etilgan qiziqarli ekskursiya o'quvchilarda katta taassurot qoldirdi. Shuningdek о‘qivuchilarga Temuriylar tarixi davlat muzeyi ekspozitsiyasi bо‘ylab virtual sayohat namoyish etildi.

Telegram
| Facebook | Instagram | Youtube | Web-site
🌷Navro‘z - bu uyg‘onish, yangi fasldan darak. Asrlar davomida xalqimiz tomonidan nishonlanib kelinadigan eng qadimiy va bahoriy bayramlardan biri. Uning zamirida xalqimizning qadimiy urf-odatlari, milliy an’analari, qadriyatlari mujassam.

🌺“Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” shiori ostida 2025-yil 18-mart kuni soat 10-00 da bo‘lib o‘tadigan bayram tadbiriga taklif etamiz.

🖥Tadbir davomida

🕓10:00
►O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalarining badiiy chiqishlari;
►Shayxontohur tuman 491-maktabgacha ta'lim tashkilotining shirintoy tarbiyalanuvchilari ijrosida raqslar;
►O‘zbekiston davlat akademik rus drama teatri aktyorlari Dilbar G’aniyeva va Denis Sotnikov ijrosidagi musiqiy chiqishlar;
🕓14:00
►O‘zbekiston davlat akademik rus drama teatri aktrisasi Aleksandra Andreyeva konsert dasturi;

🏛Barchangizni Adiblar xiyobonida joylashgan Toshkent muzeyida kutib qolamiz!

📍Mo'ljal: Milliy bog‘ metrosi,

📷Instagram \ 🔵Facebook \ 🚀Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#AKADEMIK VA YOSHLAR UCHRASHUVI

▶️ O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Rossiya Fanlar akademiyasining akademigi, fan arbobi Shavkat Karimov Chinoz tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabga tashrif buyurdi va yoshlar bilan o‘quvchilar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda akademik o‘zining hayotiy tajribalari, sog‘lom turmush tarzi haqidagi qimmatli maslahatlari bilan o‘rtoqlashdi. Ko‘p kitob o‘qish, xorijiy tillarni mukammal o‘rganish orqali yetuk mutaxassis bo‘lish, bilim va mehnat orqali yuksak marralarga erishish mumkinligini ta’kidladi.

➡️ Shuningdek, akademik Shavkat Karimov to‘g‘ri ovqatlanishning ahamiyatiga alohida urg‘u berdi. U yoshligidan boshlab zararli ovqatlardan voz kechib, asosan tabiiy mahsulotlarni iste’mol qilishga odatlanganini ta’kidladi.
Bundan tashqari, akademik maktab sport zalidagi chaqqon harakati va o’quvchilar shahmat o‘ynagani katta taassurot qoldirdi.

🔖 Muloqot yakunida o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar. Bu kabi uchrashuv va ochiq muloqotlarning tashkil etilishi yoshlarni so'nggi ilm-fan yangiliklari bilan tanishtirishda, ularni ilm-fan sohasiga qiziqtirishga xizmat qiladi.

😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌸#Qadriyatlaring_boqiy_bо‘lsin_Navrо‘z
📚#kitob_tavsiya

Manbashunos olim Omonulla Bо‘riyevning “Navrо‘z tarixidan lavhalar” risolasini о‘qishni tavsiya etamiz
❗️

⚜️Xalqning necha-necha  ming yilliklar mobaynida shakllanib qaror topgan bir qator an’analari borki, ular har qanday tо‘siqlarga qaramay, yangidan-yangi avlodlar turmush tarziga tobora mustahkamroq singib bordi. Ushbu risolada xalqning ana shunday mangu barhayot an’analaridan bо‘lmish Navrо‘z bayrami tarixidan lavhalar yoritilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Web-site