O'zR FA | FAN - JAMIYAT TARAQQIYOTINI OLG'A SILJITUVCHI KUCH, VOSITA BO'LMOG'I LOZIM!
4.32K subscribers
15.4K photos
1.4K videos
654 files
8.04K links
O'zR Fanlar akademiyasi

Ishonch telefoni: 712335623

[email protected]

Murojaat: @faqaytaaloqabot

www.academy.uz
facebook.com/academy.uz
instagram.com/fanlar_akademiyasi
youtube.com/@Fanlar-akademiyasi

100047, Toshkent sh., Y.G'ulomov ko'chasi, 70-uy
Download Telegram
#konferensiya #wto

Davlat va huquq instituti hamda Bojxona instituti o‘rtasidagi “O‘zaro hamkorlik to‘g‘risida kelishuv”ga (2021-yil 15-noyabr) asosan 2024-yil 28-noyabr kuni Bojxona institida “Jahon savdo tashkiloti va O‘zbekiston qonunchiligi” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.

Konferensiyani kirish so‘zlari bilan Bojxona instituti boshlig‘i v.v.b., Turon fanlar akademiyasi akademigi, bojxona xizmati polkovnigi M.A.Xamraev hamda Davlat va huquq instituti direktori, yuridik fanlar doktori, professor M.T.Turg‘unov ochib, anjuman ishiga muvaffaqiyat tiladilar.

Batafsil▶️

📣Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг!
Web-sayt | Telegram | Facebook | You Tube
Forwarded from Davlat adabiyot muzeyi
Davlat adabiyot muzeyi. Yangi nashr
Forwarded from AOKA - Rasmiy kanali
📢 3 декабрь, сешанба куни АОКАда ўтказилиши режалаштирилган брифинглар:

😉😉😉😉😉

⚫️Мавзу: Халқаро илмий-маданий тадбирлардаги иштирок, амалга оширилган ишлар
⚫️Вақти: 10:00
⚫️Иштирок этади: Меҳрожиддин Умрзоқов, Ўзбекистон тарихи давлат музейи ахборот хизмати раҳбари
😉😉😉😉😉

⚫️Мавзу: “Бир миллион ўзбек дастурчиси” лойиҳасининг навбатдаги мавсумига старт берилиши, ёшлар учун замонавий касбларга йўналтирилган бепул онлайн курслар
⚫️Вақти: 12:00
⚫️Иштирок этади: Шерзод Аҳматов, Рақамли технологиялар вазирлиги ахборот хизмати раҳбари
😉😉😉😉😉

⚫️Мавзу: Тоғ-кон саноати ва геология вазирлиги тизимига аҳоли ва тадбиркорлардан келиб тушган мурожаатлар
⚫️Вақти: 14:00
⚫️Иштирок этади: Аброр Жамолов, Тоғ-кон саноати ва геология вазирлиги бошқарма бошлиғи
😉😉😉😉😉

Telegram
| Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bugunning hikmati Agar siz go'zal va ulug'vor ish qilsangiz va buni hech kim sezmasa, xafa bo'lmang: quyosh chiqishi - bu dunyodagi eng go'zal manzara, lekin afsuski ko'pchilik o'sha paytda uxlayayotgan bo’ladi!

Jon Lenon
Forwarded from OYINA.UZ
Ilmiy markaz ochish uchun Amerikadan qaytganman – akademiya tarixidagi birinchi ayol vitse-prezident

Laboratoriyamiz inson genetikasi bilan shug‘ullanadi va ikki yo‘nalishda faol ish olib boradi. Birinchisi – aholi genetikasi: biz mintaqamizda yashovchi odamlarning kelib chiqishini o‘rganamiz. Har bir insonning geni uch milliard genetik harf – nukleotidlardan iborat bo‘lib, ularda juda ko‘p ma’lumotlar shifrlangan. Agar ularning nomlari yozuv mashinkasida bir qator qilib yozilsa, zanjir shimoliy qutbdan ekvatorgacha cho‘zilgan bo‘lardi.

Batafsil:
https://oyina.uz/uz/article/3258

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube | X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💬 Халқаро илмий-маданий тадбирлардаги иштирок, амалга оширилган ишлар

АОКАда Ўзбекистон тарихи давлат музейи ахборот хизмати раҳбари Меҳрожиддин Умрзоқов иштирокида брифинг бошланди.

Қуйидаги ҳавола орқали томоша қилишингиз мумкин:

🎸 Брифинг
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from 67 studio
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон тарихи давлат музейи ахборот хизмати раҳбари Меҳрожиддин Умрзоқов иштирокида брифинг

Халқаро илмий-маданий тадбирлардаги иштирок, амалга оширилган ишлар бўйича маълумот.

TelegramFacebookInstagramYouTube
XVIII sonli xalqaro U.Karimov nomidagi yosh sharqshunoslar konferensiyasi to'plami nufuzli xalqaro IRCICA tashkiloti bilan hamkorlikda Turkiyada nashr etildi, to'plam bilan quyida berilgan havola orqali tanishish imkoniga egasiz, bu borada bizga doimiy yordam bergan Muminov Ashirbek ustozga O'zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti nomidan alohida minnatdorlik bildirib qolamiz!

https://www.academia.edu/126009613/CURRENT_CONDITIONS_OF_THE_PRESERVATION_AND_RESEARCH_OF_ANCIENT_WRITTEN_SOURCES

@sharqinstituti
🇺🇿 🇹🇷 #Ilmiy_hamkorlik

Tarix instituti direktori, akademik Azamat Ziyo Turkiyaning Oʻrdu universiteti rektori, professor Orhan Bash
boshchiligidagi guruh olimlarni qabul qildi.

#Uchrashuv_davomida:

✓ qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish;                                                   
✓ yosh tarixchi olimlarni yetishtirishda hamkorlik qilish;                                                        
✓ birgalikda ilmiy yig‘inlar o‘tkazish kabi masalalalar muhokama etildi.

Yakunda Tarix instituti va Oʻrdu universiteti o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi hamda uni amalga oshirish yuzasidan ishchi guruhi tuzish va "yo‘l xarita"sini ishlab chiqishga qaror qilindi.

https://t.iss.one/tarixchivijdoni
Forwarded from "Fan" nashriyoti
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📚Kichik bepul kutubxona hikoyasi

Oddiy kitob qutisi hayotiga ta'sir qilgan yosh bolaning ilhomlantiruvchi hikoyasini tomosha qiling.

Sahifamizga obuna bo'ling

@fannashriyoti
MAGATE vakillari tashrifi tafsilotlari
      

  4-dekabr kuni Xalqaro atom energiyasi agentligi(MAGATE) bosh direktori Rafael Grossining Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Yadro fizikasi institutiga tashrifi boʻlib oʻtdi.
Tashrif VVR-SM reaktori bilan tanishtirishdan boshlandi. Mehmonlarga reaktor va uning faol zonasining maketi taqdim etildi, shuningdek, ishlatilgan yuqori boyitilgan yadro yoqilgʻisini olib chiqish fotosuratlari koʻrsatildi. Bundan tashqari, reaktorning boshqaruv pulti va asosiy zali namoyish etildi. Tashrif davomida MAGATE reaktorni modernizatsiya qilishda muhim rol oʻynagani, elektr taʼminoti tizimlari, reaktor boshqaruv tizimi hamda reaktorning ikkinchi konturi tizimlarini yangilashga koʻmaklashgani taʼkidlandi.
Shuningdek, Yadro fizikasi institutining katta zalida instituti xodimlari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Ushbu uchrashuvda institut direktori, akademik I. Sadikov institut faoliyati, yadro qurilmalari va ularda olib borilayotgan tadqiqotlar haqida qisqacha taqdimot oʻtkazdi.
Uchrashuv davomida Rafael Grossi soʻzga chiqdi: "Men ushbu muhim qurilma orqali olib borilayotgan barcha amaliy ishlar va natijalardan chuqur taʼsirlandim. Sizlar mutloqo muvaffaqiyatli va kamchiliksiz  ishlab kelayapsiz. MAGATE nomidan siz va jamoangizni qurilmani uzoq yillar davomida samarali va professional ishlatayotganingiz bilan tabriklayman, bu qurilmaning ishlatilishi Oʻzbekistonning rivojlanishiga katta hissa qoʻshdi va kelajakda yana koʻp natijalar beradi" dedi. Bu kabi uchrashuvlar kelajakdagi ilmiy-  tadqiqot rejalarimiz uchun g'oyatda muhim ahamiyatga egadir.